DEPUTATLIK SO’ROVI
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 8-moddasiga muvofiq sizdan ushbu masalada axborot berishingizni so’rayman:
Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich har bir yig’ilish va uchrashuvlarda bizning eng asosiy vazifamiz aholining davlatdan roziligiga erishish ekanligini takrorlab kelmoqdalar. Buning uchun esa, eng avvalo, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash talab etiladi. Xalq deputatlari Chust tuman Kengashining qabulxonasiga shu yilning 21-dekabr sanasida Mustaqillik MFYda yashovchi fuqarolar Nurmatova Salomat (99 303 64 68) va Qorabayeva Zamira (93 944 71 66) yashash uyi oldida daydi itlarning ko’payib ketganligi bois aholiga xavf solayotganligi va bu holatni ijobiy hal etib berish masalasida amaliy yordam so’rab kelgan.
Sizdan ushbu masalani o’rganib chiqib, ijobiy hal etishingizni va natijasi yuzasidan xabardor qilishingizni so’rayman!
Ushbu so’rovga jiddiy e’tibor qaratib, javobini deputat so’rovini olgan kuningizdan boshlab 10 kun muddatda taqdim etishingizni so’raymiz! Aks holda sizning beparvoligingiz O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 193 – moddasiga ko’ra javobgarlikka tortilishingizga asos bo’ladi.
Xalq deputatlari Chust tuman Kengashi deputati S. Axatjonov
22. 12.2020.
Ijrochi: G.Ergasheva Tel: 99- 837-76-45 Manzil: Chust shahri So’fizoda ko’cha 1-uy
XALQ DEPUTATLARI CHUST TUMAN KENGASHI Chust shahri Charog’on ko’cha 1-uy, tel: +99891-178-50-80
___________________________________________________________№ 8 Tuman bandlikka ko’maklashish markazi 25. 12. 2020 rahbari N.Kenjayevga
DEPUTATLIK SO’ROVI
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 8-moddasiga muvofiq sizdan ushbu masalada axborot berishingizni so’rayman:
Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich har bir yig’ilish va uchrashuvlarda bizning eng asosiy vazifamiz aholining davlatdan roziligiga erishish ekanligini takrorlab kelmoqdalar. Buning uchun esa, eng avvalo, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash talab etiladi. Xalq deputatlari Chust tuman Kengashining qabulxonasiga shu yilning 22-dekabr sanasida Yuqori Karnon MFYda yashovchi fuqaro Muhammadjonova Sanambi farzandi Dalaboyev Ilyosjonni ishga joylashtirish masalasida amaliy ko’mak so’rab kelgan. Fuqaro yolg’iz ayol bo’lib, faqatgina o’g’li bilan birga yashaydi. Qolaversa, ushbu fuqaro ikkinchi guruh nogironi.
Sizdan ushbu masalani o’rganib chiqib, ijobiy hal etishingizni va natijasi yuzasidan xabardor qilishingizni so’rayman!
Ushbu so’rovga jiddiy e’tibor qaratib, javobini deputat so’rovini olgan kuningizdan boshlab 10 kun muddatda taqdim etishingizni so’raymiz! Aks holda sizning beparvoligingiz O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 193 – moddasiga ko’ra javobgarlikka tortilishingizga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |