DEPUTATLIK SO’ROVI
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq sizdan ushbu masalada axborot berishingizni so’rayman:
Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich har bir yig’ilish va uchrashuvlarda bizning eng asosiy vazifamiz aholining davlatdan roziligiga erishish ekanligini takrorlab kelmoqdalar. Buning uchun esa, eng avvalo, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash talab etiladi. Yuqori Karnon MFYning “Dalatepa” massivida yashovchi bir guruh aholi tomonidan ko’cha yo’lining butunlay ta’mirtalab ahvolda ekanligi va ushbu masalani ijobiy hal etishda amaliy yordam so’ralgan xati kelib tushdi. Ushbu masalani hal etish uchun ko’chaning 850 metrlik yo’lini shag’allashtirishda amaliy yordam so’ralmoqda.
Sizdan ushbu masalani o’rganib chiqib, ijobiy hal etishingizni va natijasi yuzasidan xabardor qilishingizni so’rayman!
Ushbu so’rovga jiddiy e’tibor qaratib, javobini deputat so’rovini olgan kuningizdan boshlab 10 kun muddatda taqdim etishingizni so’raymiz! Aks holda sizning beparvoligingiz O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 193 – moddasiga ko’ra javobgarlikka tortilishingizga asos bo’ladi.
Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati B. Mahmudov
03. 03.2020.
XALQ DEPUTATLARI CHUST TUMAN KENGASHI DEPUTATI AXATJONOV SUNNATILLA SOBIRJON O’G’LIDAN Quyi Karnon MFY Mustaqillik k’cha 16-uy, tel: 99891-178-50-80
___________________________________________________________№ 2 Chust tuman “Elektr tarmoqlari” 02. 03. 2020 unitar korxonasiga
DEPUTATLIK SO’ROVI
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq sizdan ushbu masalada axborot berishingizni so’rayman:
Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich har bir yig’ilish va uchrashuvlarda bizning eng asosiy vazifamiz aholining davlatdan roziligiga erishish ekanligini takrorlab kelmoqdalar. Buning uchun esa, eng avvalo, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash talab etiladi. Mustaqillik MFYning “Qo’riq” massivida yashovchi bir guruh aholi tomonidan hudud aholisini elektr bilan ta’minlovchi transformatorning juda past kuchlanishda ekanligi va bu masalani ijobiy hal etishda amaliy yordam so’ralgan xati kelib tushdi. Ushbu masalani hal etish uchun yuqori kuchlanishli transformator o’rnatishda amaliy yordam so’ralmoqda.
Sizdan ushbu masalani o’rganib chiqib, ijobiy hal etishingizni va natijasi yuzasidan xabardor qilishingizni so’rayman!
Ushbu so’rovga jiddiy e’tibor qaratib, javobini deputat so’rovini olgan kuningizdan boshlab 10 kun muddatda taqdim etishingizni so’raymiz! Aks holda sizning beparvoligingiz O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 193 – moddasiga ko’ra javobgarlikka tortilishingizga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |