1. Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va mustamlakachilik tartiblari



Download 147 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi147 Kb.
#473128
  1   2
Bog'liq
. Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va mustamlakachilik tartiblari


Reja:



1. Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va mustamlakachilik tartiblari.
2. Chorizmning Turkistonda iktisodiy xukmronlikni o’rnatish tartiblari.
3. Turkiston xalklarining chorizmning mustamlakachilik zulmiga karshi milliy ozodlik harakati.
4. Turkistonda jadidlar harakati.

Moskva va G’arb podsholarining O’rta Osiyo, anikrog’i, Xiva va Buxoro bilan muntazam alokalari Shayboniylar davridan boshlanadi. Bu alokalarni ingliz savdogari Jenkinsonning 1558-1559 yillardagi sayohati boshlab berdi. 1565 yildan boshlab 1619 yilgacha rus davlati shaharlarida erkin savdo olib borishga erishish maksadida Xiva va Buxorodan Moskvaga bir kancha elchilar yuborilgan. 1619 yilda rus podshosi Mixail Fyodorovich Buxoro xoni Imom Kulixon (1611-1642) ning Moskvaga kelgan birinchi rasmiy elchilarini kabul kildi. Bunga javoban dvoryan Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida rus elchilari jo’natildi, ular 1621 yilda Xiva, Buxoro va Samarkandda bo’lib kaytdilar. Butun XVII asr davomida elchilar ayirboshlab turilgan bo’lsa-da, rasmiy ravishda alokalar o’rnatib bo’lmagan.


Rossiya davlati bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida alokalar Pyotr I taxtga o’tirishi bilan yangi boskichga ko’tarildi. 1700 yilda Xiva xoni Shohniyoz (1688-1702) elchilari Pyotr I huzuriga borganidan boshlab, ruslarning O’rta Osiyo erlarini istilo kilish niyatlari kuchaya boradi. Pyotr I O’rta Osiyo oltin konlariga ega bo’lish va Hindistonga olib boradigan savdo yo’lini ochish maksadida 1717 yili knyaz Bekovich - Cherkasskiy boshchiligida Xivaga 7 ming kishilik ekspeditsiya yuboradi. Ekspeditsiyaning bir kismi Astraxandan kemalarda sharkiy sohil bo’ylab jo’natiladi hamda Tub Karagan burnidagi Mukaddas Pyotr va Aleksandr ko’rfazidagi Aleksandrovsk va Krasnovodsk kal’alariga asos solinadi.
Ekspeditsiyaning ikkinchi bir kismi Astraxandan Gurev orkali Xivaga yuborilgan. Bu yurishdan asosiy maksad Bekovich-Cherkasskiy Xivaga tinchlik elchisi nikobi ostida, kurollangan otryadning ko’mondoni bo’lib, Xiva xonligi mustakilligiga tajovuz kiluvchi rakib, dushman sifatida yo’lga chikkan edi. Xiva xonligini Rossiyaning vassaliga aylantirishga mo’ljallangan yo’l-yo’rik olgan edi. Xiva yakinida otryad ko’shinlari bilan bo’lgan jangda Xivaliklar ularni kirib tashlaydilar, tirik kolganlari asir olinadi, bir necha kishigina vataniga kochib kolishga ulguradi.
1717 yil yozida uch ming kishilik boshka otryad turli kasallikka uchrab xalok bo’ladilar va 700 kishi koladi, ulardan 200 tasi sog’lom edi holos. Shundan boshlab Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklariga nisbatan dushmanlik kayfiyati orta bordi.
Rossiya o’z imperiyasi chegaralarini asosan uch yo’nalishda muttasil kengaytirib bordi. Bu yo’nalishlar orkali Sibir, Zakavkaze va O’rta Osiyoga karab siljiy boshladi. Rus ko’shinlari birinchi marta 1847 yilda O’rta Osiyoda paydo bo’ladi va Sirdaryoning kuyi okimida Raim (Arolsk)da mustahkam manzilgoh kurdilar.
Kozog’istonning shimoli-sharkida Pyotr I zamonidayok bir necha kal’alar kurilgan bo’lib, Om daryosi bo’yida 1717 yilda Omsk, 1718 yilda Semipalatinsk, 1720 yilda Ust-Kamenagorsk kal’alari shular jumlasiga kiradi. Omsk kal’asidan Orenburg kal’asigacha Petropavlovsk kal’asi orkali kal’alarning tutash chizig’i barpo etilgan bo’lib, unda 11 ta kal’a, 33 ta handakli istehkom, 42 ta mash’ala bor edi. Taxminan 4 ming kishi yashardi.
Ana shu tarika O’rta Osiyo va Kozog’iston shimolida Irtish daryosining yukori okimidan Ural daryosigacha cho’zilib ketgan yarim xalka harbiy chiziklari vujudga keltirilib, O’rta Osiyoni zabt etishga katta va uzok tayyorgarlik ko’rildi.
Birinchi masalamiz “Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va uning mustamlakachilik tartiblari”. Rus ko’shinlari O’rta Osiyoga karshi uning shimolida kuchli harbiy platsdarmni uzok muddat, ya’ni 200 yildan ortikrok vakt davomida tayyorladi. Ikkinchi tomondan ingliz burjuaziyasi ham O’rta Osiyoni yirik savdo bozori hisoblab, uni turli yo’llar bilan ko’lga kiritish choralarini ko’rmokda edi. Buning ustiga O’rta Osiyo xonliklari o’rtasidagi o’zaro kelishmovchiliklar ruslar uchun ham, inglizlar uchun ham kulay vaziyat vujudga keltirib turgan edi.
Rus ko’shinlari 1853 yilda Ko’kon xonligining kal’asi - Okmaschitni bosib olishi bilan O’rta Osiyoni istilo kilishi boshlandi. Okmachitni olish uchun bir oy vakt ketadi. Rus ko’ninlari uchun Okmachitni olinishi katta ahamiyatga ega edi. Shuning uchun bu urushda ishtirok etganlarga unvonlar, orden va medallar hamda pul mukofatlari berilgan. Okmachit o’rniga kurilgan rus kal’asiga general Perovskiy nomi berilgan.
Perovskiy nomi keyinchalik Kizil O’rda shahriga aylantirilgan. Okmaschitning bosib olinishi Rossiyaga 1-ko’rg’on - hozirgi Kazalinsk, Karmokchi botkog’idagi 2-ko’rg’on, Kuvon daryosidagi 3-ko’rg’on va Perovskiy ko’rg’onidan iborat O’rta Osiyoga hujum kilishning yangi Sirdaryo harbiy istehkomlar chizig’ini vujudga keltirish imkonini berdi. Ayni vaktda O’rta Osiyoning sharkiy tomonlaridan boskinchilik harakatlarini boshlab yubordi.
1860 yilda To’kmok va Pishpak (hozirgi Bishkek), 1861 yili Sirdaryodagi Jo’lak va Yangi ko’rg’onni bosib oldi. Rus ko’shinlari urush harakatlarini ikki tomondan: biri sharkdan general Verevkin, ikkinchi tomonda g’arbdan general Chernyaev ko’mondonligida olib borilib, Chernyaev 1864 yilda Turkiston bilan Chimkentni, Verevkin esa Avliyoota (hozirgi Jambul) ni ko’lga kiritish bilan amalda rus ko’shinlari Chimkentda tutashdilar.
Istilo kilingan va tashkil etilgan Orenburg general-gubernatorligi tarkibida 1865 yilda Turkiston viloyati tashkil etilib, uning tepasiga Chernyaev ko’yildi.
1865 yili 15 mayga o’tar kechasi Toshkent shahriga Chernyaev ko’shinlari hujum boshlaydilar. Shiddatli janglardan so’ng, 17 may kuni sulh tuzishga rozi bo’ladilar Vaholanki, podsho Aleksandr II Toshkent shahrini olishni man etuvchi kat’iy buyruk berishiga karamasdan, uni Chernyaev ko’shinlari bosib oladi. Shuning uchun, Chernyaev kattik tazyik ostida, Evropa afkor ommasini chalg’itish maksadida “toshkentliklar o’z ihtiyorlari bilan Rossiya imperatorligi tasarrufiga o’tganligi to’g’risida hujjat”ga majburan imzo ko’ydirib, muhr bostirib oladi.
Orenburg general-gubernatori M.Krijanovskiy 1865 yili sentyabrda Toshkentni, Ko’kon va Buxoro xonliklarining ta’siridan holi bo’lgan mustakil deb e’lon kiladi. Shu asnoda, 1865 yilning oktyabrida Toshkentni Rossiya imperiyasi tarkibiga ko’shib olinganligini rasmiy ravishda e’lon kiladi.
Chor Rossiyasi o’z mustamlaka erlarini kengaytirishni davom ettirib, 1866 yil 10 fevralda Samarkand sari yurish kilib, 13 mayda Erjar yakinida bo’lgan jangda Buxoro ko’shinlarini engadi. O’sha yili Xo’jand, O’ratepa va Jizzax hujum bilan bosib olinadi. Samarkanddan Buxoroga boraverishda Yangiko’rg’on yakinida Buxoro amirining ko’shinlari yana engiladi. 1868 yil 23 iyunda rus ko’shinlari Samarkandni so’ngra Kattako’rg’onni Buxorodan ajratib olib, Zarafshon okrugini tashkil kiladilar. Buxoro amiri Muzaffariddinni (1860-1885) asoratli shartnomani imzolashga majbur etdilar. Shartnomaga muvofik Buxoro amalda Rossiyaning vassaliga aylanib koldi, harbiy chikimlar uchun 500 ming so’m tovon puli to’lashga majbur etdi.
1873 yili may oyida 13 ming kishilik ko’shin bilan Xivaga karshi yurish boshladi. Xiva ko’shinlari 27-28 maydagi teng bo’lmagan janglardan so’ng engilgach, 1873 yil 25 avgustda Gandimien shartnomasi imzolandi. Kaufman Xeva yurishini yakunlagandan keyin Ko’kon xonligini bosib olishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Bu davrda Ko’kon xonligida ichki ziddiyatlar juda kuchayib ketgan edi. Xon ma’muriyatining o’zboshimchaliklari xalk ko’zg’olonlariga olib keldi. Ko’zg’olonga Xudoyorxon katl kildirgan Musulmonkulning o’g’li Abdurahmon oftobachi boshchilik kilardi. Unga kipchoklar, kirg’izlar, shaharning barcha aholisi, shuningdek, musulmon ruhoniylari ham ko’shildilar. Xudoyorxon (1845-1858), (1862-1863), (1865-1875 yillarda xon sifatida taxtda o’tirgan) kochadi, uning katta o’g’li Nasriddin xon (1875-1876) deb e’lon kilinadi. Ruslarga karshi g’azovot e’lon kilindi. Ko’zg’olon Farg’onanigina emas, balki rus mulklarini ham kamrab olgan edi. 1875 yil avgustda rus ko’shinlari bilan Ko’kon xonligi ko’shinlari o’rtasida jang natijasida xon ko’shinlari Angren daryosi vodiysi, Xo’jand, Kurama uezdidan Mahram kal’asigacha chekinishga majbur bo’ladi. Shiddatli janglardan keyin Mahram kal’asini ham tashlab chikishga majbur bo’ldi. Ko’kon armiyasi mag’lubiyatga uchradi. Ko’kon xoni Nasriddin taslim bo’ldi.
General M.D. Skobelev ko’mondonligidagi rus ko’shinlari Ko’konni jiddiy karshiliksiz egalladi. 1876 yil 19 fevralda Ko’kon xonligi territoriyasi Rossiyaga ko’shib olinganligi va uning o’rnida Farg’ona viloyati tashkil etilganligi e’lon kilindi. Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. Kirg’izlarga karashli Oloy vodiysi ham Rossiya imperiyasiga ko’shib olindi. Ko’kon xonligini ko’shib olinishi bilan Sharkda Tyanshon tog’laridan boshlab, G’arbda Amudaryogacha, Janubda Pomir etaklarigacha cho’zilgan Turkiston general-gubernatorligi tuzildi.
Endi chor Rossiyasining Turkiston mustamlakasini boshkarishi tartibiga kelsak, O’rta Osiyo xalklarining iktisodiy va milliy manfaatlariga zid tartib-koidalar, boshkaruv tizimi joriy kilindiki, bularning barchasi to’la mustamlakachilik majmuasini tashkil etdi. Mustamlakachilik tartiblari hammasi bir yo’la emas, balki birin-ketin joriy kilib borildi.
1865 yilda yangi tashkil kilingan Turkiston oblastini boshkarishning vaktincha Nizomi e’lon kilindi. Unda ruslar ko’l ostiga o’tgan erlarda dastlabki boshkaruv jarayonida osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash maksadida mo’tadil konunlar joriy kilindi. Masalan, barcha ma’muriy organlarga mahalliy aholining turmushi, ichki ishlari, erga egalik - hukukiy munosabatlariga aralashmay tartibni umumiy tarzda kuzatib borish belgilangan. 1867 yilda rus podshosi Turkistonni boshkarishning yangi loyihasini tasdikladi. Yangi loyihaga binoan, Turkiston viloyati o’rnida mustakil Turkiston general-gubernatorligi tashkil kilindi. Uning ma’muriy va harbiy bo’linmalari umumiy harbiy rahbarlikka birlashtirildi. Shuningdek, o’lka general-gubernatorligiga ulkan hokimiyat vakolati berildi. Unga mustakil, podsho xukumatining ijozati yoki aralashuvisiz ko’shni davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish, aholiga solinadigan soliklarning mikdorini belgilash, rus fukaroligini berish, davlat kirim-chikimlarini belgilash, o’limga hukm kilish yoki avf etish masalalarni o’zi hal kilish hukuki berildi.
1873 yilda general Kaufman Turkistonni boshkarishning “hokimiyatni ichkariga sukilib kirish g’oyasi”, yangi loyihasini takdim etdi. 1882-1883 yillarda Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy boshkarish sistemasining Rossiya senatining mahfiy maslahatchisi F.K. Girs (1842-1891) tomonidan taftish kilindi. Taftish xulosasiga ko’ra mahsus komissiya tuzilib, 1886 yilda “Turkiston o’lkasini boshkarish to’g’risida Nizom” ishlab chikariladi va podsho tomonidan tasdiklanadi. Nizom bo’yicha sud kurilishi, o’trok va ko’chmanchi aholi er boshkaruvi tartibi, soliklarning ma’lum bir mikdori, umumdavlat majburiyatlari, o’lka tabiiy boyliklaridan foydalanish tartiblari belgilab ko’yildi.
Shunday kilib, Turkistonda mustamlakachilik tartibini yangi konunlari vujudga keltirildi. Rossiya guberniya va viloyatlaridan Turkiston ma’muriyatini boshkarish farki shunda ediki, Turkiston Rossiya ichki ishlar ministrligiga emas, balki harbiy ministrlikka itoat etardi. Turkiston general-gubernatori harbiy va fukarolar boshkarish vakolati juda keng berilgan hokim edi. Uning Ijroiya organi Turkiston general-gubernatorining kantselyariyasi edi. Kantselyariya uch bo’limdan iborat bo’lib, biri boshkarish va o’lka ma’muriy boshkarish shaxsiy tarkibi bilan; ikkinchisi - er va uning majburiyatlari, shuningdek, kurilish, aloka, o’kuv va sanitariya masalalari bilan; uchinchisi esa moliya va er taksimlash masalalari bilan shug’ullangan. Shuningdek, uchinchi bo’limga vakf mulklari, statistika yuritish va Turkistondagi chet el fukarolarini nazorat kilib turish vakolati ham yuklatilgan. Kantselyariyaning maxsus bo’limi - diplomatiya kismi 1899 yilda Tashki ishlar ministrligi - diplomatik amaldorlar bilan almashtirildi. Bu bo’limning vazifasi karam (protektorat) Buxoro va Xiva xonliklariga bog’lik barcha masalalarni echishdan iborat ham bo’lgan.
Shunday kilib, O’rta Osiyoda mustamlakachilik tartiblarini o’rnatilishi bilan O’rta Osiyo xonliklarining siyosiy mustakilligi batamom tugatildi. 1881 yilda Rossiya-Eron chegara konventsiyasi, 1885-1887 yillardagi muzokaralar bilan rus va britan xukumatlari tomonidan Afg’oniston bilan bo’lgan chegara, 1895 yilgi muzokaralar bilan Pomir chegaralari hozirgi O’rta Osiyoning uzil-kesil chegarasi belgilandi. Shu bilan amalda Rossiya O’rta Osiyo ustidan iktisodiy-siyosiy jihatdan tasarruf kilish hukukini ko’lga kiritgan edi. Chunki, chegara konventsiyasining imzolanishi Rossiyaning O’rta Osiyo erlarini bosib olinishini amalda xalkaro mikyosda tan olinishi edi.
Bu istilo okibatida o’lkada iktisodiy turmush tartibga solindi, savdo yo’llari xavfsizligi ta’minlandi, muayyan tartib karor topdi, bu esa butun territoriyani yagona xo’jalik bozori, yagona ishlab chikarish sistemasiga birlashtirish imkonini berdi. Shuningdek, ichki nizolar va mahalliy hokimlarning muttasil janjallariga, tartibsizliklariga barham berildi.
Chor Rossiyasi ma’murlari O’rta Osiyoning xom-ashyo boyliklarini tashib ketish, o’lkaga rus kapitalining kirib kelishi, bozorlarini rus mollari bilan to’ldirish hamda iktisodiy jihatdan imperiyani bog’lashda asosiy vosita temir yo’l deb bilardi. Temir yo’l o’z davrining zamonaviy aloka vositasi ham edi. Rus ma’murlari kurgan temir yo’llar O’rta Osiyoning iktisodiy jihatdan eng muhim rayonlarini kesib o’tishi va birlashtirishi lozim edi. 1880 yil noyabrida Zakaspiy temir yo’l kurilishi boshlandi. Bu temir yo’l Kizil Arvot orkali Ashxobod va Samarkandga etkazildi. 1888 yil 15 mayda bu erga birinchi poezd keldi. Yo’lning boshlang’ich nuktasi Uzun-Adadan Krasnovodskiyga olindi, bu 126 verstni tashkil etdi. 1898 yili bir uchi Marvdan janubga Kushkaga etkazildi. Temir yo’lning davomi Toshkent va Andijonga 1895 yili boshlanib, 1899 yili nixoyasiga etkazildi, 1915 yilda Jalolobodga etkazildi. Shu tarika O’rta Osiyo temir yo’lining umumiy uzunligi 1748 verstga etkazildi.
Rus mustamlakachilik siyosatining ikkinchi bir jihati O’rta Osiyo erlariga rus kishloklaridan dehkonlarni ko’chirish bo’ldi. 1868 yildan 1882 yillar davomida Ettisuvda 25 ming aholisi bo’lgan 29 kishlok, Sirdaryo viloyatida 1300 kishilik 19 kishlok tashkil etildi. 1891 yilda Rossiyaning Evropa kismidagi kattagina erlarni kamrab olgan kurg’okchilik ruslarni O’rta Osiyoga ommaviy tarzda ko’chib kelishga sabab bo’ldi. Xonavayron bo’lgan, yarim och yurgan kechagi rus dehkonlari XX asr boshlariga kelib, sotib olgan erlarida dehkonchilik bilan shug’ullanmay erlarni mahalliy aholiga ijaraga bera boshladi.
Rossiya to’kimachiligi ishlab chikarishining o’sib borayotgan talablarini Amerika paxtasi kondira olmayotgandi, shuningdek olisdan xom-ashyo olib kelish juda kimmatga tushmokda edi. Istilochilik harakatlarining birdan-bir maksadi arzon kishlok xo’jalik xom-ashyosini etishtiradigan erlarni ko’lga kiritish edi. O’rta Osiyo erlarini ko’lga kiritishlari bilanok rus mustamlakachilarining asosiy vazifasi o’lkada paxtachilikni rivojlantirish bo’ldi.
Rus mustamlakachilari ipaksimon va ingichka tolali amerika paxtasini ektira boshladilar. Toshkent yakinida urug’chilik - tajriba bazasi tashkil etilib, unda 1884 yilda mahalliy va amerika paxta navlari chatishtirilib, shunday bir nav yaratildiki, har ikkala navdan ham yaxshirok nav vujudga keldi. Yangi nav paxta chigiti 1884 yili 300 botmon (1 botmon taxminan 1 gektar erga to’g’ri keladigan o’lchov birligi) erga, 1886 yili 12 ming, 1890 yili 59 ming, 1909 yili 191 ming 1910 yilda esa 350 ming botmon erga ekildi. Turkiston Rossiyaning paxta mustakilligini ta’minlab berdi. 1907 yilning o’zida 5 million pud (1 pud 16 kilogrammga teng og’irlik o’lchov birligi) paxta tolasi rus to’kimachilik sanoati uchun olib ketildi. Toshkent yakinida rus ishbilarmon va savdo firmalarining dastlabki paxta plantatsiyalari paydo bo’ldi. Belyakovning 620 desyatina (1 desyatina bir gektarga yakin er o’lchov birligi), Yaroslavl katta manufakturasi - 400, Tarsin - 200, aka-uka Nikiforovlarning 300 desyatina erda paxta plantatsiyalari bor edi. Samarkand oblastida eng yirik shirkatchi Meyerkortning 200 desyatinaga yakin, Farg’ona oblastida Tomich, Kudrin firmasi, Yaroslavl katta manufakturasi uchun paxta etishtirardi. Turkistonda umumiy hajmi 4800 desyatina bo’lgan maydondagi yirik plantatsiyada paxta etishtirib katta daromad olishayotgan edi. Paxta rus kapitalini ham O’rta Osiyoga jalb etdi. Paxtani etishtirish va xarid kilish bilan kamida 30 ta savdo shahobchalari shug’ullanardi. Rossiyadagi eng yirik banklar - Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki va Davlat banki asosiy karz beruvchi banklar edi. Bundan tashkari Poltava, Nijegorod - Samarskiy er banklari ham Turkistonda o’z bo’limlarini ochdilar. Vodyaevlar 1916 yilda Ivanovo-Voznesensk manufakturasini ko’lga kiritib, to’kimachilik buyumlari ishlab chikaradigan g’oyat katta kombinatni yaratib, Farg’ona paxta dalalari, temir yo’llari, paxta tozalash zavodlari va Ivanovo to’kimachilik zavodlari uning tarkibiy kismi bo’lib koldi. Bu xususda avvalo shuni ta’kidlash o’rinliki, Turkistonga savdo-sanoatni kirib kelishi yaxshi, achinarli tomoni xalkning milliy boyligi Turkistonda kolmasdan Rossiyaga okib ketmokda edi.
Mahalliy aholi tobora kashshoklashib, erdan, mulkdan ajralib, non topib eyishi uchun boshi og’gan tomonga ketayotganlarning soni ko’payib bormokda edi. Bu O’rta Osiyo xalkining fojiasi edi. Bunday holatni “progressiv”likka yoygan har bir kishi mutlako adashadi.
Rusning mustamlakachilik tartibi O’rta Osiyo xalklariga nima berdi? Birinchidan, ruslarning O’rta Osiyoni bosib olgan dastlabki davriga nisbatan XIX asrning 80-90-yillariga kelib, dehkonlar ommasining aksariyat kismi kashshoklashdi. Ikkinchidan, anikrok aytadigan bo’lsak, rus va mahalliy boylar, savdo-sanoatchilari 1889-1890 yillarda Samarkand uezdidagi kambag’allarning 15 ming desyatina, Jizzax uezdida 5 ming desyatina erini turli yo’llar bilan tortib olgan. Bu jarayon Farg’ona viloyatida bundan ham fojialirok kechgan. A.F.Middendorfning ta’kidlashicha, Farg’onada ersiz kolgan dehkonlarning soni 60 foizga etgan. Uchinchidan, asrlar davomida ota-bobolaridan kolgan erlarni shu darajada ko’p sotish fakat chorizmning iktisodiy mustamlakachilik siyosati okibatida yuzaga keldi. To’rtinchidan, ersiz, nonsiz, sarson-sargardon mahalliy xalk okimi mustamlakachilik zulmining mahsuli. Beshinchidan, hech kachon xalk bu darajada o’z hukmdorlariga nafrat bilan karamagan. Bunday dalillarni ko’plab keltirishga rusning boskinchilik siyosati va uning okibatlari sababchidir.
Rus davrida O’rta Osiyo xalklarini savodsiz, madaniy saviyasi past xalk, madaniyatni ruslar olib kirdi degan o’zlarining soxta g’oyalarini tinimsiz singdirishga harakat kilardilar. Ahvol shu darajaga borgan ediki, o’z tariximizni o’zimiz yozish hukukidan mahrum bo’lib koldik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o’kir edik”. Ana shuning uchun Mustakillikka kadar ham o’tmishimiz savodxonligi to’g’risida gap ketganda O’rta Osiyo xalklarining “98 foiz aholisi savodsiz”, “xatto undan ham ortikrok” deb ko’shib ko’yar edik. Lekin mavjud maktab va madrasalar hisobga olinmay, mahalliy aholi “savodsiz”likda ayblanar, “madaniyatsiz”likda kamsitilar, “til bilmas”likda ustidan kulishardi.
O’zga yurtlarda tug’ilib, Movarounnahrda etarli bilim olib, shuhrat topgan allomalar ham juda ko’p. Masalan, Bursalik ulkan matematik va astronom - Saloxiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud - Kozizoda Rumiy (XII asr oxiri - XV asr boshi), Damashklik tarixchi, shoir, olim Shahobiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim - Ibn Arabshoh (1389-1450), Nishopurlik fors-tojik adabiyotining yirik nomoyondasi Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Xirotlik tanikli alloma Fosih Ahmad Jaloliddin Muhammad Havofiy - Fosik Havofiy (1375-1442), Tabrizlik mohir tarixchi - Nizomiddin Shomiy (Xivasr oxiri - XV asrning boshi), Eronnning Yazdidan tanikli tarixchi olim - Sharafuddin Ali Yazdiy (vafoti 1454 yil), Balxlik tarix fanining namoyondalaridan Mir Muhammad ibn Sayyid Burxonuddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balxiy - Mirxond (1433-1498) va ko’plab boshka allomalarni ismlarini keltirish mumkin.
Aytmokchi bo’lgan asosiy fikrimiz ana shunday buyuk faylasuf, tarixchi, astronom, matematik, tibbiyot, xadis ilmining shoh asarlarini yaratgan olimlarni etishtirgan Turonzaminning savodsiz koldi deyishning o’zi tarixshunoslik etikasiga sig’maydigan karashdir. Faktlarga murojaat kilsak, manbalarda, ruslarning bostirib kelishiga kadar Xiva shahrining ichki va tashki kismida 17 ta masjid, 22 ta madrasa bo’lganligi, Buxoroda 60 ta madrasa va ularda rasmiy 9 mingdan 10 mingtagacha kishi ta’lim olganligi hakida yoziladi. G. Hidoyatov o’zining “Mening jonajon tarixim” risolasida bunday maktab va madrasalarni Movarounnahrning har bir shahrida uchratish mumkin edi, deb yozadi.
Ruslarning O’rta Osiyoni istilo kilishi bilan mahalliy aholining milliy manfaatlariga, urf-odatlariga, turmush tarziga zid bo’lgan hayot tarzi ham kirib keldi. Talonchilik, zo’ravonlik, yuzsizlik alomatlari mahalliy aholiga ta’sir kilmay kolmadi.
Chor xukumatining Turkistonda olib borayotgan mustamlakachilik siyosati mahalliy halklarning hakli ravishda noroziliklariga sabab bo’la boshladi. Chunki prezident I.Karimov taoktidlaganlaridek, « ... Sho’rolar xukmronligi yillarida, xalkimiz tashki dunyodan butunlay uzib ko’yildi». O’lkada mustamlakachilik zulmiga karshi kurash 1870 yillardayok shiddatli tusga kirdi. Bu davrda xalk ko’zg’olonlarining markazi asosan Farg’ona vodiysi, Ko’kon xonligi va xonlikdan tortib olib tashkil kilingan viloyat, uezd viloyatlar hisoblanadi.
1868 yil fevralda imzolangan shartnomaga ko’ra rus savdogarlariga katta imtiyozlar berildi. Ularga Ko’kon xonligining barcha hududlarida erkin savdo kilish, xohlagan karvonsaroyga ega bo’lish va savdo agentlarini tayinlash hukuki berildi. Mahalliy savdogarlarga esa fakatgina Turkiston general-gubernatorligi tasarrufidagi shahar va kishloklardagina shunday hukuk g’erildi. Bu mahalliy savdogarlarning noroziligiga sabab bo’ldi. Umuman, 1868 yilgi shartnoma og’ir va nokulay ahvolga solib ko’ydi. Xonlik chegarasi ancha kiskardi, xazinaga tushadigan daromad kamaydi, yangi solik va majburiyatlar joriy kilina boshlandi. Xalk ikki tomonlama zulm ostida koldi.
Butun Farg’ona vodiysida ikki xil tartib koidaga amal kilina boshlandi. Xonlikdan tortib olib tashkil kilingan viloyat, uezd va volostlardagi xalklar mustamlakachilar tomonidan joriy kilingan koidalarga rioya kilishga majbur edi. Bu esa mahalliy xalklarning asrlardan beri shakllanib kelgan turmush tarzi, urf odati va an’analariga zid edi. Ular o’z hak-hukuklarini himoya kila olmas, dardu hasratini o’z tilida tushuntira olmas edilar. Tilmochlar esa etarli emas va ular ham ko’pincha mustamlakachilarga yon bosar edilar. Shuning uchun ham xalkning noroziligi kundan-kunga ortib bordi.
1873 yildan 1877 yilgacha Ko’kon honligida mustamlakachilik va zulmga karshi xalk harakatlari bo’lib o’tdi. Unda dehkonlar, hunarmandlar va mayda savdogarlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisblandi. Bu harakatlarda ayrim feodal va ruhoniy vakillari ham xalk tomonidan turib ishtirok kildilar. Ko’zg’olon boshliklaridan biri Marg’ilon yakinida tug’ilgan Mulla Ishok Mulla Hasan o’g’li bo’lib tarixda Po’latxon nomi bilan xalk ko’zg’oloniga boshchilik kildi.
Ko’zg’olon dastlab Jalolobod va Xonobod kishloklarida kirg’iz aholisi o’rtasida boshlanib, ular xonning solik yig’uvchilarini o’ldirdilar. Tez orada ko’zg’olonchilar soni 10000 kishiga etdi. To’rako’rg’on atrofida xon ko’shinlari bilan bo’lgan jangda ko’zg’olonchilar engilib, Po’latxon yashirindi. 1874 yil bahorida Ko’kon xonligining turli viloyatlarida g’alayonlar yana boshlandi. Po’latxon tarafdorlari ular bilan aloka o’rnatishga urindilar: rus diplomati Veyonberg yozgan hisobotga ko’ra bu ko’zg’olonga olov yokayotgan kishi mashhur mingboshi Musulmonkulning o’g’li Abduraxmon oftobachi edi.
1874 yilga “Sankt Peterburgskie vedomosti” gazetasi (268-son) habariga ko’ra, ko’zg’olon umumiy tus olib, kirg’iz va kipchoklarni birlashtirdi, xatto xon karamog’idagi o’trok xalk ham ko’zg’olonchilar tomoniga o’ta boshladi. 1874 yil ko’zg’oloni ham noyabr oyi oxirlariga borib to’xtadi. Ko’zg’olonning bahorda boshlanib kuzda tugashining asosiy sababi, Ko’kon xonligi agrar mamlakat bo’lganligi tafayli dalalardagi hosilni yig’ib olish zaruriyati tug’iladi. 1875 yil ko’zg’olon yana boshlandi. Unga Po’latxon bilan birga Xudoyorxonning nabirasi Nazarbek boshchilik kildilar. Iyul oyida ko’zg’olonchilar safariga Abduraxmon Oftobachi, Iso Avliyolar o’z ko’shinari bilan, Xonning o’g’li Nasriddinbek, ukasi Sulton Murodbek o’tib ketdi. 22 iyunda xonning ikkinchi o’g’li Muhammad Aminbek ham ko’zg’olonchilar safiga ko’shilgach Xudoyorxonning ahvoli ancha og’irlashdi. U Turkiston general- gubernatoriga yordam so’rab murojaat kildi. Lekin yordam etib kelishiga ko’zi etmagach, Toshkentga kochdi. U bilan biga o’sha paytda Ko’konda bo’lgan polkovnik Skobelev, Veynbergalar boshchiligidagi kazaklar ham ketdilar. Ko’zg’olonchilar ularni Xo’jandgacha ta’kib kilib bordilar va 30 aravani ko’lga tushirib kaytib keldilar. Aravalardan birida topilgan xon arxivi yokib yuborildi.
Oddiy xalk Po’latxonning “soxta xon” ekanligini bilmagan. Xudoyorxon kochib ketgandan so’ng taxtga uning o’g’li Nasriddinbek o’tirdi. Bundan g’azablangan Po’latxon Nasridinbekka karshi kurashga bel bog’laydi. Xalk Nasriddinbekni tan olmaydi. Po’latxon xalkni o’z tomoniga og’dirish uchun Nasriddinbek va Abdurahmon oftobachilarning erlarini, mulklarini mehnatkash halkka bo’lib berdi. Ozodlik harakati kuchayib borib Turkiston general-gubernatorligi chegaralarigacha kela boshladi.
Ko’zg’olnchilar Obliy kishlog’i Kuramani kurshab olib, Ohangaron daryosi vodiysidan Telov istehkomiga hujum kilib, Xo’jand tomon yurdilar. Bir vaktni o’zida 5000 kishilik ko’shin Sirdaryo bo’ylab yurib, 7-8 avgustda Chilmaxram va Samg’ar kishlog’ini egalladi. Nov kishlog’ini ishg’ol kilib Xo’jand va O’ratepa o’rtasidagi alokani uzib tashladi. Toshkentdan 40 km masofadagi Parkentni ozod kidi. Turkiston general-gubernatori yordam so’rab Sankt-Peterburgga murojaat kilgach, podsho Turkiston harbiy okrugini kuchaytirish uchun katta mablag’ va harbiy kuchlar ajratishga farmon berdi. 1875 yil 9 avgustda Kaufman xalk-ozodlik kurashini bostirish uchun urush e’lon kiladi. Avgust oyida ko’zg’olonchilar soni 50000 ga etgan edi.
Turkiston general-gubernatori ko’zg’olonchilarga karshi kurashda millatchilik va shovinizmdan ustalik bilan foydalandi. 1975 yil 13 avgustda Ko’kon ahliga kilgan murojaatida tubjoy aholi hamda kirg’izlar va kipchoklar o’rtasiga millatchilik urug’ini sochdi. Lekin shahar va kishloklarning asosiy aholisi ko’zg’olonchilar tomonida turdi. Avgustdagi shiddatli janglardan so’ng Abdurahmon oftobachi omon kolgan 25-30 yigiti bilan O’zganga kochishga majbur bo’ldi.
1875 yil 22 sentyabrda Nasriddinbek Marg’ilon shahrida Kaufman bilan shartnoma tuzdi. Unga ko’ra, u o’zini Rossiya imperatorining sodik kuli deb tan oldi. Ko’shni davlatlar bilan aloka kilish, shartnoma, bitim tuzish hukukidan mahrum bo’ldi. Chor xukumatining ruxsatisiz urush olib borishdan voz kechdi. Sirdaryoning o’ng sohili Namangan va Chust shaharlari Rossiya ixtiyoriga o’tdi. Sirdaryoning o’ng tomonida Turkiston general-gubernatorligining Namangan bo’limi tashkil kilinib, unga general Skobelev boshlik kilib tayinlandi.
1876 yil boshlarida ko’zg’olonchilarga karshi general Skobelev katta ko’shin bilan hujum kildi. 8 yanvar kuni Andijon shahri ostonalariga etib kelib shaharni o’kka tutdi. Abdurahmon oftobachi va uning safdoshlari dushmanga taslim bo’ldilar va ko’shini tarkatib yuborildi. Asakada turgan Po’latxon jangda mag’lubiyatga uchragach Uchko’rg’onga chekindi. 18 fevraldan 19 fevralgacha o’tar kechasi Po’latxon xon tomonidan ushlanib rus ko’mondonligiga topshirildi. U 1876 yil 1 martda Marg’ilondagi bozor maydonida dorga osildi.
Shunday kilib 1873 yilda boshlangan Po’latxon boshchiligidagi ko’zg’olon tor-mor etildi. Ko’kon xonligi tugatildi va Farg’ona viloyati tashkil kilindi. Shundan so’ng ham o’zbek, tojik, kirg’iz xalklari kurashni davom ettiraverdilar.
Ozodlik harakati Farg’onadan Oloyga ko’chirildi. Kurbonjon dodxox Turkiy xalklarning jasur o’g’illari bilan general Skobelev ko’shinlariga karshi kurash olib bordi. 1876 yil 31 iyulda Mung’ish va adig’ina urug’i vakillari taslim bo’lsalarda, Kurbonjon dodho to’xtamadi. General Skobelev tinchlik shartnomasi tuzish uchun o’z vakilini dodhox xuzuriga yuborganda, u fakat mavkei o’zi bilan teng bo’lgan sarkarda bilan muzokara olib borishi mumkinligini bildirdi. Shundan so’ng Skobeev o’zi ayol ko’mondon bilan uchrashib, muzokara olib borishga va u ko’ygan takliflarga rozi bo’lishga majbur bo’ldi. Bu esa ayol ko’mondon Kurbonjon dodhohning Skobelev ustidan kozongan ma’naviy va ruhiy g’alabasi bo’lib hisoblanadi.
Shunday kilib, fakatgina 1877 yil yanvardagina Farg’ona vodiysida nisbatan tinchlik o’rnatildi. Ko’zg’olon bostirildi, lekin u yo’kolib ketmadi.
XIX asr oxirilariga kelganda Turkistonda vaziyat yanada keskinlasha boshladi. Paxtachilik rivojlantirilib, o’lkaning xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirilishining salbiy okibatlari shaharlar aholisiga ham ta’sir etmay kolmadi. Chunki, paxta xomashyo sifatida olib ketilib tayyor gazlama sifatida Turkistonga olib kelinar edi. Mahalliy hunarmandlar to’kigan gazlamalar esa rakobatga bardosh bera omay hunarmandlar xonavayron bo’la boshladi.
Kishloklarda esa bir parcha eridan ajralgan dehkon tirikchilik dardida shaharlarga kelib izg’ib yurar, mardikorchilik kilar edilar. Bunday ahvol Toshkentda ham yuzaga keldi. Buning ustiga 1892 yil 7 iyulda Toshkentda vabo kasalligi tarkalganligi aniklandi. Chor xukumati tomonidan vaboga karshi ko’llanilgan kurash choralarida mahalliy sharoit, diniy urf-odat akidalar hisobga olinmagani vaziyatni keskinlashtiridi. Buning ustiga rus vrachlari kasalxonadagi bemorlarni o’ldirish uchun zaharli kukun dorisi berayapti degan mish-mish tarkaldi. Va nihoyat mahalliy oksokollardan Yokubbek va uning tarafdorlarini xukumatga kilgan laganbardorligi aholi g’azabini nihoyatda kuchaytirdi.
Toshkentda “Vabo isyoni” nomini olgan harakat boshlandi. Aholi Chor xukumat maxkamasini o’rab olib toshbo’ron kildi. Soldatlar bilan to’knashuv bo’ldi. Ko’zg’olonchilardan bir necha kishi o’ldirilgach ko’zg’olon to’xtadi. 60 kishi hibsga olindi. Rus ma’muriyati ko’zg’olonning aybini birinchi navbatda bir guruh yukori tabaka vakillari bo’yniga ko’yishga harakat kilib, uning siyosiy, iktisodiy va ijtimoiy zaminlarini berkitmokchi bo’ldi. Garchi bu ko’zg’olon ham engilgan bo’lsada, u mustamlakachilik siyosati va milliy zulmga karatilgan kurash sifatida o’chmas iz koldirdi.
Mustamlakachilik siyosati bir tomondan halk hayotining og’irlashuviga, ikkinchi tomondan mahalliy yukori tabaka vakillarining manfaatlariga zarba berishga olib keldi. Jamiyat ma’naviy hayotining asosiy yo’naltiruvchi bo’limi islom dinining kamsitilishi va uning moddiy asoslarini cheklab ko’yilishi, din peshvolarning ham bosh ko’tarishiga olib keldi. Vatan va din ozodligi uchun kurash bir-biri bilan uzviy bog’lanib, umummillat harakati sifatida gavdalandi.
1898 yilgi ko’zg’olon Mingtepa, Tojik, Kashkar singari kishloklardan boshlandi. Bu erlarda halkning chukur hurmatiga sazovor bo’lgan Muhammadali Xalfa Sobir o’g’li - Dukchi Eshon obro’li din peshvolaridan hisoblangan. Dukchi Eshon rus xukumati tomonidan olib borilayotgan mustamlakachilik siyosatini milliy zulm va dinning sikib ko’yilganligining jonli guvoh bo’lgan. Umuman olganda, Dukchi Eshon bir parcha erdan mahrum bo’lgan kambag’al dehkonlar, shahar kambag’allari uchun umid va ishonch ramziga aylangan.
1898 yil 17 may kechkurun Dukchi Eshon boshchiligida olomon Andijon tomonga yo’l oldi. Yo’lda Kutchi, Barxon, Rabot, Darxon, Sariko’y, Ko’kcha singari kishloklardan o’tdilar. Bu kishlok odamlari ham ko’zg’olonchilariga ko’shildi. Ular orasida Susamir va Norindan kelgan kirg’izlar ham bor edi. Dukchi Eshon ming nafar piyoda va ming nafar otlik olomon bilan shahar harbiy garnizoniga hujum kildi. Ular kazarmada 30 ga yakin miltikni o’lja kilib, uxlab yotgan soldatlar ustiga tanshlandilar. 22 soldat o’ldirildi, 24 kishi jarohatlandi. Jang maydonida ko’zg’olonchilardan 15 kishini jasadi koldi. Ko’zg’olonchilar ko’plab yaradorlar va halok bo’lganlarning jasadini olib ketib yashirindilir.
Ko’zg’olonning ta’siri butun o’lkani, ayniksa, Farg’ona vodiysini koplab oldi. Ko’zg’olonda Andijon, Namangan, O’sh uezdlariga karashli Mingtepa, Asaka, Koratepa, Kuva, Shahrixon, Novkat, Okbura, Bulokboshi, Aravon, Segao’in, Yozevon, Yakkatut, Kogat, Susamir, Kengko’l, Korag’ir singari kishlok va bo’lislarning aholisi faol katnashdi. Lekin ko’zg’olon engildi. Ko’zg’olonchilardan 777 kishi hibsga olinib tergov kilindi, 415 kishi sud kilindi. 380 kishi dastlab o’lim jazosiga mahkum kilinsada, imperator “marxamati” bilan 18 kishi osib o’ldirildi 362 kishi turli jazolarga tortildi. Kushchi, Tojik, Kashkar kishloklaridan 680 xonadon Kakir dashtiga ko’chirildi. Keyinchalik bu er Marxamat nomini oldi. 1898 yil 12 iyun kuni Andijonning yangi shaharidagi Tuprokko’rg’onda Dukchi Eshon boshchiligidagi ko’zg’olonning yirik vakillari dorga osildi.
XX asr boshlarida, ayniksa, 1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi natijasida Turkiston xalklariga kilinayotgan zulm yanada kuchaydi. Front ehtiyojlari uchun xalkni talash avjiga chikdi. Shunday bir og’ir paytda 1916 yil 25 iyunda podsho Nikolay II farmon chikardi. Unga ko’ra front orkasidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir, Kavkazdan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkaklarni safarbar kilish ko’zda tutilgan edi. Bu farmonga ko’ra, joylarda mardikorlik ro’yxati tuzila boshlandi. Ro’yxatga asosan kambag’allar kiritildi. Ba’zi oilalardan 2-3 erkak ro’yxatga olingan bo’lsa, ba’zi oilalardan yagona bo’lgan erkak ham ro’yxatga tirkaldi. Bu narsa uning oilasi, xotin bola chakalari bokuvchisiz koldi degan gap edi. Bularning hammasi usiz ham sabr kosasi to’lgan xalkni ko’zg’olonga boshladi.
Ko’zg’olon 4 iyul kuni Xo’jandda boshlandi. U erda 6000 kishi namoyishga chikdi. Politsiya va soldatlar o’kidan 3 kishi o’ldirildi, 4 kishi yarador bo’ldi. Ko’zg’olon Farg’ona vodiysida ham avjiga chikdi. Ko’kon shahri va uning atrofidagi kishloklarda ko’zg’olon ayovsiz bostirildi. Marg’ilondagi chikishlarda 2500 odam katnashgan. Olomon bozor maydoniga sig’magach, ko’shni ko’chalarni ham to’ldirgan. Halkka zulm kilgan boylardan anchasi o’ldirilib ma’muriy binolarga o’t ko’yilgan. Ko’zg’olonchilardan 8 kishi o’ldirilgan 63 kishi kamokka olingan. Ko’zg’olon Andijon va Namanganning ko’plab shahar kishloklarini kamrab olgan. Vaziyat Toshkentda ham keskinlashdi.
11 iyulda Toshkent shahrida g’alayon boshlanib ketdi. Ishchilar, shahar kambag’allari, hunarmandlar, atrofdan kelgan dehkonlar Beshyog’och politsiya mahkamasi oldida to’planib, bolalarimizni bermaymiz, deb kichkirdilar. Toshkent ko’zg’olonida ayollar ham faol katnashganlar. Ko’zg’olonchilarga karshi katta ko’shin tashlandi. To’knashuvda 11 kishi o’ldirildi, 15 kishi jarohatlandi.
Xalk ko’zg’oloni, ayniksa, Jizzax shahrida nihoyatda kuchli bo’ldi. Bu erda 13 iyulda Nazir Xo’ja va mulla Maxamat Raim boshchiligida xalk bosh ko’tarib chikdi. Ular 13-17 iyul kunlari shahar va uning atrofidagi harbiy kismlarga, ma’muriyat vakillariga karshi hujum kilganlar Temir yo’l izlarini ko’chirganlar, ko’prik va uylarni yondirganlar, telefon simlarini uzganlar, temir yo’l kazarmalarini ostin-ustun kilganlar. Ko’zg’olnchilar Jizzax uezdining boshlig’i polkovnik Rukin, politsiya shtabs kapitani Zotoglev, tarjimon Mirza Hamdam Zokirjonov, oksokol Mirzayor Xudoyorov va boshkalarni o’ldiradilar.
Chor ma’muriyati Jizzax ko’zg’oloni katnashchilarini vaxshiylarcha jazoladi. Shahar, ko’plab kishloklar er bilan yakson kilindi. Shahar aholisi cho’lga haydaldi. Xatto Jizzax fojeasi Peterburgdagi yig’ilishda muxokama kilindi. Bu ishni tekshirgan Duma a’zosi Kerenskiy xulosasiga ko’ra Chor ma’muriyati o’ta shafkatsizlik kilgan. Jazo ekspeditsiyasi fakat erkaklarni emas, balki ayollar va bolalarni ham kirib tashlagan. Aholi turar joylarini shu kadar vayron kilganki, bunakasi urush maydonlarida ham bo’lmagan.
Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, 1916 yil ko’zg’oloni milliy zulmga, o’lkani xomashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirishga karshi karatilgan edi. Unda ayollarning ham katnashishi muhim vokeadir. Ko’zg’olon shahar kambag’allari, dehkonlar ommasi, ayrim yukori tabaka vakillarini kamrab oldi. Ko’zg’olon o’zbek va o’lkadagi boshka xalklarning mustakillik, ozodlik uchun olib borgan kurashlari tarixida o’chmas iz koldirdi.
XX asr boshlarida paxtachilik Turkiston sanoati va kishlok xo’jaligi yalpi mahsulotning 40 foizini tashkil etgan bo’lsa, don - 34 foiz, chorvachilik 15,8 foiz, boshka sohalar 1,2 foizni tashkil kilardi. Turkistonda temir yo’l kurilishi va sanoat korxonalarining vujudga kelishi tufayli asta-sekinlik bilan mahalliy ishchilar sinfi ham shakllana boshladi. Ularni asosan eridan ajralgan dehkonlar va xonavayron bo’lgan hunarmandlar tashkil kilar edi. Turkiston ishchilar sinfining ahvoli ham jiddiy edi. Zotan uning shakllanish jarayoni ham mustamlakachilik sharoitida o’ziga xos bo’lgan. XX asr boshlarida Rossiya markazidagi inkilobiy harakatlar, ish tashlashlar, sotsial demokratik harakatlar Turkistonga ham etib kela boshladi.
1904 yilda Toshkentda sotsial - demokratlar va sotsial revolyutsioner (eserlar)ning “Ittifok guruhi” tashkil topdi. Bu ittifok a’zolari ishchilar o’rtasida bir nechta to’garaklar tuzdi, hitobnoma va varakalar chikardi. 1905 yil fevralida “Ittifok guruhi” Toshkent ishchilarining birinchi ish tashlashini uyushtirdi. Orenburg - Toshkent temir yo’li ustaxonalari ishchilari 19 fevral kuni ishga chikmay, ma’muriyatga o’z talabnomalarini jo’natdilar. Bu guruh bir necha siyosiy chikishlar ham tashkil kildilar.
1905 yil martida undan sotsial-demokratlar ajralib chikib, RSDRP ning Toshkent guruhini tashkil etdilar. Bu guruh 1 may vokealarini tashkil kildi, 3 ta varaka chikardi. Sotsial-demokratik tashkilotlar, guruhlar Samarkand, Ko’kon, Marg’ilon, Namangan shaharlarida ham tashkil topgan edi. O’zbek ishchilaridan Sultonxo’ja Akbarxo’ja Kosimjo’jaevlar, Nizomiddin Xo’jaev, Mirzaahmad Mirxodiev va boshkalar Turkiston milliy ozodlik va inkilobiy harakatlarida salmokli o’rin egallaganlar.
1905 yilda boshlangan 1-rus inkilobi yillarida Turkistonda ham ishchilar, dehkonlar harakati avj oldi. RSDRP ning Toshkent guruhi va eserlar 15 oktyabrda Toshkent va Ko’kon temiryo’lchilarining, 16 oktyabrda Andijon, Chorjo’y, 17 oktyabrda Samarkand ishchilarining harakatiga boshchilik kildilar. Birinchi rus inkilobi ravrida kishloklarda ham sinfiy kurash kuchaydi. Dehkon g’alayonlari, ayniksa, 1905 yil fevral-aprel oylarida o’tkazilgan saylovlar paytida avj oldi. Bunday g’alayonlar Samarkand, Andijon, Farg’ona va Sirdaryo viloyatlarida avj oldi. Dehkonlar oksokollar saylovida xukumat tomonidan ko’rsatilan kishilarni saylashdan bosh tortdilar. Natijada ba’zi joylarda to’knashuvlar kelib chikdi.
Kishloklardagi sinfiy kurashlar natijasida Namoz Pirimkulov kabi kurashchilar etishib chikdi. Namoz Pirimkulov 1904-1907 yillarda Samarkand atrofidagi kishloklarda, tog’larda o’z yigitlari bilan birga kasoskorona kurash olib bordi. U birinchi navbatda xalkka zulm o’tkazgan boylar, savdogarlar, sudxo’r va yirik mulkdorlarning mol-mulkini torib olib, xalkka bo’lib berdi. Uning guruhi goh kechasi goh kunduzi to’satdan paydo bo’lib mingboshi, yuzboshi, kishlok oksokoli va boylarning uylari, ko’rg’onlariga hujum uyushtirib, ularning mol mulkini musodara kilar edi. U Og’alik kishlog’idan oksokol Nazar Muhammad. Arabxona kishlog’idan mingboshi Xidirboev, mingboshi Lutfulla Xo’jaev va boshka juda ko’plab chor ma’mulariga sidkidildan xizmat kilganlarni jazosini bergan. Namoz Pirimkulovning “jinoiy ishlari” hakidagi ma’lumotlar 12 jildni tashkil kilganligi u olib borgan ishlarning ko’lamini bildiradi. Namoz Pirimkulovning “jasorati”, ko’lga tushmasligini Samarkand harbiy gubernatori Gesket ham tan olgan. Namoz Pirimkulov har kancha ta’kibdan ham kochib kutilishini, uni aholi ko’llab-kuvvatlashi, Samarkand va Toshkent ma’muriyatida ham odamlari bo’lib, zarur axborotlar, kurol-yarog’lar bilan ta’minlab turganligini yozgan.
1905 yil kuzida volost boshlig’i sotkin L.Xo’jaev xabaridan so’ng Namoz Pirimkulov va uning safdoshlari ko’lga olinadi. Lekin u 50 yigiti bilan turma ostidan laxm kavlab kochib ketadi. Namoz Pirimkulov otryadiga karshi jangovor kazak diviziyasi yuboriladi. “O’zbek Dubrovskiysi” nomini olgan Namoz Pirimkulovga karshi kurash oson kechmadi. “Namoz operatsiyasi” uchun Samarkand viloyat harbiy gubernatori yordamchisi polkovnik Susanin javobgar kilib tayinlandi. Unga rus armiyasining kavelariya generali Said Abdulaxadxon ham jalb kilindi.
Buxoro chegarasida 12 ta, Samarkand va Kattako’rg’on tumanlarida 10 ta kuzatuv posti tashkil kilindi. 1907 yil iyunda Namoz o’ldirildi. Turkiston general-gubernatori Namoz o’limidan juda xursand bo’ladi. Bu kurashda “o’rnak ko’rsatgan”larni oltin, kumush nishonlar bilan mukofotlaydi. Namozning o’limidan keyin ham kishloklarda uning safdoshlari kurashni davom ettirdilar. Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, XX asr boshlarida Turkiston shahar va kishloklaridagi kurashlar mahalliy aholining mustamlakachilar zulmiga, siyosatiga karshi karatilgan ozodlik kurashlarining davomi edi.
Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni mustamlakaga aylantirib, uni kapitalistik ishlab chikarish munosabatlariga tortgandan so’ng, Turkistonda milliy burjuaziya, savdo-sanoat egalari shakllana boshladi. Lekin chorizm milliy burjuaziyaning paydo bo’lishidan manfaatdor emas edi. Chunki kulay fursat kelishi bilan milliy burjuaziya vakillarini o’z xalki bilan birlashib, chorizmga karshi chikishidan cho’chir edi. Shuning uchun o’sib kelayotgan o’zbek mahalliy burjuaziyasining iktisodiy va siyosiy hukuklarini cheklashga intilar edi.
Chor xukumati Turkiston xalklarini har tomonlama ezib, mustamlakachilik zulmini kuchaytirayotgan bir paytda o’lkada millat manfaatini o’ylydigan tarakkiyparvar kuchlar ham bo’lib, ular turli tabakalarga: hunarmand, dehkon, burjuaziya va ruhoniylarga mansub edilar. Ular xalkning milliy ongini o’stirish, o’zligini anglatishni ma’rifatdan kidiradilar. Bunday kishilar - jadidlar deb nomlandi. Jadidchilik harakatining turk dunyosidagi g’oyaviy otasi Krim tatar farzandi Ismoil Gaspirali (Gaspirinskiy) hisoblanadi. U turli ilmlardan xabardor, bir necha chet tillarni mukammal bilgan, ilm-fan yutuklari bilan tanishgan. Musulmon turkiy olamini jahon ma’rifati, ilmiy darajasiga ko’tarish maksadini ko’yadi.
Rossiya mustamlakasida bo’lgan musulmon hududlarida ma’rifni isloh kilish, ularda diniy ta’lim bilan birga dunyoviy bilmlarni o’kitish masalasini ko’taradi. 1884 yilda Krimdagi Bokchasaroyda jadid maktabini ochib, o’zi tuzgan dastur va darslik asosida 40 kunda 12 o’kuchining savodini chikardi. Bu usul - xarf tovush usuli, “usuli jadid” nomi bilan tez shuhrat kozonadi. Ismoil Gaspirinskiy o’z g’oyalarini “Tarjimon” gazetasi orkali targ’ib kiladi. 1888 yilda “Rahbari muallimin” yoki muallimlarga yo’ldosh” kitobini nashrdan chikardi. Unda jadid maktablarini kurish, dars tashkil kilish, o’tish mazmuni, jihozlanishi, dars jadvali, taotillar, imtihonlarni tashkil kilish ko’rsatib berilgan.
1893 yilda Ismoliy Gaspirinskiy Turkistonga keldi. Ziyolilar vakillari bilan uchrashdi. Buxoro amiri xuzurida bo’lib, uni zo’rg’a 1 ta jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Birok ruhoniylar kutkusiga uchgan amir Buxorodagi yangi fikr tarafdorlarini zindonga tashlaydi. I.Gaspirinskiy 1904 yilda Buxoroga yana kelib, amir bilan muzokaralar olib boradi va uning otasi nomi bilan ataluvchi “Muzaffariya” jadid maktabini ochishga ruxsat oldi. Gaspirinskiyning Turkistonga safari o’lkada jadidchilik harakatini rivojlanishi va keng yoyilishiga ta’sir kildi. 1903 yilda Turkiston o’lkasida 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktabi bor edi.
XX asr boshlarida jadidlardan Maxmudxo’ja Behbudiy, S.Ayniy, A.Avloniy, Munavvar Kori, Fitrat keyinchalik Hamza Cho’lpon va boshkalar vatanparvar va millatparvar yoshlarni tarbiyalashdek ishga bosh bo’ldilar. Jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurashida asosan uch yo’nalish mavjud bo’lgan. Bular: yangi usul maktablarini ochish; umidli yoshlarni chet elga o’kishga yuborish; turli Ma’rifiy jamiyatlarni tuzish va ziyolilarning firkasini tashkil kilish edi.
Jadidlar bir necha matbuot organlarini tashkil kilganlar. 1906 yilda “Tarakkiy”, “Xurshid” gazetalari. 1907 yilda “Shuhrat” gazetasi chikarildi. M.Behbudiy 1913 yilda “Samarkand” gazetasini chikardi. 1913 yil 20 avgustdan “Oyna” jurnali, 1914 yildan “Sadoyi Turkiston” va boshkalar nashr kilindi. 1909 yilda Munavvar kori maslakdosh do’stlari bilan “Jamiyati xayriya”ni tashkil kiladi. Bu jamiyat “Dorul ojizin”ni ochib, bir necha ojiz va bechoralarni tarbiyaga oladi, bir necha maktab va madrasalarga 100 so’m, 200 so’mdan xayriyalar beradi. 60 ta fakir va bechora bolalarni turli maktablarda o’kitadi.
Jadidlar bu jamiyat orkali Rossiya va Tukiyadagi oliy o’kuv yurtlariga yoshlarni yuborib o’kitish bilan ham jiddiy shug’ullanardilar. 1910 yilda Ufadagi “Oliya” madrasasida 10 dan ortik o’zbek o’kigan. Bu yillarda Moskva, Peterburg, Varshava va Olmoniyada ham o’zbeklar o’kiganlar. Buxoroda tashkil kilingan “Tarbiyan aftol” jamiyati 1911 yilda 11 ta, 1912 yilda 30 ta talabani Turkiyaga o’kishga jo’natdi. Rossiyada adliya sohasi bo’yicha ta’lim olgan Asadulaxo’ja o’g’li Ubaydullaxo’ja o’zbek ziyolilarining “Tarakkiyparvarlar” firkasini tuzadi. Firka 1914 yildan “Sadoyi Turkiston” gazetasini chikaradi. Gazeta atrofiga M.Behbudiy, Munavvarkori, A.Kodiriy, A.Avloniy X.H.Niyoziy, Lutfullo Olimiy, Cho’lpon va boshkalar uyushib, Turkiston xalklari tarixi, madaniyati, istikboli hakida ko’plab makola, hikoya, kissalar e’lon kilganlar. O’zbek teatr sanoatiga ham birinchi bo’lib jadidlar asos solganlar M.Behbudiyning “Padarkush” pesasi o’zbek dramachiligining birinchi namunasi hisoblanadi. “Padarkush” 1914 yil 15 yanvarda Samarkandda sahnaga ko’yiladi. Bu pesa 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi Kolizey binosida A.Avloniyning “Turon” gruppasi tomonidan ko’yiladi. A.Avloniyning o’z ham rol o’ynaydi. Spektakl oldidan Munavvar kori nutk so’zlab, teatrning xalkka foydasi hakida gapiradi. A.Avloniy esdaliklariga ko’ra, bu spektakl 1914-1916 yillarda Farg’onaning ko’plab shaharlarida ko’rsatilgan.
Jadidlar maktablar ochish bilan birga, kator darsliklar ham yaratganlar. Masalan, M.Behbudiyning “Muntahabi jug’rofiyo umumiy” (Kiskacha umumiy geografiya), “Kitobatul aftol (Bolalar maktablari), “Muxtasari tarixi islom” (Islomning kiskacha tarixi), “Madxali jug’rofiyon umroniy” (Aholi geografiyasiga kirish), “Muxtasar jug’rofiyon Rusiy” (Russiyaning kiskacha geografiyasi), Hamzaning boshlang’ich sinflar uchun alfbosi va boshkalar shular jumlasidandir.


Foydalanilgan adabiyotlar:






  1. Download 147 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish