1-boshlovchi: Ta'rifiga g'azal bitsang, she 'r yozsang, Yer-u ko 'kda berur sado muallim. Qalb me'mori, Dil chinori— ustozdir, Farzand mehri ko 'ngilda Jon muallim. 2-boshlovchi



Download 22,06 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi22,06 Kb.
#354338
Bog'liq
1-OKTABR


1-boshlovchi: Ta'rifiga g'azal bitsang, she 'r yozsang,

Yer-u ko 'kda berur sado muallim.

Qalb me'mori, Dil chinori— ustozdir,

Farzand mehri ko 'ngilda Jon muallim.

2-boshlovchi: Bormi murabbiydan, Baxtliroq inson,

Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.

Boshimizga tojsiz, Bor bo 'ling omon,

Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!

1-boshlovchi: Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri ummon, shirin so’zli sharafli, lekin mashaqqatli kasb egalari bo’lgan aziz ustozlar. Yuzu ko’zida yaxshilikning nurlari taralib turgan, ota-onamizdek qadrdon zotlar.

2-boshlovchi: Assalomu alaykum ko’zlari mehrga, so’zlari bolga to’la, farzandlarining tashvishlarini unutib bizlarning tavshishimizni qilgan, kelajagimizni o’ylagan fidoiy kasb egalari bo’lgan shirinso’z ustozlar.

1-boshlovchi: Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini tayyorladik. Siz biz uchun har lahzada kuyib-pishasiz. Shu boisdan ham bayram dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.

Ustozning konglini aylagan obod,

Bir kuni bolgusi ozi ham ustod

2-boshlovchi: Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak shuncha kamdir. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng bu sharafli kasb egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat tusiga aylandi. Shu boisdan ham biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomladik.

Mehnating el ichra boldi qadrdon,

Ey aziz ustozim bolgin sog-omon

1-boshlovchi: Ustoz. Bu so`zning zamirida olam-olam ma’no bordir. Bu so`zning zamirida sharaf tursada, uning ortida mashaqqatli mehnat yotadi.

2-boshlovchi: Bugun barcha madhlaru, barcha kalomlar faqat sizlar uchundir aziz ustozlar. Keling hozir shogirdlaringizni sizni madh etuvchi she’rlarini tinglasak. Marhamat tinglab baho bering.

1-boshlovchi: Dunyoda muallim bo`lmasa agar

Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar

2-boshlovchi: Insoniyat aqlini tanigan zamondanoq ta’lim-tarbiyaga muhtoj bo`lib kelgan. Insonning bu ehtiyojlarini esa siz kabi aziz ustozlar qondirib kelgan. Sizlarga har qancha ta’zim qilsak ham kamdir.

1-boshlovchi: Hozir navbatni guruhimiz talabalari ijrosidagi qo’shiqga beramiz. Marhamat!

2-boshlovchi: Sizdan boshlanadi asli tafakkur,

Ey aziz ustozim sizga tashakkur

1-boshlovchi: Sizdadir qanoat, sizdadir bardosh

Mehringizdan olar nurini quyosh

2-boshlovchi: Siz yurgan yo`llar ham bo`lgaydir gulzor

Siz bizga hamisha bo`lib madadkor

1-boshlovchi: Sizgadir ehtirom, sizgadir e’zoz

Nomingiz dillarda mehribon ustoz

2-boshlovchi: Ba’zida dilingiz og`ritib qo`yib,

Uzrni aytmaymiz qadrdon ustoz

Shunda ham bizlarni kechirib ketib

Yuksaklikka bizni etasiz parvoz.

1-boshlovchi: Qalbingiz beg`ubor aziz ustozim

Avflar etasiz xatolar qilsak

Bir kulib, mayliga deya qo`yasiz

Agarki biz sizni ranjitib qoysak.

2-boshlovchi: Endi esa navbatni guruhimi talabalari ishtirokidagi sahna ko’rinishiga beramiz. Marhamat!

1-boshlovchi: Qalbimda ehtirom, bitayin daston,

Aziz ustoz sizsiz mehribon

Hayotim kitobin yoritib turar

So`zingiz shiordir bizga har qachon.
2-boshlovchi: Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz

Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz

Jamiyatda munosib o`rin olgaydir

Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz

1-boshlovchi: O’qituvchi hayot charog’boni. U yosh avlodka ilm-fan asoslarini o’rgatadi, ularga ta’lim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarini yetishtiradi.

2-boshlovchi: Olamning gultojisi inson bo’lsa ular orasida Olloh nazari tushgan, suyuklisi ustoz muallimdir. Bizlarning har bir savolimizga chuquqr etibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallimdir. Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz

1-boshlovchi: Shuning bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi e’tiboringiz uchun tashakkur!
Download 22,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish