VI. Alkogol iste’mol qilishga moyil bo‘lgan bolalar yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ra olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat xususiyatlari
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar
Bir yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarda odatlari yuzaga kelishida, uning hayotiy yo‘nalishlari shakllanishida ota-onalar katta ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun ijtimoiy pedagogning faoliyati birinchi navbatda bolaning oilasi (uning ota-onalari bilan) hamda bolaning o‘zi bilan ishlashdan tashkil topadi.
Bolaning bu yoshda spirtli ichimlik ichish istagi ko‘p hollarda kattalarga taqlid qilishdan iborat bo‘ladi.
Agarda bu davrda bolada yomon odatlar paydo bo‘lib, ularning orasida alkogolni iste’mol qilishni ma’qullaydiganlari mavjud bo‘lsa, unda 7 yoshiga kelib ular to‘la shakllanadi. Bu yomon odatlarni tuzatish, yo‘qotish juda qiyin bo‘ladi.
Ota-onalar bilan ishlash ikki yo‘nalishlarda olib boriladi:
Oila a’zolari o‘rtasida munosabatlar madaniyatini shakllantirish. Faqatgina munosib oilaviy munosabatlar mavjudligidagina ma’naviy alkogolga qarshi ko‘rsatmalarni shakllantirish mumkin.
Bolaning sog‘lom hayot faoliyati muxitini yaratish, bu unda alkogolga va spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchi odamlarga nisbatan salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishni, bu holatni ma’naviy qoralashni o‘z ichiga oladi.
Bola bilan ishlar olib borishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchisida o‘kishga intilishni shakllantirish (bola spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlanganda odatda maktabda o‘qishida jiddiy muammolar yuzaga keladi va o‘qishni istamaydi qoladi).
Irodasi, o‘z qadr-qimmatini xis etish kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish
Ishlash metodlari: yorqin emotsional hikoya qilish, namoyish etish, ko‘rsatib berish, syujetli-rolli o‘yinlar
O‘smirlar
O‘smirlik davrida,11 yoshdan boshlab, kattalar bolalarga o‘z ta’sirlarini yo‘qota boshlaydilar va o‘z tengdoshlari bilan munosabatlar katta ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. O‘smirning ijtimoiy mavqei qanchalik past bo‘lsa, uning guruhga ta’siri shunchalik past bo‘ladi. Shuning uchun u o‘zi istamagan ijobiy harakatlarni amalga oshiradi. O‘smir guruhdagi qoidalar uchungina shunday yo‘l tutadi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagog ishida asosiy e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarda guruhlar bilan ishlashga qaratishi shart:
Alkogolizm sabablari va oqibatlarini oldini olish. Bu ishni alkogolizm bilan bog‘liq mavzuda guruhli munozaralar yoki roli o‘yinlar o‘tkazish yordamida amalga oshirish mumkin.
O‘smirlarni bo‘sh vaqtlarini tashkil qilish, chunki mazmunsiz vaqtni o‘tkazish o‘smirlarning spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari rivojlanishi xavfi asosiy omili hisoblanadi.
O‘smirda alkogolga qarshi ishonchini shakllantirishga qaratilgan alkogolga qarshi tarbiyalash.
Maktab pedagogik jamoasiga alkogolizmgi qarshi bilimlar berish. Alkogolga qarshi tarbiya elementlarini maktab doirasida fanlarga kiritish mumkin. Masalan, “Davlat va huquq asoslari” faniga “alkogolizmga berilib ketish oqibatida ota-onalik huquqlaridan mahrum etish” mavzusini kiritish mumkin; “Tarix” faniga “Qoloq xalqlarni ularni qul qilish maqsadida kolonizatorlar tomonidan spirtli ichimlik berib mast qilishlari” mavzusini va boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy pedagogning vositachilik faoliyati – bu oldini olish ishlariga faqatgina o‘kuvchilarning ota-onalarini emas, balki militsiya xodimlarini, rayon poliklinikasi shifokorlarini, jamoatchilikni ham jalb qilishdan iborat bo‘ladi.
O‘smirning ijtimoiy-pedagogik qarovchizligini bartaraf qilish. Bunday qarovsizlik so‘z boyligi kamligi, atrof Dune haqidagi bilimlarining yetarli emasligi, ko‘pchilik ko‘nikmalar (hisoblash, o‘qish, yozish va boshqalar) yaxshi o‘zlashtirilmaganligi ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Yoshlik
O‘smirlardan farqli ravishda yoshlik davrida, 15-17 yoshida tengdoshlari guruhiga emotsional bog‘liqligi kam darajada ifodalanadi. individualligini ifodalovchi hulqi usuli birinchi o‘rinda bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog katta sinf o‘kuvchilari bilan individual ishlashga e’tiborini qaratishi kerak:
Individual konsultatsiyalar o‘tkazish.
Shaxsni ijtimoiy o‘qitish, bu spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan bog‘liq xavflarni tasavvur etishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |