1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Download 0,92 Mb.
bet55/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

NAZORAT SAVOLLARI

1. Tadbirkorlik g'oyalari deganda nimani tushunasiz?

2. Yaxshi tadbirkorlik g'oyasi nima?

.5. Tadbirkorlik g'oyasi qanday talablarga javob berishi lozim?

4. Tadbirkorlik g'oyalarining manbalari nimalardan iborat?

5. Nima uchun tadbirkorlik g'oyalarini o'ylab topish zarur?

6. Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari qanday aniqlanadi?

7. Tadhirkorlik faoliyaii imkoniyailari qanday baholanadi?

19-20 Mavzu: Mos keluvchi bozorni va korxona yerini tanlash
Tadbirkorlarning tadbirkorlikni boshlashidan oldin eng muhim hal qilinishi lozini bo'lgan ishlaridan biri — bozorni tanlash. Ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlar bozorini oldindan bilish va iste'molchilar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish talab etiladi. Har qanday sharoitda ham mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqarishdan oldin ularning xaridorini aniq bilish muhimdir. Tadbirkor har doim xatar bilan ish ko'radi va har qanday kutilmagan vaziyatga tayyor turadi, shunday bo'lsa-da, baribir aniq ishlab chiqilgan biznes-rejalar asosida ishlash talab etiladi. Masalan, tad-birkor tomonidan arzon deb tasawur qilingan, ammo ma'naviy jihatdan eskirgan maishiy texnika jihozlarini Toshkent shahrida sotishni ma'qul deb bo'lmaydi yoki Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan gibrid-avtomashinalarni Osiyo bozorlariga takiif etish hozirgi kunda omadsizlikka yuztutishi mumkin. Shuningdek, bozorni tanlashda xaridorlarning dunyoqarashi va didi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Toshkent shahrining Oloy bozorida sotilayotgan mahsulotlar bilan Qo'yliq bozorida sotilayotgan mahsulotlar va u yerdagi xaridorlar o'rtasida farq ancha sezilarlidir.

Demak, tadbirkorlar nuqtayi nazaridan bozor, bu — tovar va xizmatlarini sotish imkoniyatiga ega bo'lgan hudud. Tanlangan bozorni qanchalik samaradorligi esa tovar-xizmatlarning sifati va xaridorlarning moliyaviy imkoniyatlarga hamda to'g'ri tanlangan mahsulotlarga bog'liqdir. Agar bozor talab va takiif o'zaro duch keladigan hodisa sifatida qaralsa, tadbirkor uchun taiab va takiif o'rtasida muvozanatni saqlab turish va imkoniyat darajasida ustunlikni saqlab turish choralari ko'rilishi lozim. Biznes nuqtayi naza­ridan bozor, bu — hamma geografik hududdan tashqarida bo'lgan holda tovar yoki xizmatga muhtojlar va tovarni sotib olishni xohlaydiganlar. Har bir korxona insonlarga qaysidir turdagi tovarni yoki xizmatni sotishga asoslangan. Salohiyatli xaridorni tadbirkor nuqtayi nazaridan quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

1. Qandaydir tovar yoki xizmatga ehtiyoji bor yoki sotib olishni xohlagan insonlar.

2. Qandaydir tovar yoki xizmatni sotib olishga qurbi yetgan insonlar.

3. Qandaydir tovar yoki xizmatni sotib olishni xohlagan insonlar.

Tadbirkor bozorga chiqishi bilan, balki undan oldinroq raqo-batchilari haqida ham qayg'urmog'i maqsadga muvofiqdir. Agar raqobatchilar siz bilan birga bir bozorga xizmat ko'rsatayotgan bo'lishsa, unda boshqa korxonalar ish olib borish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkinligini o'rganib chiqish lozim. Yana tovar yoki xizmat raqobatchining tovar yoki xizmatidan qanchalik farq qilish kerakligini aniqlash darker.

Tadbirkor bozor sharoitida salohiyatli xaridorlar haqida nima-larni bilishi kerak? Ushbu savolga tadbirkorlikni o'z zimmasiga olgan har bir tadbirkor javob bera olishi lozim. Xaridorlarning turli jihatlarini inobatga olgan holda o'rganish lozim, jumladan, bozordagi xaridorlarning mazmuniy guruhlariga qarab bo'lish yoki quyidagi tavsiflarga muvofiq ajratish mumkin:

• jinsi;


• oilaviy ahvoli;

• kasbi;


daromadi;

• turar joyi;

• bu keltirilgan tavsiflarning o'zgarish jarayoni.

Xaridorlarning xohishlarini bilish orqali bozorni segmentatsiya qilish yo'li bilan tadbirkorning qaysi tovar yoki xizmatlarga ehtiyoji borligini aniqlash oson kechadi. Xaridorlarning qayerda xarid qilishlarini bilish esa tadbirkor u yoki bu bozor segmentiga asos­langan holda xaridorlarning aniq shu damda qayerda xarid qila-yotganini va boshqa korxonaning tovar xizmatlarini xarid qilishga qaysi omillar sabab bo'layotganini aniqlashi kerak. Tadbirkor xaridorlarning qachon o'z xaridlarini qilishadi (har kuni, har hafta, har oyda, har yilda yoki fasllarda) degan savolga javobni bilishi — korxonaga qaysi narsalar korxonaning ish vaqtida kerakligi, reklama kompaniyalarini o'tkazish, qancha miqdordagi tovar u yoki bu yilda kerak bo'lishini aniqlashda yordam beradi.

Xaridorlarning qanday xarid qilishlarini bilish, xaridorlar o'z xaridlari uchun qay yo'l orqali haq to'lashlarini tadbirkor bilgan holda tadbirkor sotuvda kredit siyosatini ishlab chiqishi, ya'ni korxonasining mahsulotiga baho belgilash siyosatini olib borishi mumkin.

Xaridorlarni shunchalik o'rganish lozim bo'lsa, tadbirkor uchun, awalo, ushbu ma'lumotlarni qayerdan va qanday usulda topish muhim. Hozir ma'lumot olishning juda ko'plab yo'llari mavjud, jumladan, savdo uyushmalari (nashrlar), savdo palata-lari, hukumat muassasalari (tuman savdo boshqarmalari amal-dorlari), gazeta va jurnallar, yakka tadqiqotlar. Shuningdek, hozirgi kunda eng optimal hisoblangan Internet imkoniyatlaridan samarali foydalinish maqsadga muvofiqdir. Bu tadbirkor uchun ham qulay, ham eng arzon vositalardan biri sanaladi.

O'z tovarlari va xizmatlari uchun marketing dasturlarini tushu-nish va ishlab chiqish mahorati kichik korxonalar egalari uchun eng katta ehtiyojlardan biridir. Kichik korxonaning muvaffaqiyati o'z tovarlari va xizmatlaridan mamnun bo'lgan xaridorlar miq-dorining ko'payishi layoqatiga asoslanadi. Hozirgi marketing dasturlari «bozor konsepsiyasi» va korxona egasini xaridorlar ehtiyojini aniqlashga, uni qondirishga va holatni kuzatib borishga, pirovard natijada foyda olishga o'z kuch-g'ayratini jamlashga majbur qiladigan korxona faoliyat ko'rsatishining qoidalari atrofiga qariladi. Marketing konsepsiyasi biznes uchun xaridorning muhimligi to'g'risidagi qoidaga asoslanadi va quyidagilarni tasdiqlaydi: a) kor­xonaning barcha siyosati va faoliyati xaridorning ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak, shuningdek, b) foyda keltiradigan sotish hajmiga erishish sotish hajmini maksimal dara-jaga ko'tarishga nisbatan korxonaning maqbul siyosati hisoblanadi.

Bozorni tanlash shunchalik muhim ahamiyatga ega bo'lsa, tadbirkor bozorni tatbiq qilishni ham bilishi lozim. Xo'sh, tadbir­kor uchun bozorni tatbiq qilish nimani anglatadi? Bu savolga juda ko'plab tadbirkor va iqtisodchi olimlar o'z fikrlarini bildirishgan. Jumladan, bozor funksiyalarini bajarishda bozor haqida ma'lumot bo'lishi kerak. Ko'pincha mavjud va (yoki) bo'lajak xaridorlarga taklif qilinadigan anketaga asoslangan uncha katta bo'lmagan bozor tadqiqoti dasturi qoniqmaslik sohasidagi muammolarni ochib berishi mumkin. ular oson tuzatilishi mumkin (yoki bu muam-molar va qoniqmaslikkajavoban, bozorda muvaffaqiyatii sotiladigan tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarilishi mumkin).

Bozor tadqiqotlari sotish hajmi va rentabellik darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi tamoyillarni aniqlab berishi kerak. Muammolarni va ochiladigan imkoniyatlarni, ular paydo bo'ladigan birinchi bos-qichda, identifikatsiyalash maqsadida aholi tarkibidagi, huquqiy maydondagi o'zgarishlar, mahalliy iqtisodiy vaziyat kuzatib borilishi kerak. Raqiblarning faoliyatini ham ko'zdan qochirmaslik zarur; raqiblar bozordagi sizning ulushingizga daxl qilishi yoki uni tark etishi mumkin. Masalan, raqiblar strategiyasini bilish o'ta foydalidir (ya'ni ular siz va boshqalar bilan qanday raqobat qiladi).

Bozor konsepsiyasini qo'llagan holda kichik korxona quyida-gilarga majburdir:

a) o'z xaridorlarining talablarini aniqlash (bozor tadqiqoti);

b) o'zining raqobatdagi afzalliklarini tahlil qilish (marketing strategiyasi);

d) o'zi ishtirok etishi uchun aniq bozorlarni aniqlash (maqsadli marketing);

e) bu ehtiyojlarni qanday qilib qondirish mumkinligini aniqlash (aralash marketing yoki marketing tarkibi).

Tadbirkor bozorni tadqiq qilish bilan birga, bozor strategiyasini ham hamohang tarzda o'zi kashf etib boradi. Marketing strategiyasi xaridorlar guruhlarini (maqsadli bozorlarni) aniqlashni o'z ichiga oladi, ularga kichik korxona yirikroq raqiblariga nisbatan yaxshiroq xizmat ko'rsatishi, o'z mahsuloti assortimentini, unga narxlarni, taqsimlash yo'llarini, mazkur aniq bozor bo'linmasiga tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish (aralash marketing bilan boshqarish) bo'yicha kuch-g'ayratlarni moslashtirish mumkin. Pirovardida bu strategiya hozircha bozor tomonidan qondirilmayotgan hamda potensial hajm va rentabellik bilan xarakterlanadigan xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishga intilishi hamda real qondirishi kerak. Yaxshi strategiya shuni nazarda tutadiki, kichik korxona barcha kishilarning hamma ehtiyojlarini qondira olmaydi va shu sababli bozorni, maqsadli bozorda o'z salohiyatini ko'rsatish uchun o'z imkoniyatlarini tahlil qilish kerak.

Tadbirkor xaridorgir mahsuiot va xizmatlarni aniqlab, uni ishlab chiqarishni maqsad qilsa, uni ishlab chiqarish uchun aniq joyni tanlay bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonaning joylashish o'rnini tanlash — kichik korxonaning muvaffaqiyatga erishishi yoki inqirozga uchrashi nuqtayi nazaridan bir necha hayotiy muhim omillardan biridir. Ko'p hollarda tadbirkor korxona tuzish uchun bo'sh deb belgilangan yaqin joydan narisiga qaramaydi. Muvaffaqiyat imkoniyatini oshirish uchun joylashish o'rnini tan-lash muammosini puxta o'rganish va o'ylash muhimdir. Ta'kidlash zarurki, yaxshi joylashish o'rnini tanlash o'rtacha ishlovchi korxo-naning hayotini ta'minlashi mumkin, yomon joylashish esa, hatto, yaxshi boshqarilayotgan korxonaga ham inqiroz hukmini chiqarishi mumkin.

Joylashish o'rnini tahlil qilish korxonaning butun faoliyati davomida uzluksiz jarayon bo'lishi kerak. Demograflk vaziyatning o'zgarishi, xaridorlarning xarid moyilliklari o'zgarishi, kishilar va yuklarni tashishning yangi usullari paydo bo'lishi, aholi punktlari o'sishining yangi yo'nalishlari kabi omillar mavjud joylashish o'rnining yaroqligiga noxush ta'sir ko'rsatishi mumkin. Korxona­ning joylashish o'rnini tanlashda ikki asosiy omil mavjud:

1. Aniq jamoa (aholi punkti)ni tanlash haqida qaror qabul qilish.

2. Tanlangan jamoa doirasida joyni tanlash haqida qaror qabul qilish.

Korxonaning joylashish o'rnini to'g'ri tanlash boshqalarga qaraganda, ayrim korxonalar uchun o'ta muhimdir. Chakana savdo va xizmat ko'rsatish koxonalari uchun to'g'ri joylashish o'ta muhim omildir. Tayyor kiyimlar do'konlarining, kimyoviy toza-lash xizmatlari va avtoyoqilg'i shoxobchalarining yashovchanligi ko'p jihatdan ular yonidan o'tuvchi mijozlar va xaridorlar oqimiga bog'liq bo'ladi. Bu xildagi korxonalar yuqori foyda olishlari uchun xaridorlar bilan bir qatorda, o'z tovarlari xizmatlariga ega bo'lishlari kerak.

Chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohasidagi boshqa xil korxonalar, shuningdek, ulgurji savdo korxonalari uchun joylashish o'rni xaridorlar va mijozlarni jalb qilish nuqtayi nazarida muhim emas. Mebel, maishiy texnika sotuvchi chakana savdo do'konlari xaridorlarni o'ziga shunday ham tortaveradi; buxgalteriya hisoboti va soliqqa tortish sohalarida maslahat beruvchi kompaniyalar, shuningdek, ulgurji savdo korxonalari «oyoq yetmagan so'qmoq-lardan» tashqarida bo'lishlari va bunda yuqori foyda topishlari mumkin. Xaridorlarning o'zlari bu korxonalar taklif qilayotgan tovarlar yoki xizmatlarni izlab, bir qancha vaqtini o'tkazishadi.

Ishlab chiqarish korxonalari, qurilish firmalari va ayrim xizmat ko'rsatish korxonalari o'zlarining qulay joylashish o'rni tufayli xaridorlarni jalb qilishdan umuman manfaatdor emas. Bu xildagi kompaniyalar o'z mijozlarini shaxsiy savdo-sotiqlar vositasida yoxud reklama orqali topishadi. Bunday korxonalarning joylashgan o'rnini tanlash tegishli joyda turishning narxi, atrof-muhitga ta'siri yoki xomashyo yetkazib berishga qarab, amalga oshiriladi. Iqtiso-diyotning holati, demografik vaziyat, shuningdek, raqobat bunda hisobga olinishi kerak bo'lgan muhim omillardir. Bu omillarni hisobga olish istiqbolli shahar yoki posyolkani tanlashga imkon beradi.

Demak, korxona joyini tanlashda, avvalo, eng qulay joyni tanlash lozim ekan. Mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish uchun qulayliklar sifatida ko'plab omillarni keltirish mumkin. Masalan, bozorga yaqin bo'lish. Bozorga yaqin bo'lish xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sotilishini tezlashtirish imkonini beradi. Bu har tomonlama mijozlarga qulaylik yaratadi. Masalan, chekka, shahardan uzoq hududlarda kiyim-kechak ishlab chiqarish bilan shug'ullanish tadbirkorga ko'proq qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Chunki shahar infratuzilmasidan olis va asosiy xaridorlardan yiroqda joylashish xarajatlarni oshishiga hamda samaradorlikni pasayishiga sabab bo'ladi. Ammo tadbirkor faqatgina o'zini arzon ishchi kuchi bilan yupatish imkoniyatiga ega bo'ladi, garchi ishchilar saviyasi unchalik yuqori bo'lmasa ham.

Rejalashtirilayotgan o'z korxonasini tuzishda, jamoani tanlashda uning iqtisodiy holati e'tiborga olinishi kerak bo'lgan muhim mulohazadir. Demak, tadbirkor, «nega odamlar bu yerda yashashadi va ularning turmush andazasi qanaqa, nega boshqa korxonalar o'zlari uchun bu hududni tanlashgan, mazkur joydagi sanoat tuzilmasini o'rganish zarurmi, ishchilar asosiy qismi qaysi sohada band, ishlab chiqarish rivojlanishi qay darajada?» kabi savollarga javob topishi lozim.

Jamoa aholisining ish haqi tovarlar va xizmatlarga talabni belgilaganligi sababli tadbirkorlar o'z korxonasini tuzishni rejalash-tirayotgan hudud aholisining daromadlari haqidagi ma'lumotlarni yig'ishi kerak. Aniq savollar qatoriga quyidagilar kiradi: geografik va demografik jihatdan ixtisoslashuv, mutlaq ifodada o'rtacha daromadning kattaligi qanday? Bu joyda daromad darajasi qanday (past, o'rta yoki yuqori)? Bandlik sohasida bu-joyda qanday tamoyillar amal qiladi? Yaxshi avtomobil va temiryo'llarining mavjudligi muhim iqtisodiy omillar qatoriga kiradi.

Demografik vaziyat tadbirkorlar o'zining xaridorlari (mijozlari) bo'ladigan kishilar doirasini aniqlashi kerak. Bunda tadbirkor ishlab chiqaradigan mahsulot va xaridorlarning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashi kabi omillarni inobatga olish lozim. Masalan, agar tadbirkor DVD disklari emas, balki ko'proq musiqiy kompakt-disklar sotuvchi do'kon ochishga e'tibor qaratsa, o'smirlar va kattaroq yoshdagi yoshlar qayerda zichroq yashashini bilishi kerak, chunki aynan ular musiqa bilan ko'proq qiziqishadi. Demografik vaziyatga tegislili yana boshqa savollar: bu hududda hayot qay darajada barqaror? Aholining muntazam migratsiyasi kuzatilacfimi (ketish, kelish, bar ikki tomonga harakat)? Aholi soni o'smoqdami yoki kamaymoqdami? Agar hudud jadal o'sayotgan bo'lsa, bunda yosh oilalar sonining ko'payishini kutish mumkin. Bu omillarning barchasi korxonaning joylashish o'rnini tanlashda hisobga oljnishi kerak.

Raqobatdoshlikda tadbirkor o'z raqiblarini bilishi lozim. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari haqidagi ma'lumotlarni to'plab, tad­birkor atrofida qancha raqib borligini va ular qayerda joylashganligini bilish kerak. Tadbirkor qolaversa, keyingi ikki yil ichida o'zinikiga o'xshagan qancha korxona ochilganligi va yopilganligini aniqlashi zarur. Boshqacha, ammo unikining o'mini bosishi mumkin bo'lgan tovarlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko'rsatuvchi bilvosita raqib-lar xususidagi masalani ham o'rganish lozim.

Yirik savdo markazlariga yaqin joylashish xizmat ko'rsatuvchi korxonalar uchun eng maqbuldir. Biroq radiotele ustaxonalar, kimyoviy tozalash muassasalari, amaliyotchi shifokor-dantistlar (tish doktori), poyabzal ustaxonalari yoki tijorat bolalar bog'chalari uchun yuqori ijara haqi olinadigan joylarda joylashish zarurati yo'q. Mijozlarning o'zlari ularni izlab topishga va yaxshi xizmatdan bah-ramand bo'lish uchun olisroqqa borishga tayyordirlar, chunki bu korxonalar ma'lum darajada ochilgan yo'llardan chetda bo'lishi mum-kin. Ammo, hatto xizmat ko'rsatuvchi firmalar o'rtasida ham qanday joy yaxshiligi haqida turli fikrlar mavjud. Masalan, tezkor kimyoviy kiyim tozalashning oziq-ovqat do'koni va dorixona bilan yonma-yon joylashuvi maqbul yondashuv bo'la oladi. Biroq shifokor-dantist uchun bu joy maqbul bo'lmasligi mumkin, unga uning oldidan o'tuvchilarning katta oqimi va tezkor kimyoviy kiyim tozalash korxonasi singari savdo markazining kirish-chiqish joyi bilan qulay qo'shnichilik (bu uning rnuvaffaqiyatini ta'minlagan) zarur emas. Ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi uchun qulay joylar chakana va ulgurji savdo, xizmat ko'rsatuvchi firmalar uchun maqbul kelgan joydan farqlanadi. Agar siz ishlab chiqarish korxonasini ochish imkoniyatini ko'rib chiqmoqchi bo'lsangiz, transport infra-tuzilmasi va xomashyo yetkazib berish manbalari o'rtasidagi masofani o'rganing. Xaridorlarning yaqinligi, tegishli quvvatlarning mavjudligi va zonalashtirish haqidagi hujjatlarning amal qilishi — bular boshqa muhim omillardir. Korxonaning joylashish o'rnini tanlashda umumiy va aniq omillarni o'rganish jarayonida yaxshisi joriy holatlarga emas, balki kelajak istiqbolga yo'nalish olish kerak.

Jahon xo'jaligining jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitida ishlab chiqarish korxonalariga joy tanlashda xorij tajribasidan kelib chiqib, bir qator xulosalarga kelish mumkin. Ishlab chiqarish korxonalari hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda rivojlanayotgan va qashshoq davlatlar tomon ko'chib o'tmoqda. Bu siljish natijasida rivojlangan davlatlar, asosan, axborot tizimi bilan ishlashga ko'proq e'tibor berishyapti. Bu bar tomonlama o'z foydasini bermoqda, jumladan, tabiiy resurslarga yaqinroq borish, arzon ishchi kuchiga ega bo'lish, narxi past xizmatlardan foydlanish va bozorni kengay-tirish kabi, masalan, Buyuk Britaniya aviakompaniyalari va bir qator ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, avtomobilsozlik korxonalarining bir qator bo'limlarini, asosan, Hindistonda joy-lashganligi ularga bir qator imkoniyatlar yaratmoqda. Hindistonda kompyuter texnologiyalari yaxshi rivojlanganligi, ishchi kuchining qirollikka nisbatan ancha arzonligi, ishchi kuchining til bilishida muammolar yo'qligi, bu shuningdek, Hindiston aholisiga ham ancha foydali hisoblanadi, chunki ular tomonidan taklif etiladigan ish haqi va ishlash sharoiti ancha qulay hisoblanadi.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish