Xususiy tadbirkorlikning afzallik jihatlari:
• xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun ruxsat olish xo'jalik shirkatlariga keyin, nisbatan soddalashtirilgan: xususiy tadbirkor davlat ro'yxatidan o'tganidan keyin, yuridik shaxs tashkil qilmay faoliyat yuritishi mumkin. Bunda xususiy tadbirkor bankda hisob ochishi va o'z hamkorlari bilan naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishi mumkin;
• soliqqa tortishning soddaiashtirilgan tizimi qo'llaniladi, masalan, faqat yagona soliq to'lovi asosida soliq to'ianishi yoki oylik stavka asosida to'lanib. lining miqdori faoliyat turi bo'yicha aniqlanadi va turli hududlarda turlicha bo'lishi mumkin.
Xususiy tadbirkorlikning zaif jihatlari:
• kreditlash imkoniyatlarining cheklanganligi;
• o'zining bor mulki bilan javobgarligi;
• faoliyatni kengaytirish va rivojlantirishning imkoniyatlari cheklanganligi yoxud bu tashkiliy-huquqiy o'zgarishlarga olib kelishi.
Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat-lar to'g'risidagi qonun hujjatlari O'zbekiston Respubiikasining «Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida»gi Qonuni va boshqa qonun huijatlaridan iboratdir.
Mas 'uliyati cheklangan jamiyat. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi MCHJning eng yuqori boshqaruv organidir. Jamiyat kundalik faoliyatini boshqarish jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishida tayinlanadigan va unga hisobot beradigan jamiyatning ijrochi organi (direktor yoki direksiya) tomonidan amalga oshiriladi. MCHJ qatnashchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydilar va shirkat faoliyati bilan bog'liq zarar yuzasidan faqat jamiyatning ustav kapitaliga o'zlari qo'shgan hissa qiymati doirasida tavakkal qiladilar.
Mas 'uliyati cheklangan hamda qo 'shimcha mas 'uliyatli jamiyat-larning huquqiy holati. Mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonun huijatlarida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran, yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi.
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo'lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Jamiyat, agar uning ta'sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Jamiyat to'liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili ko'rsatilgan dumaloq muhrga ega bo'lishi kerak. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o'zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o'z emblemasiga, shuningdek, belgilangan tartibda ro'yxatga plingan tovar belgisiga va boshqa o'z belgi-alomatlariga ega bo'lishga haqlidir.
Jamiyat o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo'ladi, o'z nomidan huquqlarni olishi, majbu-riyatlarga ega bo'lishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin.
Jamiyat qonun hujijatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro'yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shug'ullanishi mumkin.
Jamiyat o z majburiyatlari yuzasidan o'ziga qarashli barcha mol-rnulk bilan javobgar bo'ladi. Jamiyat o'z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan bo'lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda, bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi, xuddi shuningdek, jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatini tuzish usullari. Jamiyat yangidan ta'sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo'shib yuborish, birlashtirish, bo'lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo'li bilan tuzilishi mumkin.
Jamiyatni ta'sis etish yo'li bilan tuzish muassislar (muassis) ning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta'sis etish to'g'risidagi qaror ta'sis yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilgan taqdirda Jamiyatni ta'sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg'iz o'zi qabul qiladi. Jamiyat muassislari uni tuzish to'g'risida o'zaro ta'sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning Jamiyatni ta'sis etish borasida birgalikda faoliyat ko'rsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar o'rtasida joylashtirilishi kerak bo'lgan aksiya-larning xillari va turlari, ular uchun to'lanadigan haq miqdori va bu haqni to'lash tartibi, muassislarning Jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qo'yiladi.
Jamiyatni ta'sis etish to'g'risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda Jamiyatni ta'sis etish, jamiyat ustavini tasdiqlash, Jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni ta'sis etish, uning ustavini tasdiqlash to'g'risidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to'lash uchun topshirilayotgan qimmatli qog'ozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlarning pulda baliplanishini tasdiqlash to'g'risidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Chet ellik investorlar ishtirokidagi Jamiyatni tuzish O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda, uni ta'sis etish to'g'risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo'lgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq munosabatlar O'zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi. Qishloq xo'jaligi, bank, investitsiya va sug'urta faoliyati sohalarida, shuningdek, davlat korxonalarini xususiylashtirish chog'ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |