1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Download 0,92 Mb.
bet38/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

2.2. Tadbirkor xarakteri qirralari
Tadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni. qanday sharoitda amaiiy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to'siqlarni hal qilish yo'llarini va qanday yutnqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor — ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to'g'ri yo'l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o'rgatmaydi va og’lir paytlarda yordamga ham kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o'z kuchi, bilimi va zakovatiga ishonishi hamda suyanibhi lozim.

Tadbirkorlikdagi muhim omil – bu tadbirkorning shaxsiy xiisusiyailari. Tadbirkor bo'lishi uchun tashqi holatdan tashqari faqat shaxsan o'ziga bog'liqlik tomonlari borki, sarmoya va huquqiy muhit to'la mavjud bo'lganda ham busiz u haqiqiy tadbirkor bo'la olmaydi. Bu uning ishbilarmonlik, tijorat qobiliyatidir.

Ishbilarmonlik juda keng tushunchaga ega. Bu avvalo, nazariy va amaiiy bilimlar yig'indisi bo'lib, bunda, birinchi navbatda, iqtisodiyot asosini, aynan bozor iqtisodiyotini bilish zarur. Ma'lumki, iqtisodiyotni tushunmay, bozorning farqiga bormay turib, tad­birkor bo'lish mumkin emas. Tadbirkorlar bozor iqtisodivotining ijodkorlaridir. Chunki ular oddiy ijrochi cmas, balki bozor iqtiso-diyoti. uning munosabatlari, mexanizmlariga ijobiy yondashuv-chilar, rivojlantiruvchilardir, bozor to'g'risidagi tushunchani ken-gaytiruvchi, uning turliligini ta'minlovchi. haqiqiy holatini boyituvchi shaxslardir.

Bozorni o'z vaqtida sezib borish. uning holatini oldindan ko'ra bilish, bozorning ertangi talabi darajasida ish ko'rish, har tomonlama bilimdon, sezgir, o'tkir bo'lishni talab eladi. Bu aholi turmush darajasi. daromadlar harakati, turli tabaqadagi aholi talabining o'zgarib borishini oldindan bilish va barcha ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini shu holatga moslashgan holda o'zgarib borishi uchun intilish demakdir.

Buning uchun tadbirkor bar tomonlama bilimdon bo'lmog'i zarur. Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo'lishi mumkin. U zamonaviy texnika, texnologiya, tashkilolchilik, bilimdonlik dara­jasida bo'lmasa, orqada qoladi, raqobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yuqori darajaga erisha olmaydi. Tadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora-tadbir. voqelikka bir xil munosabatda bo'lib, hammasini o'z diqqat markazida tuta bilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.



Bulardan tashqari, tadbirkor haqiqiy insoniy qobiliyallar va xususiyatlarga ega bo'lishi kerakki, u haqiqatan ham ish boshi, tashkilotchi, boshqaruvchi, ko'pchilikni birlashtira olish qobiliya­tiga ega shaxs bo'lishi zarur. Amaliyotda o'z shaxsiy Tnanfaatini xalq manfaati bilan bog'lovchi, xalq uchun zarur ishlarni o'z hisobiga bajaruvchi, homiylik qiluvchi tadbirkorlar juda ko'p. Har tomon­lama ilg'or, yuqori madaniyatli, xalqparvar va xalq oldida katta obro’ga ega badavlat tadbirkor-sohibkorlar, ayniqsa, rivojlangan, iqtisodiyoti yuqori darajadagi mamlakallarda oddiy holatdir.

Tadbirkor shakllanishiga bir qator omillar ta'sir etadi - ma'lumoti, xarakteri, oilaviy ta'sir, oldingi ish va hayotiy tajribasi, o'z ishiga munosabati, rejalari va h.k. Bozor iqtisodiyotini sliakllantirish jarayonida yuqori malakali tadbirkorlarga ega bo'iish uchun ma'kim ishlarni amalga oshirish kerak. Bu avvalo, mutaxassisiar tayyorlash, olqitish va o'qish jarayonlarni shunga moslashtirish demakdir.

Mamlakatiniizda bu sohada juda katta ishlar oiib borilib, mutaxassisiar tayyorlashda muhim o'zgarishlar yuz bermoqda. Tadbirkor-biznesmenlar tayyorlash kengaytirilib. yetakchi mamlakatlarda o'qishga minglab yoshlar yuborilyapti. O'qish, o'qitish, mutaxassisiar tayyorlash tizimi bozor talabi asosida qayta ko'rilayotir.

Tadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyalidir. Tadbirkorlik madaniyatini asosiy belgilari sifalida quyidagilarni ko'rsatishimiz mumkin:



1. Tadbirkorlik madaniyati — bu madaniyat omillarini hamma yo'nalishlari bo'yicha zamonaviy tashkil qilish (moddiy va ma'naviy).

2. Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo'yicha g'oya, maqsad, vazifalarning bir-biriga mos kelishi.

3. Tadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyal yuritishi.

4. Tadbirkorning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi.

5. Tadbirkor o'z faoliyatida xodimlari va hamkorlarini eng qadrli kishilari sifatida qabul qilishi kerak.



6. Tadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan qolganlarni olziga ham ishontira olishi lozim.

Maqsadga erishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatning ahamiyati beqiyosdir. Tadbirkorlik faoliyatida o'z biznesini boshqarish — bu korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Tadbirkorning korporativ madaniyatni boshqarish pog'onalari quyidagichadir:

1. Madaniyalning rivojlanish an'analari va holalini tahlil qilish.

2. O'rganilayotgan davrda mavjud muamrnolarni aniqlash.



3. Paydo bo'lgan muammolarning obyektiv va subyektiv omil­larini aniqlash.

4. Mavjud muammoning yechimini topadigan imkoniyatlar va yo'llarini ko'rsatish.



5. Chuqur o'rganilgan va tahlil ctilgan mulohazalardan foyda-lanish.

Tadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki shaklida ham, xususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin. Biroq aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashahbus ko'rsatish, qarorlar qabul qilish va o'z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari qanchalik darajada berilishiga bogliq ravishda amalga oshirish mumkin.

Savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini davlatnikidan xususiyga aylantirish jarayoni ancha qiyin o'tdi. Bu yerda avval xususiylashtirish yiriklashdrilgan ishlab chiqarish bo'iimlari bo'yicha bajarildi, ularning zaminida ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari luzildi.

Mamlakatiniizda kichik biznes va xususiy korxonalar tashkil qilishni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish davriga O'zbekiston Rcs-publikasi Prczidenti I.A. Karimov ta’kidlab,o’tganidek, «...qishloq joylarida ixcham ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlanlirishni rag'batlantirish hisobiga aholining ish bilan bandligini ta'minlash siyosatini faol amalga oshirmoqchimiz».

Mamlakatimizda bu siyosatni amaiga oshirish asosan tadbir­korlikni rivojlantirishni laqozo ctadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidcnti 2003-yil 30-avgustdagi «O'zbckiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida^gi PF-33Q5 sonli Farmoniga muvofiq. xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish. kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini kengjalb qilish hamda xorijiy sarmoya-larni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida, 2004-yil l-yanvardan quyidagi kategoriyalar asosida kichik biznes subyektlari maqomi belgilandi:

1. Yakka tartibdagi tadbirkor.

2. Mikrofirma:

• ishlab chiqarish sohasida - 20 kishidan ko'p bo'lmagan;

• xizmat ko'rsatish sohasida - 10 kishidan ko'p bo'lmagan;

• savdo sohasida — 5 kishidan ko'p bo'lmagan yuridik shaxsdir.

3. Kichik korxona:

• yengil va oziq-ovqat sanoati, metallni qayta ishlash, yog'ochni qayta ishlash. mcbel va qurilish materiallari sanoatida — 100 kishidan ko'p bo'lmagan;

• yoqilg'i-cnergetika va kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mah-sulotlarini qayta ishlash va qurilish sanoatida - 50 kishidan ko'p bo'lmagan;

• fan, ta'lim, maorif. aloqa. savdo va umumiy ovqatianish sohalarida — 25 kishidan ko'p bo'lmagan yuridik shaxsdir.

Hozirda tadbirkorlikni rivojlantirish. kichik va xususiy tadbir-korlik sohasiga xorijiy sarmoyalanii olib kirish uchun mikroflr-malar, kichik korxonalar tashki! elilib, maqbui sharoitlar yaratil-moqda.

Tadbirkor bo'lishni xohlagan insonlar ega bo'lishi lozira bo'l­gan (yoki rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'lgan) ma'lum xusu-siyatlar mavjud. Agar tadbirkorlarni boshqa insonlar guruhi bilan turli xususiyar va ko'nikmalarni baholash orqali solishtiradigan bo'lsak, tadbirkorlar bir qator o'ziga xos xususiyatlar mavjudligi bilan ajralib turadilar, xususan:

1.Yuqori mehnat qobiliyati: biznesni boshqarish yuqori hara-katchanlikrti va intiluvchanlikni talab qiladi. Bu — zarur bo'lganda. uzoq muddat davomida ishlay olish, tang vaziyatlarda ham juda qattiq ishlash va yaxshi uxlay olish imkornyati bolmaganda ham mehnat qobiliyatini saqlay olish bilan bog'liq.

2.O'z kuchiga ishonish: bizncsda rivojlanish uchun insonlar o'z kuchlariga va o'zlari oldiga qo'ygan maqsadlarga crisha olish qobiliyatlari borligiga ishonishlari lo/im. Bu, odatda, quyidagi ibora bilan ifodalanadi: «Agar siz biron nimaga juda intilsangiz va shu narsa ustida ishlashga tayyor bo'lsangiz. siz o'zingiz istagan narsaga, aibatta,erishasiz».

3.O'z kelajagini qurish: o'ziga ishonchli ish va daromad yaralish ko'pgina yaxshi rivojlanayotgan biznesmcnlarning maqsadi bo'lib hisoblanadi: bu maqsadga erishishga bo'lgan ishonch ularning shaxsiy qobiliyallariga asoslanadi. Bu - biznesdan olinayotgan daromadning miqdori muvofiq mczonga yetishi uchun bir necha yil o'tishi mumkinligini anglaladi.

4.Foyda olishga yo 'nalganlik: pul ishlab topishga bo'lgan qiziqish insonning o'z korxonasini boshqara olishga qodiriigini belgilovchi aniq ko'rsatkich hisoblanadi. Bu biznesning birinchi darajali ekanligini anglatadi. Pullar korxona doirasida ishlashi lozim, tadbirkorning bundagi vazifasi esa korxonada mavjud pullar yangi pullarni ishlab chiqarishi uchun ular qay tarzda qo'llanishi lozimligi ycchimini topishdir.

5.Maqsadlarga erishishga intilish: biznesda muvaffaqiyaiga erishish aniq maqsadlarni qo'ya bilish qobiliyatiga, shuningdek. ushbu maqsadlarga erisliishda qat'iylik bilan ishlashga bog'liq. Ushbu maqsadlarni qo'ya bilish qobiliyati (inson nimaga o'rganishi lozimligi borasida) va ushbu maqsadlarga erishish yo'nalishida ihhlash tadbirkor uchun poydevor hisoblanadi.

6.Tirishqoqlik: ko'pgiTia insonlarga liar qanday biznes vaqt-vaqti' bilan qiyinchiliklar va ko'ngil qolishlarni olib keladi. Islini qai'iy davom ellirish va muarnmoni lining yechimi topilgunga qadar, uni yengish qat'iyat — rnuvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari hisoblanadi.

7.Omadsizliklarni bartaraf qila oiish: har bir biznes, albatta, o'zida ko'ngil qolishi va omadsizliklarning suvosli toshlariga, Ickin shu bilan birga, muvaffaqiyat cho'qqilariga ega. Omadsizliklarni bartaraf qila bilish uning manbayini aniqlashni. tegishli xulosalar cliiqarislmi va unda yangi imkoniyatlar kurtaklarini topishga harakat qilishni nazarda tutadi. Agar bunday xususiyat insonda yo'q bo'lsa, dastlabki omadsizliklarning o'ziyoq insonning o'zini o'zi band qilish harakatlariga chek qo'yadi.

8.Qaytma aloqadan foydalanishni bilish: ishlar qanday ketayotganligi. rejalar qanday amalga oshayotganligi haqida bilish, qajlma aloqa bclgilarini tahlil qila bilish, shuningdek. boshqalar bilan maslahatlashish yaiia bir asosiy sifal bo'lib hisoblanadi.

9.Tashabbuskorlik: tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki. muvaffaqiyatli biznesmenlar tashabbuskorlikni namoyon qilib, uni o'z qo'liga olish imkoniyatini qidirishgan holda o'zlarini shunday holatga qo'yishadiki, muvaffaqiyat uchun ham, mag'lubiyat uchun ham mas'ul bo'lishadi.

10. Eshitish istagi: muvaffaqiyatli rivojlanuvchi biznesmenlar guruhiga boshqalarga quloq solmaydigan va tashqi resurslardan foydalanmaydigan, o'z ichiga kirib ketgan individuumlar guruhi kirmaydi. O'z kuchiga ortiqcha ishonish, zamr bo'lganda, bank xizmatlari, buxgalterlar va biznes maslahatchilar kabi malakali mutaxassislardan yordam so'rash qobiliyatini inkor etmaydi.

11.Shaxsiy mezonlarni o'rnatish: faoliyat yuritish mezonlarini o'rnatish va ularga erishish bo'yicha keyingi ish olib borish -gullab-yashnovchi korxonaning yana bir ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu mezonlar daromad, sifat, sotuv hajmi yoki aylanma mablag' darajasini aniqlab berishi mumkin. Ko'pgina korxonalar ularning ishlari yildan yilga yaxshiroq borishiga intilishadi, ular joriy yil uchun o'rnatilgan mezonlarga nisbatan yuqoriroq mezonlarni o'rnatib, ularga erishadilar.

12.Noaniqlik sharoitida ishlay bilish: tadbirkorlik yollanma mehnatga nisbatan ko'proq noaniqlik bilan bog'liq. Bu noaniqlik sotuv hajmi va aylanma mablag'ga tegishli bo'lishi, shu bilan birga, materiallarni ta'minlash, narx, bankning qo'llab-quwatlashi kabi boshqa sohalarni ham qamrashi mumkin. Bunday noaniqlik sharoitida ruhiy charchashsiz ishlash qobiliyati juda muhim omil sanaladi.

13.Ishga butunlay berilib ishlash: korxonani yaratish va uni boshqarish faoiiyatiga butunlay berilib ketish, shuningdek, hayot tarzi o'zgarishini talab qiladi. Biznes tadbirkor hayotida birinchi ustuvorlik bo'lishi lozim.

14.Xaraklefning kuchli tamontariga tayanish: muvaffaqiyatga erishuvchi biznesmenlar ularda rnavjud bo'lgan kuchli tomonlarga tayangan holda ish oiib borishadi, bu tomonlar qo'l ishini sifatli bajaraolish ko'nikmalari, insonlarorasidagi yaxshi munosabatlarni o'rnata olish ko'nikmalari, sotishni bilish, yaxshi tashkil qilish qobiliyati, hujjatlar va boshqa yozma materiallarni chiroyli rasrniylashtira olish, aniq bir mahsulot yoki xizmatni bilish, savu'o tizimidagi insonlarni bilish, shuningdek, aloqalarai o'rnata olish va ularni qo'llay bilish qobiliyati bo'iishi mumkin.

15.Ishonchlilik va to'g'rilik: haqiqatgo'ylik, ish munosabatlarida to'g'rilik va va'da qilingan ishni bajarishdagi ishonchlilik korxonani muvaffaqiyatli boshqarishning asosiy omillari bo'lib hisoblanadi.

16.Tavakkaini o'z zimmasiga ola bilish; har bir korxonaning faoliyati tavakkal bilan bog'liq. O'lchangan yoki hisoblab chiqilgan tavakkalni o'z zimmasiga ola bilish qobiliyati ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi. Tavakkalga bunday yondashuv ushbu tavakkal butunlay yo'q bo'lishi uchun taxminiy narxlar va foydani aniqlash, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli va o'z qobiliyatlartga ishonisiini ko'zda tutadi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish