Bog'liq Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni
O'z-o'ziga ishlash bilan bog'liq cheklovlar
Siz nafaqat o'z-o'zini band qilishdan kelib chiqadigan afzalliklarni bilishingiz kerak, balki u bilan bog'liq yoqimsiz narsalardan ham xabardor bo'lishingiz kerak: investitsiya qilingan sarmoyani yo'qotish ehtimoli. ishonchsiz yoki past daromad, ko'p vaqt sarflanishi va zerikarli yoqimsiz ishlarni bajarish zarurati.
Investitsiya qilingan sarmoyani yo'qotish ehtimoli. O'z-o'zini band qilish bilan siz investitsiya qilgan sarmoyani yo'qotish xavfi bog'liqdir. «Investitsiya qiliagan sarmoya» atamasi tadbirkor o'z xususiy korxonasini tashkil etganda sarflagan xarajatlarni bildiradi. Odatda. biznesda tavakkalchilik qancha yiiqori bo'lsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha ko'proqdir. Agarda. korxona yaxshi rivojlanayotgan bo'lsa, foyda katta bo'lishi mumkin. Agarda, korxona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yo'qotilishi mumkin. tadbirkor o'z hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamg'armasini bekorga yo'qotish uchun barcha imkonga ega. Xususiy korxonani tashkil etish uchun qarzga pul bergan bank, ta'minotchilar va shaxslarga to'lovlarni qaytarishga yillar ketishi mumkin.
Ishonchsiz yoki past daromad. Xususiy korxonaga egalik qilishning yana bir kamchiligi bu ishonchsiz yoki past daromad olish imkoniyatidir. Yollangan xodimlarning ish haqidan farqli o'laroq, foyda miqdori oydan oyga o'zgarishi mumkin. Bu hattoki, oyoqqa turgan korxona uchun ham o'rinlidir. Ammo daromad kelib turganda ham, u shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo'lmasligi mumkin. Bunday holat ko'pincha birinchi olti — o'n ikki oydagi faoliyat davrida kuzatiladi.
Ko'p vaqt sarftanishi. Tadbirkorlar o'z ish vaqtini haftada qirq soat bilan cheklamaydi, ular kelish-ketish vaqtini ko'rsatadigan avtomatda kartochkasini bclgilamaydi. Ko'pgina o'z-o'zini band qilgan tadbirkorlar kuniga o'n to'rt soat va undan ko'proq. haftasiga olti yoki yctti kun ishlashadi. Ko'p hollarda korxona egasi ertalab birinchi bo'lib ishga keladi va kechqurun oxirgi boMib ishdan ketadi. Korxonaning ish vaqti egasining ixtiyori bilan emas, iste'molchilar uchun qulaylik nuqtayi nazaridan belgilanadi. Masalan, ko'p do'konlar 800 dan 2100 gacha ishlaydi. Ayrim tadbirkorlar o'z bizneslarini ketma-ket bir yoki ikki kundan ortiq qarovsiz qoldirishlari mumkin emas, deb hisoblashadi.
Zerikarli ish: biznes bilan shug'ullanish siz mutlaqo bajarishni istamaydigan, lekin bajarishingiz majbur bo'lgan ishlar zarurati bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Tavakkalchilikiar. Agar siz mulohazali tavakkalchiliklarni o'z zimmangizga olishga tayyor bo'lsangiz, sizda muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyailar bor. Mulohazali tavakkalchiliklar sizga tanazzul yoki muvaffaqiyat imkoniyatlarini oldindan aniqlashga imkon beradi. Tavakkalchilik juda past bo'lgan biznes kam daromad keltiradi va o'z g'oyalaringizni va ularni amalga oshirishni cheklab qo'yadi.
Vaqt. O'z biznesingizni boshlash - jiddiy ish. Dastlabki bir necha yil mobaynida ish ehtimol vaqtingizni ko'p qismini olar. Keyinchalik korxona egasi tomonidan biznesdagi sidqidillik va shaxsiy manfaatdorlik juda o'zgarishi mumkin. Kichik biznesning ko'plab barqaror korxonalarida kundalik majburiyatlarni boshqaruvchi yelkasiga yuklash mumkin. Kelajakda biznesga qatichalik shaxsan jalb bo'lishni xohlashingizni va kelajakda (aytaylik, 6 yildan keyin) qanchalik astoydil ishlashingizni aniqlashingiz kerak. Ehtimol, siz o'z biznesingiz ichida to'la yoki qisman bo'lishni istarsiz yoki butunlay chetga chiqishni xohlarsiz.
Odamlar bilan muloqot Sizga odamlar bilan ishlash yoqadimi yoki hamisba yakka o'zingiz ishlasbni istaysiznii? Yoki siz qayerdadir ularning o'rlasida to'xlaysizmi? Kichik biznesda shaxslararo muloqot(aloqa)nirig uch turi - iste'molchilar bilan. xodimlar bilan va yetkazib beruvchilar bilan muloqol mavjud. Ko'p kichik korxonalarning egalari xodimlar va yetkazib beruvchilarning muloqoliga e'tiroz bildirishmaydi. chunki mulkdor ularga nisbatan foydaliroq mavqeda turadi. Biroq mulkdor-iste'molchi munosabatlari sizning biznesingiz turiga qattiq bog'liqdir. Masalan, ko'chmas mulkni sotishda hujumkorlik, hatto agressivlik muhimdir. Agarsizga yakka lartibda sotish yoqmasa. bu narsa talab qilinadigan biznesni lanlamang. Biznesning boshqa ko'piab turlarida sotishga yondashuv ko'proq shaxsdan lashqaridadir.
Chakana savdoda muvaflaqiyat ko'pincha istc'molchi bilan shaxsiy aloqadan ko'ra, yaxshi tovarlarga. maqbul narxlarga va omadli reklamaga bog'liq boladi, Pochta. Internet yoki elcktron pochta orqali buyurtma berish shaxs ishtirokisiz savdoning oxirgi misolidir, bunda siz hech qachon iste'molchini ko'rmaysiz (iste'molchi buyurtma beradi. mulkdor tovar jo'natadi).