9- Mavzu: Tadbirkor xarakteri qirralari
2.1. O'z tadbirkorlik salohiyatini bahotash
Barcha yangi mustaqil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo'jalikning davlat sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14—15 %, xususiy sektorda 3 % ga yaqini band bo'lgan. O'tgan asraing saksoninchi yillari ikkinchi yarmida xo'jalikning kooperativ sektorini yaratish va ijarani rivojlantirishga harakat qilingan. Bu harakat bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi, davlat mulkchiligining hukmronligi, xo'jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga qaramligi. xo'jalik qonunlarining noaniqligi va bir qator sabablar tufayli natijasiz bo'lgan.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo'g'inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllanib bordi.
Tadbirkor o’z salohiyatini baholay olishi va imkoniyatlarini chamalab ish yuritishi to'g'risida ba'zi misollar doirasida fikr yuritishimiz mumkin. Buni o'quvchiga eng yaqin bo'lgan o'quvchilar misolida qarasak. O'quvchilar har doim darsga kirishlaridan oldin, avvalo ushbu darsga nisbatan o'z tayyorgarliklarini chamalab ko'rishadi. O'quvchining dunyoqarashi, dars mavzusining talabaga qiziqarliligi va tanishligi hamda auditoriyadagi erkin vaziyat talabalarning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishadi. Chunki har doim ham tanish va qiziqarli mavzu yaxshi ustoz va yaxshi tayyorgarlik ko'rish imkoni bo'lmaydi. O'quvchilarning dastlabki uddaburonligi va tadbirkorlik qobiliyatlari shunday holatlarda namoyon bo'ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo'lgan kishilar, avvalo, o'z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko'rishlari va imkoniyatlari darajasida ish boshlashlari maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkorlik salohiyatini baholashda, quyidagi bir qator savollarga aniq javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi:
1. Ommaviy axborot vositalari va kitob o'qishga munosabatingiz qanday?
2. Tavakkalchilikni u sizning asabingizga tckkani uchungina o'z zimmangizga olasizmi?
3. Odamlarni o'zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvaffa-qiyatli bo'ladimi?
4. Biznesni tashkil qilish tajribasini tanishiaringizdan biron kim siz bilan muhokama qilganmi?
5. Biron marta ishingi/dan hayraida qolganmisiz?
6. Doimo yangi g'oyalarni o'yJab yurishingizni sezganmisiz?
7. Maktabni yaxshi ko'rar edingizmi?
8. Detallarga kirishishni yoqtirasizmi?
9. O'n yoshga kirgunga qadar, tasodifiy ishlarni bajarganmisiz?
10. Tez zerikib qolasizmi?
11. Uzoq muddat davomidabir narsaga diqqatingiznijalb qilib tura olasizmi?
12. Yomon vaziyatdan foydali biron nima chiqarishga o'rgangan-misiz?
13. Bankda omonat hisobingiz yoki boshqa shaxsiy jamg'ar-mangiz bonni?
14. Tadbikorlar juda katta tavakkal qilishadi. deb hisoblaysizmi?
15. Muvaffaqiyalli tadbirkorlar, albatta, oliy ma'lumotli bo'lishi lozim deb hisobia\sizmi?
Ushbu berilgan savollar tadbirkorning umumiy salohiyatini baholasliga yo'naltirilgan. Kishi bu turdagi savollarru tadbirkorJikning qaysi turini boshiashdan oldin, albatta, o'ziga o'zi berib ko'nshi tavsiya etiladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |