Birinchi qism
I bob. JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING UMUMIY MASALALARI
l-§. Jismoniy tarbiya nazariyasining predmeti va uning asosiy tushunchalari
Jismoniy tarbiya nazariyasi inson jismoniy kamolotini boshqa-risbning nmumiy qonunlari haqidagi fandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifasi, xususi-yati va urinishlarini ifodalash bilan birga jismoniy tarbiyaning boshqa turdagi tarbiyalar (aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat tarbiyasi) bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatadi va bu bilan inson-ning jismoniy kamolot nazariyasini rivojlantirishda tashkiliy meto-dologik ilmiy yo’nalishlarini ochib beradi. Bu nazariyada jismoniy tarbiya vositalarini o’rganishga, jismoniy mashqlarga o’rgatish urinishlari, metod va usullarini kashf qilishga, harakat malakalari-ni shakllantirishga va jismoniy fazilatlarini takomillashtirishga, sport mashg’ulotlarining turli xil shakllari (gimnastika mash-g’ulotJar, badantarbiya, ochiq havoda o’tkaziladigan sport o’ymiari va hokazo) dan saboq berish yo’llarini ishlab chiqishga, qola-versa, jismoniy tarbiya mashqlarini rejalashtirish va hisobga ol-ishga katta ahamiyat beriladi. Bulardan tashqari maktabgacha yosh-dagi, maktab yoshidagi bolalarning, balog’atga yetgan yoshiar-ning, o’rta yoshli va keksa odamlarning jismoniy tarbiyasidagi maxsus xususiyatlari aniqlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi doim amaliy ishlar bilan hamjihatlikda rivojlanib kelmoqda. U o’z fao-liyatida ilmiy tadqiqotlardan, ilg’or tajriba yutuqJaridan, o’tmishdagi progressiv malakalar va bugungi jahon fani erish-gan eng yaxshi samaralardan foydalanadi. .
Jismoniy tarbiya nazariyasi o’z amaliy faoliyatini nazariy poy~ devor bilan ta'minlaydi va bu bilan uning yanada barkamol bo’lishiga imkon yaratadi. Jismoniy tarbiya nazariyasidan saboq beriiganda quyidagi asosiy tushunchaiardan foydaianadi: jismoniy rivojlanish, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tay-yorgarlik, jismoniy ta'lim, jismoniy mashqlar, jismoniy madaniyat, sport.
Bizning bugungi kunimizda keng qo’llanilayotgan bu tu-shunchalar jamiyat taraqqiyoti tarixining turli davrlarda vujudga kelgan. Jismoniy tarbiya va uni amalga oshirish haqidagi fanning rivojlanib borishi bilan bu tushunchalarning mohiyati ham te-ranlashib boradi.
Jismoniy rhojlanish - bu inson organizmining shakl va vazifa-larining o’zgarish jarayonidir. "Jismoniy rivojlanish" atamasi tor ma'noda qo’ilaniladi, bunda u antroponometrik va biometrik ko’rsatkichlarini anglatadi, chunonchi: bo’y, gavda og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, umurtqa pog’onasi egikJigining darajasi, qaddi-qomarinining hoiati, kurak uchlari orasidagi masofa, tovon gumbazi o’lchovining ko’rsatkichi, o’ng va chap panja muskullari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. "Jismoniy rivojianish" atamasi keng ma'noda qo’llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvoza-natni saqiay oiish, ko’z biian chamaiash, kuch, chidamiiiik) ham kiritiladi.
Jismoniy tarbiya — tarbiyaning tarkibiy qismi bo’lib, bu jis-moniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jis-moniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiya amalga oshiriladi.
Jismoniy kamolot — bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori bosqichidir. "Jismoniy kamolot" tushunchasi belgilari o’sib bo-radigan ijtimoiy ehtiyojlar — ishlab chiqarish, shuningdek, kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi. Har bir tarixiy davr o’zining jismoniy kamolot darajasi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy tayyorgarlik — bu jismoniy tarbiyaning professio-nal yo’naJganJigidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt va bosh-qalarning jismoniy tayyorgarligi). U aniq kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish uslubiyatining spetsifikasi bilan xarakterlangan bo’ladi.
Jismoniy ta'lim — jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, ha-rakat, ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy madaniyat — umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy — tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma'naviy boy-liklari majmuasidir. Moddiy boyliklarga: sport inshootlari (stadi-onlar, sport zallari, basseynlar, va h.k), jismoniy tarbiya jihoz-Jari, inventar, maxsus kiyim, poyabzal, shuningdek, kishilarning jismoniy kamolot darajasi (bunga ularning sport sohasida erish-gan yutuqlari ham) kiradi. Ma'naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san'at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, musiqa va boshqalar) mansub.
Sport — bu musobaqa jarayonida namoyon bo’Iadigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’nal-tirilgan maxsus faoliyatdir.
Shunday qilib, bolalarni jismoniy rivojlanishida qo’llanadigan asosiy tushunchalar ularni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo’lib yetishishida katta ahamiyat kasb etadi.
Nazorat uchun savollar
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari maz-muni nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |