2-§. O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tiziminhigrivojlanishi
Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga kela-di, ya'ni mehnat bilan birga amalga oshadi. Ibtidoiy jamiyatda uning hamma a'zolari qaysi yoshda bo’lishidan qafiy nazar, mehnat qilish-lari kerak bo’lgan. Bolalar va o’smirlar kattalarning ov qilish vaqti-dagi faoliyatlarini kuzatib borib, o’z tajribalarini oshirib borganlar.
Jismoniy tarbiya gohida o’yinlar, gohida maxsus mashqlar sifatida amalga oshirilgan. U hamma uchun bir xilda teng olib borilgan, bunda tarbiya masalalarini katta yoshdagilar o’z zimma-lariga olganlar. Bu davrdajismoniy tarbiyaning rivojlanishida urf-odatlar, turli xil o’yinlar, raqslarning tarbiyaga ta'siri katta bo’lgan.
Ibtidoiy tuzumning tugallanishi arafasida ibtidoiy tuzum o’rniga sinfiy jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. Bu esa shaxsiy mulkchilik-ning rivojlanishiga yo’l ochib berdi. Jamiyatda o’zaro urush, yer-larni bosib olish va u yerda yashovchi aholini qullarga aylantirish kuchayib ketib, natijada dastlabki armiyaning shakllanishiga sharoit yaratib berdi. Armiyaning vujudga kelishi harbiy-jismoniy tayyorgarlikka bo’lgan talabning oshishiga, armiyada jismoniy madaniyatning tubdan o’zgarishiga olib keldi. Qadimgi Yunonis-tondagi Fales, Pitak, Solen, Biant, Xilen, ikki daryo oralig’ida joylashgan mamlakatlardan Abu Muslim, Muqanna, To’maris, Spitamen, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguber-di va uning bahodir safdoshlari aqliy, jismoniy, axloqiy jihat-dan yetuk barkamol insonlar edilar. Ularmohirjangchi, kurash-chi, chavandoz, qiiichboz, nayza otish san'atini mukammal egallagan davlat arboblari bo’lib yetishganlar.
' Jismoniy tarbiya feodalizm va kapitalizm tuzumlarida ham rivojianib, shakiianib bordi. Boiaiami yoshiik davridan boshlab sportga jalb etish, sport jamiyatlari tuzish, turli xil sport o’yinlari, musobaqalar tashkil etila boshlandi.,,
O’zbekistonda ham sport va jismoniy tarbiyaning rivojianishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Sharq mutafakkirlarining konsep-tual-metodologik merosidan, xalq pedagogikasi an'analaridan di-niy tarbiya jarayonida xalqimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalar-ning jismoniy tarbiyaga oid hozir ham o’z qimmatini yo’qotmagan va ilmiy asarlardan samarali foydalanib kelgan. Chunonchi, tibbiy olamning sultoni Abu Ali ibn Sino o’zining "Tib qonunlari" asarida "Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug’ullangan odam hech qachon davolanishga muhtoj bo’lmaydi" — deb aytgan.
Sohibqiron Amir Temur o’z "Tuzuklari"da shunday deydi: "Qo’shin tarkibiga yosh navkarlar olishda 3 qoidaga amal qilindi: Birinchisi — sog’lom va baquwat bo’lishi, ikkinchisi — qilich-dan mohirona foydalanishi, uchinchisi- aql-zakovatiga va barka-molligiga".
Ulug’ munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bekning peda-gogik qarashlari diqqatga sazovordir. Uning "Farzandingiz sog’lomvabaquwat bo’lib o’sishini istasangiz, uni kichikyosh-dan jismoniy mashqlar bilan shug’ullantiring/a chiniqtiring", degan so’zlarining ahamiyati beqiyosdir.
Hozirgi davrda O’zbekistonda va rivojlangan mamlakatlarda jis-moniy tarbiya va sport yuqori rivojlanish darajasiga ko’tarilgan.
»O’zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumta'lim maktablarida, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida, maxsus sport ta'lim muassasalarining o’quv rejalariga fan sifatida kiritilib, o’qitiladi.
1 Mustaqilligimizga erishganimizdan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov rahbarligida sportni rivojlanti-rish borasida, ayniqsa, yoshiar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlarni jismonan sog’lom va baquwat, ma'nan barkamol avlod boiib yetishtirish, aholining turmush darajasi va sog’iig’ini mustahkamiash, sport maydonchaiari va shahar-chalari, sport inshootlari qurish, xalqaro musobaqalar tashkil etish borasida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Sportni rivojlan-tirish va targ’ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylantirildi. Jumladan, O’zbekistonda 1993-yil 4-mart kuni "Sogiom avlod uchun" ordeni ta'sis etildi, 1995-yil 13-aprelda "Sogiom avlod uchun" oynomasi, 1998-yilda "O’zbekiston ifti-xorlari" unvoni ta'sis etildi, 2000-yil — "Sogiom avlod" yili, 2001-yil "Ona va bola" yili, 2002-yilning 24-oktabrida "O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg^armasini tu-zish" to’g’risida yangi farmon qabul qilindi. 2005-yil — "Sihat-salomatlik" yili, 2008-yil - "Yoshlar yili", 2010-yil - "Barka-mol avlod" yili deb eion qiJindi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 1996-yilda Xalqaro Olimpiya qo’mitasining oltin olimpiya ordeni bilan mukofotlandi.
O’zbekiston Respublikasida sportga berilayotgan yuqori e'tibor natijasida jahon miqyosida yuqori natijalarga erishgan Muham-madqodir Abdullayev, Artur Grigoryan, Lazizbek Zokirov, Timur Tulyarov, Shuhrat Xo’jayev, Ruslan Chagayev, Lina Chiryazova, Olmos Yusupov singari elga manzur va mashhur sportchilar yetishib chiqdilar.
Nazorat uchun savollar
1. Jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi va bosqichlarini aytib bering.
2. Mustaqil O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi borasida qanday ishlar amalga oshirilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |