1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik


-23 Mavzu: Korxona tashkil etish uchun zarur bo`lgan moliyaviy mablag`lar va ularning manbai



Download 0,92 Mb.
bet59/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

22-23 Mavzu: Korxona tashkil etish uchun zarur bo`lgan moliyaviy mablag`lar va ularning manbai

Hayotimiz davomida har qanday ishni boshlashimizdan oldin, albatta, ma'lum ma'noda mablag' muammosiga duch kelamiz va pulsiz ko'zlangan maqsadga erishish juda qiyin kechadi yoki iloji bo'lmaydi. Dono xalqimiz aytganidek, pul pulni topadi. Ammo endigina ishni boshlayotgan tadbirkorlar uchun bu muammoni hal etish uchun nimalar qilish lozim? Bu borada, awalo, huku-matimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlarni e'tirof etishimiz zarur. O'z g'oyasiga, biznes-rejasiga ega tadbirkorlar uchun o'z ishlarini boshlab olishlari uchun imtiyozli kreditlarni

berilishi, dastlabki yillarda soliqlardan butunlay ozod bo'lishi yoki imtiyozlarga ega bo'lishi, ishlab chiqaradigan mahsulot turiga va eksport qilish imkoniyatlariga qarab, yana bir qator soliq va boshqa imtiyozlarga ega bo'lishi tadbirkorlikni yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Hozirgi sharoitda tadbirkorlar uchun pul topish unchalik muammo emas, pulni qanday ko'paytirish muammosi turibdi, desakto'g'ribo'ladi.

O'z ishini boshlayotgan tadbirkor shuni anglashi kerakki, korxona foyda keltirishni boshlagungacha, biznesni tuzish davrida ma'lum miqdorda pulga egabo'lish zarur. Bu mablag' boshlang'ich sarmoya, deb ataladi va quyidagilarni qoplash uchun zarur:

• dastlabki xarajatlar yoki investitsion sarmoya sifatida;

• birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital sifatida.

Dastlabki xarajatlar — bu tadbirkor korxona ish boshlagunga qadar tortadigan xarajatlardir (savdo, ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish sohasida). Bu xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladigan mablag'lar investitsion sarmoya, deb ham ataladi. Yer sotib olish, sex qurish, uskunalar, asboblar, texnika, idora mebeli sotib olish — bularning hammasi dastlabki xarajatlardir. Ro'yxatga olishda to'lanadigan har xil to'lovlar va yig'imlar, vodoprovod, elektr o'tkazish, telefon aloqasi o'matish, korxonaning ochilganligi haqidagi reklama xarajatlari va hokazolar ham shu guruhga.kiradi.

Birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari korxona ish boshlashi bilan paydo bo'ladi. Ma'lum mablag'lar sotuvdan daromadlar korxonaga qaytib tushish bosqichi boshlangunga qadar, joriy xarajatlarni qoplashga yo'naltiriladi. Bu bosqichning uzunligi biznesning ixtisoslashuviga bog'liq. Qoida tariqasida, savdo sohasida u bir oydan kam davom etishi mumkin, ishlab chiqarish sohasida esa, korxona ishga tushganidan mablag'larning bankdagi hisobga yoki kassaga tushgunigacha bo'lgan vaqt bir necha oyga cho'zilishi mumkin (bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt, mahsulotning taqsimlash tizimida turgan davr, masalan, tayyor mahsulotning korxona omborida turishi, ulgurji "sotuvchigacha, chakana sotuvchigacha yoki pirovard xaridorgacha yo'lda bo'lgan davri hisobga olinadi). Tadbirkorning bu davrdagi xarajatlari birlamchi ishlab chiqarish xarajailari yoki aylanma kapital, deb ataladi.

U yoki bu to'Iovni amalga oshirish vaqtiga bog'liq holda amaliy operatsiyalar boshlangungacha yoki boshlangandan keyin biz uni xarajatlarning ikki guruhidan biriga kiritamiz. Guruhlar o'rtasidagi tafovut ham ana shundadir.

Korxona tuzish uchun boshlang'ich sarmoya — bu dastlabki investitsion xarajatlar va aylanma kapital yig'indisi. Boshlang'ich sarmoyaning umumiy miqdoridan kelib chiqib, bo'lg'usi tadbirkor o'z manbalaridan ishga solish uchun qancha pul zarurligini va qanchasini qarzga olish kerakligini hal qiladi.

Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi lining mol-mulkining o'z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorin-i belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.

Jamiyat oddiy aksiyalarni, shuningdek, bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqlidir. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanada O'zbekiston Res-publikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha ellik ming AQSH dollariga teng bo'lgan summadan kam bo'lmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori esa, jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam bo'lmasligi kerak. Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirilishi mumkin.

Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo'li bilan ko'paytirish va jamiyat ustaviga tegishli o'zgar-tishlar kiritish to'g'risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan yoki agar jamiyat ustavida. yoxud aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga muvofiq, Jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan bo'lsa, Jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Qo'shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e'lon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashti-rilishi mumkin.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi bilan uning tarkibiy qismi sifatida kichik biznes taraqqiy eta boshladi. Kichik biznesni tashkil etishni qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish tizimi ham uni doimiy takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan, mablag'lari yetishmayotgan, xo'jalik faoliyati yuritish uchun yetarli malaka va tajribaga ega bo'lmagan tadbirkorlar uchun davlatning qo'llab-quwatlovchi tadbirlari g'oyat muhimdir.

Tadbirkorlik iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yangi-yangi ishchi o'rinlarini yaratuvchi, bozorni tez va zarur, sifatli mahsulotlar, xizmatlar bilan ta'minlovchi hamda shaxsiy farovonlik omili sifatida iqtisodiyotning muhim sektoriga aylandi. Ayni vaqtda, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, kichik biznes tizimida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag'larni yetishmasligi birmuncha qiyin muammodir. Chunk! ko'pchilik tijo-rat banklari kichik biznes faoliyatida tavakkalchilik darajasi yuqori, garov majburiyatlari esa ishonchsiz ekanligi sababli, ularni kredit-lashda birmuncha ehtiyotkor bo'lishadi.

Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni kreditlashda, asosan, quyidagi uch o'lchovga amal qilinadi:

• Kredit oluvchi tadbirkor olgan qarzini o'z vaqtida qaytarish uchun o'zining kapitafini yuqori malakali va qobiliyatli ishlata olishini ko'rsata bilishi lozim.

• Qarz beruvchida tadbirkorlar to'g'risida, uning biznesi muvafTaqiyatli rivojlanayotganligi to'g'risida ishonchli tasavvur hosil bo'lishi lozim. Sunday hujjat loyihalari yangi tadbirkorlik faoliyatining hayotiyligi va istiqbolligini tasdiqlashi lozim.

• Qarzdorning kreditlarni o'z vaqtida to'lash qobiliyatini ifodalovchi aktivlar mavjudligi yoki tadbirkorning shaxsiy garovi qo'yiladi. Masalan, AQSHda tadbirkorlik fondi berilayotgan kreditning 90 foiz summasini kafolatlashi lozim bo'lib, qolgan 10 foiz summa bankning tavakkali bo'ladi.

O'zbekistonda jahondagi kichik biznes tuzilmalarini rivojlan­tirish sohasidagi amaliy tajribalarni o'rganish va ijobiy yondashish negizida 1992-yildan boshlab, tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlashning davlat tizimi shakllana boshladi.

Prezident Farmonlariga muvofiq tuzilgan «Mikrokreditbank» hamda Kichik biznes rivojlanishiga ko'maklashish jamg'armasi xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quwatlash va unga xizmat ko'rsatishni tashkil qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy vositalariga aylandi.

1995-yilda Prezident Farmoniga muvofiq, Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish jamg'armasi Kichik tadbirkorlik va xususiy biznesni qo'llab-quwatlash jamg'armasi (Biznes-fond)ga aylantirildi. U davlat mulkini xususiylashtirishidan tushgan va tadbirkorlikni rekonstruksiya qilish, texnik qayta qurollantirish va qo'llab-quwatlash uchun mo'ljallangan mablag'larni xususiy tadbirkorlarga imtiyozli asosda kreditlar berish uchun to'play boshladi.

Ko'plab salohiyatli tadbirkorlar balandparvoz tadbirkorlik g'oyalariga ya rejalariga egadir. Ammo ularning rejalarini hayotga tatbiq etish uchun zarur bo'lgan sarmoyani topish unchalik oson bo'lmasligi mumkin. Buning natijasida ko'plab potensial kichik korxonalar o'z ishlarini boshlamaydilar ham. Kichik biznes egasi qandaydir miqdordagi o'z shaxsiy mablag'ini o'z korxonasini tuzishga investitsiya qilishi kerak. Ammo yaxshi tayyorgarlik ko'rilsa va rejalashtirilsa, moliyaviy mablag'larni boshqa manbalardan ham olish mumkin. Mulkdorning o'z sarmoyasi va kredit muassasa-laridan olingan qarz yangi korxona tuzishni moliyalashtirishning ikki asosiy manbayi bo'lishi mumkin.

Tadbirkorlarning shaxsiy jamg'armalari ularning ko'pchiligi uchun o'z sarmoyasini investitsiyalash yo'li bilan moliyalash­tirishning asosiy manbayi hisoblanadi. Ekspertlar o'z korxonasini tuzish uchun zarur bo'lgan mablag'ning yarmi bo'lg'usi mulkdor hisobidan sarflanishi kerak, deb hisoblashadi. Bu shuni anglatadiki, bo'lg'usi tadbirkor o'z korxonasini tuzish uchun yetarli mablag' qo'lida bo'lishidan avval, bir necha yil jadal ishlashi va pul to'plashi kerak.

Oila a'zolari va do'stlarining pullari o'z sarmoyasini inves-titsiyalash yo'li bilan moliyalashning eng ommalashgan manbayi hisoblanadi. Lekin o'ylab ko'rish va quyidagi qator savollarga javob berish kerak: «Ular korxonani boshqarishda ishtirok etishni xohlashmaydimi?», «Agar korxona inqirozga uchrasa, nima bo'ladi?», «Bu o'zaro munosabatlaringizni buzmaydimi?».

O'z sarmoyasini investitsiyalash yo'li bilan moliyalash korxo-naning bir qismini bir yoki bir necha sheriklarga sotish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Sheriklar o'z pullarini investitsiya qilishsa, zarur umumiy mablag'ni to'plash oson kechadi. Biroq sheriklar bir-birlari bilan til topishishlari kerak, bu har doim ham oson bo'lavermaydi. Chunki o'z biznesini boshlovchi ko'p kishilar mustaqil qaror qabul qilishni xohlashadi, shirkat kabi muqobil yo'l noreal bo'lishi mumkin.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish