1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik


-Mavzu: Korxonaga egalik qilishning huquqiy shakllari



Download 0,92 Mb.
bet56/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

21-Mavzu: Korxonaga egalik qilishning huquqiy shakllari

O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to'g'risida»gi Qonuniga ko'ra, kichik biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagilardan iborat:

• yakka tartibdagi mehnat faoliyati;

• ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;

• bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;

• yuridik shaxslar va fuqarolarning o'z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi tadbirkorlik.

Ayni vaqtda, tadbirkorik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari, ya'ni tadbirkorlik tashkilotlari tuziladi.

Xususiy tadbirkor o'z faoliyatida yollanma mehnatdan foy-dalansa, u yuridik shaxs hisoblanadi va tadbirkorlikni O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida»gi, «Tadbirkorlik to'g'-risida»gi Qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshirishi zarur.

Qishloq xo'jaligida xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Fermer xo'jaligi to'g'risida»gi, «Dehqon xo'jaligi to'g'-risida»gi Qonunlarida o'z ifodasini topgan.

Fermer xo'jaligi o'ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalangan holda mahsulot yetishtiruvchi, qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanuvchi, fermer xo'jaligi a'zolarining birga-likdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo'jalik yurituvchi subyektdir.

Fermer xo'jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar fermer xo'jaligi a'zosi hisoblanmaydi. Tadbirkorlikni tashkiliy-huquqiy shakllari tizimida xo'jalik shirkatlari va jamiyat-larining bar xil turlari yetakchi o'rinda tutadi.

Xo'jalik shirkati umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir nechta shaxsning birlashuvidir. Xo'jalik jamiyati tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir shaxs yoki bir nechta shaxsning mulklarini birlashtirish yo'li bilan tashkil qilinadigan korxonadir.



Ishtirokchilarning shirkat nomidan o'zai'o tuzilgan shartnomaga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bilan birgalikda shug'ullanadigan'Va shirkatning majburiyatlari bo'yicha o'zlariga tegishli barcha mulk bilan javobgar shirkat to 'liq shirkatdir. Ishtirokchilarning bir qismi shirkat faoliyati bilan bog'liq zarar uchun qo'shilgan summa yoki badallar chegarasida tavakkal qiladigan va shirkat amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati kommandit shirkat, deb ataladi.

Xususiy tadbirkorlik deb, jimoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi tushuniladi:

• yuridik shaxs tashkil qilmasdan;

• mustaqil ravishda, ishchilarni yollash huquqisiz;

• tadbirkorga tegishli mulk asosida, shuningdek, mulkka egalik qilish va mulkdan foydalanishning boshqa huquqiga asosan.

Xususiy tadbirkorlikni ro'yxatdan o'tkaiish xususiyatlari

• Ro'yxatdan o'tkazish tuman, shahar hokimiyatlari tomo­nidan bir vaqtning o'zida soliq tashkilotlari tomonidan ham hisobga olish tamoyili bo'yicha amalga oshiriladi.

• Ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi qaror ro'yxatdan o'tka-zuvchi tashkilot tomonidan jismoniy shaxs kerakli hujjatlar bilan birgalikda ariza topshirgan paytdan 3 kundan kechiktirmay qabul qilinadi. Agar, murojaat etuvchi rad javobini asossiz deb hisoblasa, u bu qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

• Muhr va tamg'ani tayyorlashni rasmiylashtirishga ichki ishlar bo'limidan ruxsat olish va tegishli davlat tashkilotlarida hisobga qo'yishning umumiy muddati zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza topshirilgan vaqtdan boshlab, 8 ish kunidan oshmasligi kerak.

• Jismoniy shaxsga ariza ko'rsatilgan vaqtga ro'yxatdan o'tkaz-ganligi to'g'risida guvohnoma bank yoki aholidan to'lovlarni qabul qiladigan boshqa kredit tashkiloti orqali ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov to'langanligi to'g'risidagi hujjat taqdim etilgandan keyin beriladi. Ushbu guvohnoma xususiy tadbirkorlarga bankda hisobraqam ochishda, muhrni va boshqa rekvizitlarni tayyorlashda, muhandislik kommunikatsiyalariga bog'lanishda (gaz tarmog'i, energiya ta'minoti, suvdan foydalanish, issiqlik ta'minoti, kanali-zatsiya va h.k.) ruxsat olishda asos bo'ladi.

• Ro'yxatdan o'tgandan keyin xususiy tadbirkor bankka murojaat qilishi shart va amaldagi qonunchilik asosida alohida faoliyat turi bilan shug'ullanish uchun litsenziya olish haqida vakolatli davlat tashkilotiga murojaat qilishi lozim.

Davlat ro'yxatidan o'tish uchun xususiy tadbirkor ro'yxatdan o'tkazuvchi tashkilotga quyidagilarni taqdim etatii:

• belgilangan shakldagi ariza;

• pasport;

• rasm;

• ro'yxatdan o'tkazish yig'imining to'langanligi to'g'risidagi hujjat;

• muhr va tamg'a izi tushirilgan uch nusxadagi namuna kar-tochkasi.

Korxonani tashkil etish quyidagi bir qator bosqichlarni o'z ichiga oladi:

1. Korxonani tashkil etish uchun ta'sischijar majlisini o'tkazish.

2. Ta'sis hujjatlarini tayyorlash.

3. Bankda muvaqqat raqam ochib, ro'yxatdan o'tkazish vaqtida ustav fondining bir qismi unga qo'yiladi.

4. Aksiyalar sotishni tashkil etish, ta'sis majlisini chaqirish (AJ uchun).

5. Identifikatsiya qilish va korxonaga firma nomini berish.

6. Korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun yig'im to'lash.

7. Hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi tashkilotga taqdim etish.

8. Muhrni tayyorlash O'zbekiston Respublikasi IlVning tegishli tashkilotlarida amalga oshirish.

9. Bank hisobraqamini ochish.

10. Alohida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun zarur litsenziya olish.

11. Tegishli tashkilotlarda xonalardan foydalanish va muhandislik kommunikatsiyalariga bog'lanish uchun ruxsat olish.

12. Moliyaviy-buxgalleriya hujjatlarini sotib olish va buxgalteriya hisob-kitoblarini ochish, aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilish va sotish (AJ uchun ommaviy obuna asosida).




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish