Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati. Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo'jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning bar qanday turlarini amalga oshirish chog'ida huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo'ladi, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin.
Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab, yuridik shaxs huquqlarini qo'lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir. Jamiyat o'z firma nomiga ega bo'ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak. Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki'yopiq bo'lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo'lishi lozim.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati. Qatnashchilar o'zlariga tegishli aksiyalarini o'zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo'lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o'zi chiqa-rayotgan aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati o'zi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna o'tkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani o'tkazish imkoniyati cheklab qo'yilgan hollar bundan mustasno. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati. Aksiyalari faqat o'z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimla-nadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi. Sunday jamiyat o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda takJif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo'lishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda, u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro'yxatga olingan kundan e'tiboran, olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni o'zga shaxsga takJif etilayotgan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo'lishadi. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o'z imtiyozli huquq-laridan foydalanishmasa, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotila-digan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo'lishi uning ustavida ko'zda tutilishi mumkin.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qo'yilgan paytdan boshlab, 30 kundan kam va 60 kundan ko'p bo'lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |