Hududlar kesimida ajrimlar soni



Download 16,63 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,63 Kb.
#213047
Bog'liq
saddam


O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi choragida 9213 ta ajrim qayd etildi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, eng ko‘p holat Toshkent shahrida, eng kam ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatga

Davlat statistikasi qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan ajrim holatlariga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Eng ko‘p Toshkent shahrida oilalarga darz ketgan bo‘lsa, eng kam holat Qoraqalpog‘istonda kuzatilgan.

Hududlar kesimida ajrimlar soni:

Toshkent shahri — 1331 ta;

Farg‘ona viloyati — 999 ta;

Andijon viloyati — 995 ta;

Toshkent viloyati- 946 ta;

Samarqand viloyati- 912 ta;

Qashqadaryo viloyati — 711 ta;

Namangan viloyati- 682 ta;

Surxondaryo viloyati — 581 ta;

Buxoro viloyati — 500 ta;

Xorazm viloyati — 344 ta;

Jizzax viloyati — 337 ta;

Sirdaryo viloyati — 298 ta;

Navoiy viloyati — 289 ta;

Qoraqalpog‘iston — 288 ta.

Mart oyining birinchi haftasida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda oilaviy ajrimlar soni yuqori bo‘lib qolayotgani masalasiga to‘xtalib, 2020 yilda 28 mingdan ziyod oila ajralib ketganini ta’kidlagan edi. «Avvallari biror oila ajrashsa, mahallada duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi. Ajrim — bu katta fojia», — degan edi prezident.

Avvalroq, ajrimlar soni oshib borayotgani sabab nikohga kirish muddatini bir oy emas, uch oyga uzaytirish taklifi ham bildirilgan edi. «Nikohdan o‘tib, so‘ng farzandini tirik yetim qilgandan ko‘ra, uch oylik muddatda bir-biriga ma’qul kelmasa, o‘z yo‘lida davom etgani ma’qul», — deyilgan edi. – bolalar huquqi uchun qonunchilik himoyasi emas, da’vogar uchun manfaat, javobgar uchun azob bo‘lmoqda. Oilaviy ajrimlarning ko‘payishi - jamiyat intihosi, millat fojiasidir. Nega oilaviy ajrimlar kundan-kun oshib bormoqda, otalikni belgilash muammolari, yolg‘iz onalar soni ko‘paymoqda. Kelajagimiz poydevori go‘daklarimiz, o‘spirinlarimiz ayni tarbiya olar chog‘ida tarbiyachisiz, enagalar ko‘lida qolmoqda?

Sabab: Globallashuv davri, axborot asri, internet, ijtimoiy tarmoqlar rivoji, ommaviy madaniyatning shafqatsiz xuruji, bunga qo‘shimcha ravishda mahalliy matbuotlarimizda, ayniqsa, telekanallarimizda kundalik hayotimiz forovonligini bir tomonlama o‘ta bo‘rttirib reklama qilinayotganligi, masalan: go‘zal hayot, farovon turmush, “obod qishloq”, “obod mahalla”, “olamshumul “siti”lar” qurilishi reklamalari aholining yashashga ehtirosini, orzu havasini shu qadar oshirmoqdaki, bunday hayotga erishish, ayniqsa, namunali uylar, arzonlashtirilgan uylar, kottejlar, yoshlar uyi, harbiylarga uylar, qolaversa, ularning bepul, tekin berilayotganligi to‘g‘risidagi mehr-saxovatga to‘la eshittirishlar matbuot monopoliyasi darajasiga chiqdi.

Ammo, afsuski, bunday shohona hayotga erishish uchun orzuning o‘zi yetmaydi. Buning uchun oilaviy mablag‘ kerak, oila a’zolarining mablag‘ topish manbai – ishchi o‘rinlari kerak. Ishlay desa ish yo‘q, uy olay desa pul yo‘q. Oilaviy tadbirkor bo‘lish, o‘zigia o‘zi ish joyi yaratish jamiyatimiz fuqarolarining deyarli aksariyat qismining qo‘lidan kelavermaydi, bu ularning aybi yoki kamchiligi ham emas.

Tomorqadan topganiga tirikchiligi o‘tishi mumkin, orzu-havasga hech nima qolmaydi. Ijobiy ma’nodagi ana shunday orzu-havaslar sababli, oilalarimizdagi yetishmovchiliklardan kelishmovchiliklar kelib chiqmoqda. Natijada oilaning eng uddaburro a’zolari, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ermi, xotinmi, o‘g‘ilmi, qizmi pul topish uchun xorijga chiqib ketmoqdalar. Aksariyat oilalarning buzilib ketishiga asosan ana shu fakt sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, biz ushbu muammolarni bartaraf qilish uchun qanday choralar ko‘ryapmiz? Minglab savollarga javob izlaymiz va yana o‘sha bitta javobni topamiz – ishsizlikni tugatish!

OQIBAT: Alqissa, oilaviy ajrimlarni bartaraf etish borasida “Oila instituti”ga tegishli barcha tashkilotlar, xotin-qizlar qo‘mitalari, mahalla instituti mutasaddilari, mutaxassislarining kechayu-kunduz yelib-yugurishlari samara bermayapti, jamoatchilik vakillarining nasihatlari bir pul. Men bu fikrlarimni barcha oilalarga nisbatan aytganim yo‘q, agar ular umumiy oilalar sonining o‘n foizini tashkil etgan taqdirda ham bu biz uchun fojia, bir foizi ham, bir donasi ham ko‘plik qiladi. Fuqarolik sudlari ajrimlarni kamaytirish, er-xotinni yarashtirish maqsadida nikohni bekor qilish da’vo arizalarini hal qilishni yillab cho‘zmokdalar. Natijada yigitlarimiz noqonuniy uylanishga, mahalla-kuydan yashirinib nikoh o‘kitishga majbur bo‘lmoqda. Biz ularni ko‘r-ko‘rona ta’qibga olyapmiz, muqaddas Qur’on oyatlarini, imomlarimizni tahqirlayapmiz, jarimaga tortayapmiz, baribir natija bo‘lmayapti. Nima uchun? Yana minglab savollarga javob izlaymiz, javob – oilani ish bilan ta’minlash, “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturini to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash!

”Oila” markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, doktorlik ishlarini aytmaysizmi, barchasi oilaning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ajrimlarni oldini olishga bag‘ishlanmoqda. Tadbirlar, seminarlar, quriltoylar, namunali oila tanlovlari va hokazo... Nazarimda, oila va xotin-qizlar masalasidagi butun bir tizim o‘z qobig‘iga o‘zi o‘ralashib qolgandek, vaqtimiz tadbirlardan, taqdirlashdan ortmaydi. Hujjat ishlarini aytmaysizmi, aslida, ish reja va choraklik, yillik hisobotlar taqdim etilishi yetarli emasdek, unga qo‘shimcha har bir muammoni, uchrashuv va suhbatni bayonlashtirish, suratini ilova qilish, ayniqsa, yog‘ilib kelayotgan “portal” xatlari, xizmat tekshiruvlari, kamiga ijtimoiy tarmoqlar xabarlariga javob berish, xullas, faoliyatni amalda ko‘rsatishdan ko‘ra, qog‘ozda ko‘rsatish mashaqqat bo‘lmoqda. Qog‘ozbozlikning avj olishi – bu ishonchsizlik, ko‘zbo‘yamachilikning belgisidir va xodimlarning asosiy ish vaqti yuqoriga chiroyli xabar tayyorlash, qog‘ozbozlik bilan o‘tmoqda. Ish faoliyatimdan kelib chiqib mulohaza qilamanki, hanuzgacha aholi ichiga chuqur kirib borolganimiz yo‘q, oilalarga, ayniqsa, notinch, noimkon oilalarga muammo yuz bergach yetib bormoqda

Oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish choralarini belgilaganimiz sari yana muammolar kelib chiqmoqda. Kelinlarimiz arazlab er uyidan chiqsa, ota uyiga borardilar, hozir ularga “qulaylik” yaratish uchun har bir tumanda ijtimoiy moslashuv uylari tashkil etildi. Respublikamizda 165 ta ijtimoiy moslashuv markazlari tashkil etilib, ularga yil davomida 5.468 nafar xotin-qizlar murojaat etgan. Demak, uysiz qolgan, quvilgan, yordamga muhtoj ayollar bolalari bilan ushbu uylarda yashab turadilar, alimentlarini oladilar, ularning bolalarini bog‘chaga, o‘zlarini ishga joylash lozim, toki uy bilan ta’minlanmasa yoki eri bilan yarashmasa ularni bu uydan hech kim chiqara olmaydi, uy uchun navbatda turganlarni so‘ramasangiz ham bo‘ladi.

Keling, shu muammolarni hal etish uchun o‘z fikrlarimizni beraylik. Kamchiliklarni ro‘kach qilib, rahbarlarni, tashkilotlarni, tizimni, hukumatni ayblashdan oldin, biz ham shu vatanning fuqarosi ekanimizni unutmasligimiz lozim.



So‘nggi xulosamiz: Jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan oilalarimizda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikkita muammo paydo bo‘ldi: ishsizlik va ajrimlar. Barchamizga ma’lumki, jamiyatimizning quyi bo‘g‘inidagi ushbu muammolar bartaraf etilmas ekan, yuqori va bosh bo‘g‘inning mustahkamligi barqaror bo‘lolmaydi. Ishsizlikni tugatish, fuqarolarimizni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash borasida hukumatimiz tegishli barcha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha, aliment belgilashning qonuniy tomonlari bir bor o‘rganilib chiqib, tegishli chora va tadbirlar ko‘rilsa maqsadga muvofiqdir.

TAKLIF: Agar, er-xotin orasida kelishmovchilik kelib chiqib, bir tomon ajrimga ariza bersa, dastlab, uch oylik sinov muddati va muvaqqat aliment belgilanadi. Ikkala tomonning kelishuvi, yarashuvi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borish uchun uch oy yetarli vaqt deb hisoblaymiz. Agar bu davrda ham ma’lum kelishmovchiliklar yuz bersa, so‘nggi marta uch oylik muddat belgilanib, muvaqqat aliment to‘lovi saqlanib qoladi. Er-xotinning birga yashamaganligi uchun olti oylik sinov muddati diniy va dunyoviy nuqtai nazardan ham eng ma’qul oraliq. Olti oylik sinovdan so‘ng, agar er-xotin bir-birlari bilan yoki bir tomon birga yashashni istamasa, boshqa oila qurishlari uchun izn berishlari, nikohlarining rasman bekor qilinishiga rozi bo‘lishlari shart va joiz. Qonuniy ravishda ajrim arizalarining sinov muddatini qat’iy belgilash er-xotinning, ayniqsa, ota-onalar, quda-andalarning hushyorligini oshiradi, mas’uliyat hissini yuklaydi, yillab cho‘zilayotgan ajrimlar oraliqlarida yuz berayotgan noxush janjallarning, noaxloqiy voqealarning oldi olinadi. Shar’iy nikoh o‘qitish, otalikni belgilash, qolaversa, yolg‘iz onalar ko‘payishining oldini olish, bartaraf etilishiga imkon tug‘iladi. Ushbu taklifning yana bir yechimi borki, fuqarolik sudlarida er-xotin kelisholmasdan, turli xil sabablar natijasida ajrimning yillab cho‘zilishi va bundan bezor bo‘lgach, bir tomonning sudyaga “iltimos” qilishi, ajrimlarning nolegal ta’qiqlanishi oqibatida keyingi yillarda fuqarolik sudlarida ajrimlarning “narxi” keskin oshib ketdi. Bitta ajrim hukmini chiqarish uchun da’vogardan eng kami 500 dollar pora so‘ralganligining guvohiman. Demak, ajrim muddatining qat’iy belgilanishi korrupsiyaning ushbu yo‘nalishdagi imkoniyatlarini bartaraf etishga zamin yaratiladi.
Download 16,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish