1-bob. Matn ustida ishlash usullari



Download 98,94 Kb.
bet1/17
Sana30.04.2022
Hajmi98,94 Kb.
#595531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Xurboyeva Mohiniso. BMI


Mundarija
Kirish
1-bob. Matn ustida ishlash usullari
1.1. Pedagogik texnologiyalarni qo’llash –o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonining omili sifatida
1.2. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish
1.3. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida nasriy asarlarni tahlil qilish usullari
2-bob. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida nasriy asarlardan foydalanish
2.1. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarining maqsad- vazifalari, tashkil etish usullari
2.2. Bolalar adabiyoti nasriy janrning rivojlanishi
2.3. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida Yayra Sa’dullayevaning hikoyalaridan foydalanish
2.4. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida Erkin Malikning hikoyalaridan foydalanish
2.5. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida Xudoyberdi To’xtaboyevning hikoyalaridan foydalanish
2.6. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida hikoyalarni sahna ko’rinishlari asosida o’rgatish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Ta’lim sohasida yaqin yillar ichida tub o’zgarishlar, yangi islohotlar amalga oshirildi va bu ishlarning natijasini hozirgi kundagi ta’lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichi hamda shaffof tizimda o’tkizilayotgan jarayonlar misolida ko’rishimiz mumkin. Xususan fan deganimizda barcha ta’lim tizimi nazarda tutiladi, shu o’rinda o’qish ta’limi ham oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, nutqiy va madaniy muloqot salohiyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi.
Farzandlarimiz Vatanimiz ravnaqiga o’z hissasini qo’sha oladigan, salohiyatli yoshlar bo’lib tarbiyalanishi kerakligini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zining har bir nutqida buni alohida ta’kidlab o’tadilar. Quyidagi fikr va mulohazalar ham bevosita ta’lim tizimiga taalluqlidir: ”Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimiz kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi”.1
Davlatimiz rahbari “O’qituvchi va murabbiylar “kuni munosabati bilan soha vakillariga yo’llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek: ”Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli ,millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”.
“Shuning uchun ham, O’zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag’lar yo’naltirilmoq-da. Maktabgacha ta’lim , maktab va oliy ta’lim tizimlari , ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o’zgarishlari ro’y bermoqda”.
“ Biz ustozni otaday ulug’ deb bilgan , doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o’qituvchi ,muallim deganda o’zim uchun eng aziz va hurmatli bo’lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib , mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan “,- dedi davlatimiz rahbari yig’ilish avvalida. Bugungi kunda O’zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko’makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog’langani, bu masala davlatning , jamiyatning eng muhim ishi desak ham bo’laveradi . “Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o’qituvchi va murabbiylarga ishonib topshira-miz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari ,kelajak bunyodkorlari bo’lgan bu mo’tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko’rsatishimiz kerak “, -dedi Prezident.
Ma’lumki, mamlakatimiz ta’lim –tarbiya tizimini yanada takomillashtirish , ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qo’yilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilin-di.
Farmon loyihasida ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini ko’rsatadigan va keying taraqqiyot darajasini belgilab beradi-gan maqsadlar qamrab olingan. Jumladan, jamiyatda muallimning obro-e’tibori va maqomini ko’tarish, o’quv dasturlari va metodikasini to’liq qayta ko’rib chiqish, maktabni ta’limning keyingi bosqichlari bilan uzviy bog’lash , o’qituvchilarni or-tiqcha qog’ozbozlikdan xalos etib, o’z ustida ko’proq ishlashi uchun sharoit yara-tish va shuni rag’batlantirish , maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda .
Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning , shuningdek mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va e’tiborini tubdan o’zgartirish , ularning mas’uliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanzmlari kutilmoqda.
Yuqoridagi gaplar isboti o’laroq bugungi kunda ta’lim sohasiga zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalar olib kirilyabdi. Yohud bugungi O’zbekiston yosh-lari xalqaro tadqiqot dasturlarida ishtirok etayotgani dalildir. Shu o’rinda prezi-dentimiz Oliy Majlisiga murojatnomasida davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko’rish masalasiga e’tibor qaratdi. Xususan PIRLS-ya’ni progress in international reading literacy study bu turli mamlakatlarda 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish bo’yicha baholash tizimi bo’-lib, bu dasturda 2021-yil O’zbekiston birinchi marta ishtirok etdi. Qayd etish lo-zimki, prezedintimiz farmoni bilan “O’zbekiston Xalq tizimini 2030-yilgacha ri-vojlantirish konsepsiya”si tasdiqlangan bo’lib unda yurtimizning 2030-yilga kelib O’zbekistonni Pirls bo’yicha eng ilg’or yetakchi davlatlar qatoriga kirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Ta’lim oldiga ijtimoiy buyurtma o’quvchi shaxsini musta-qil va ijodiy fikrlashga, o’zgalar fikrini to’g’ri anglashga, fikr mahsulini to’g’ri og’zaki va yozma shaklda nutq muhiti, sharoiti va vaziyatiga mos to’g’ri, man-tiqli va ravon bayon qilishga o’rgatishdan, ya’ni kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda, ta’lim oldiga ijtimoiy jihat-dan mukammal shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, nutqiy va mada-niy muloqot salohiyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo’-yiladi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, ta’limning asosiy vazifasi o’quvchilarning fikr-lash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o’stirish, o’zini, o’zga-larni va borliqni til vositasida anglashni hamda fikr va his-tuyg’ularni o’qish ta’li-minining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishni o’rgatishdan iborat.
Yuqoridagi talablar asosida mamlakatimizda Umumiy o’rta ta’lim DTSlari takomillashtirildi va unda o’quvchilarning kompitentligini shakllantirish yuzasi-dan tayanch va fanga oid umumiy kompitensiyalar ishlab chiqildi. Unda ta’lim tizimi bitiruvchisi ta’limning ma’lum bosqichini bitirgandan so’ng tegishli kompetensiyalargа ega bo’lishi belgilab berildi.2
Ma’lumki, umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartida har bir fan bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi kerak bo’lgan nazariy bilimlarning minimal darajasi belgilab berilgan. Xususan, o’qish ta’limi bo’yicha DTS da quyidagi omillarga erishishni ko’zda tutilgan.
1.Ijodiylik.
2.Mustaqil fikrlash.
3 Fikr mahsulini nutqiy vaziyatga mos ravishda og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish kerak.
Demak, har bir fan oldiga o’quvchilarni mustaqil fikrlaydigan shaxs qilib yetishtirish vazifasi qo’yilgan.
Ta’lim mazmuni o’quv fani sifatida o’qish oldiga qo’yilgan vazifalarga qarab belgilanadi. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, o’quvchilarni aqliy va nutqiy rivojlan-tirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirishga va axloqiy tarbi-yalashga, oddiy insoniy bilimlarni o’zlashtirishga, ongli o’qish va yozish malaka-larini hamda darslik bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiriladi.
Yuqorida talablarni bajarish o’qish fani oldiga ham qo’yilgan 4 yil davomida amalga oshiradigan vazifalari hisoblanadi. Bu asosida boshlang’ich sinf o’quvchi-lari fan yuzasidan DTSda belgilangan bilimga ega bo’ladilar.



Download 98,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish