1-bob. Jismoniy tarbiya va sportning davlat dasturi darajasida ko’tarilishii


 O’ZBEKISTON MILLIY OLIMPIYA QO'MITASINING TUZILISHI



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana25.04.2023
Hajmi0,95 Mb.
#931506
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davakang

1.2. O’ZBEKISTON MILLIY OLIMPIYA QO'MITASINING TUZILISHI 
VA UNING VAZIFALARI 
1992-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan konferensiya qarori 
bilan tashkil topgan. 1993-yil sentabr oyida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ning 101-
sessiyasida tasdiqlangan. MOQ sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, 
sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya 
qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok 
etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalqaro 
Olimpiya Qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qoʻmitalari 
jamiyati va boshqa qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari oʻrtasida 
mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.
2
MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta 
chaqiriladi. Assambleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada 
harakatiga rahbarlik qiladi. MOQ rahbarligida ish olib boruvchi Olimpiya 
akademiyasi tashkil qilingan (1993).
U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada 
oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada 
gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-
shuhrati muzeyi tashkil etilgan (1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya 
harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqiyatlardan 
hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan .O’zbekiston mustaqil davlat sifatida 
xalqaro sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lib kirish maqsadida Milliy Olimpiya 
qo'mitasini tashkil etdi.
Bu 1992 yil 21 yanvardagi birinchi ta'sis majlisida amalga oshirildi. XOQ 
xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda 
MOQ nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi. O’zbekiston Milliy Olimpiya 
qo’mitasi notijorat tashkiloti bo’lib, o’z faoliyati O’zbekiston Respublikasi 
2
"Olimpiya bilimlari asoslari. 
S.S. Roʻzievning umumiy tahriri ostida. -T.:"Sharq", 2002. −96b".


13 
qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining Olimpiya xartiyasi hamda 
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining Nizomi asosida amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi 
Qonunining Yangi tahriri 2015 yil 5 sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunning 
17-moddasi “O’zbekiston olimpiya harakati.
O’zbekiston olimpiya ko’mitasi”ga bag’ishlangan. O’zbekiston olimpiya 
harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi 
olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, 
Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo’mitasi boshchiligida 
o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir. 
O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya qo’mitasi 
Respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo’mita o’z 
faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya 
ko’mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. 
Davlat O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga o’z ustavida belgilangan 
maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko’maklashgan holda O’zbekiston
olimpiya harakatini tan oladi va qo’llab-quvvatlaydi. 
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi: 

Olimpiya harakati printsiplarini ommalashtiradi, yuksak 
yutuqlarga erishiladigan sportni va ommaviy sportni rivojlantirishga 
ko’maklashadi; 

Xalqaro olimpiya qo’mitasining Olimpiya xartiyasiga muvofiq 
Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi boshchiligida 
o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida O’zbekiston Respublikasi 
nomidan ish yuritadi; 

Sportchilarni Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya 
qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida 
ishtirok etishga tayyorlashning zarur darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; 


14 

Sportda dopingning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, 
shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitish va zo’ravonlikning 
har qanday shakllari yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikka ko’maklashadi; 

Xalqaro Olimpiya qo’mitasining hamda O’zbekiston Milliy 
olimpiya 
qo’mitasining 
olimpiya 
ramzlari, 
shiori, 
bayrog’i, 
madhiyasidan,”olimpiya”, “olimpiada” nomlaridan foydalanishga bo’lgan 
haquqlarini O’zbekiston Respublikasi hududida himiya qilish choralarini 
ta’minlaydi. 
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi o’z vakolatlarini maxsus vakolatli 
davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iboratdir: 

O’zbekistonda Olimpiya Xarakatini rivojlantirish, olimpizm g’oyalarini 
keng targ’ib etish; 

Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqa 
mamlakatlar milliy olimpiya qo’mitalari, Xalqaro sport federatsiyalari va 
uyushmalari bilan hamkorlik qilish, XOQning “Olimpiya birdamligi” 
dasturida ishtirok etish; 

Mamlakat terma jamoalari va sport zaxiralarini tayyorlashda davlat
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga ko’maklashish; 

Respublika aholisini jismoniy va ma’naviy tarbiyalashga, jismoniy 
tarbiya va sport, milliy sport turlarini, nogironlar o’rtasida sportni 
rivojlantirishni ta’minlash; 

Yoshlarni boshqa mamlakatlar sportchilari bilan do’stlik va birodarlikni 
mustahkamlash, musobaqalarda halol kurashish, raqibiga olijanoblik 
bilan munosabatda bo’lish tamoyillari asosida tarbiyalash; 

O’zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ’ib qilish; 


15 

Sport kadrlari o’rtasida tajriba almashish, ular malakalarini oshirish 
uchun anjumanlar tashkil etish. 
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Milliy olimpiya qo’mitalari assotsi
atsiyasi – ANOKning teng huquqli a’zosidir. 
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi tarkibi quyidagilardan 
iborat: O’zbekiston 
Milliy Olimpiya qo’mitasi prezidenti, bosh kotibi, vitse-
prezidentlari va a’zolaridan; Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport fe
deratsiyalari vakillaridan; Sportning olimpiya turlari bo’lmagan hamda milliy sport
federatsiyalari vakillaridan; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshken
t shahar sport tashkilotlari vakillaridan; Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari bo’lgan s
portchilar vakillaridan hamda boshqa alohida shaxslardan iboratdir. 
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining rahbar organlari: Bosh assamb
leya, Ijroya qo’mita, Ijroiya qo’mita hisoblanadi. Bosh assambleyalar oralig’ida 
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi faoliyatiga Ijroya qo’mita rahbarlik 
qiladi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining doimiy komissiyalari mavjud: 
Atletlar komissiyasi; Ayollar va sport komissiyasi; Sport va atrof-muhit komissiyasi. 
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi huzurida Olimpiya akademiyasi tashkil 
etilgan. 
O’zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nazirov saylandi. U bir 
vaqtda respublika Davlat sport qo'mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va 
O’zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga to'g'ri kelmas edi. Shunday bo'lsada, 
respublika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta'minlashning ba'zi bir 
sabablariga ko'ra rahbarlik ishlari davom etdi. Avval MOQ vitseprezidenti bo'lgan 
S.Ro'ziyev keyinchalik (1994) MOQ Prezidenti etib saylandi. Bu esa xartiya va 
nizom talablariga to'la asoslandi. Nizomga ko'ra MOQ faoliyatini yurituvchi 
ijroqo'm, a'zolari, Olimpiya akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi. 
Respublika MOQ o'zining Kongresslari va boshqa rasmiy yig'ilishlarida eng 
muhim masalalarni muhokama qilmoqda. Bunda rejalarini tasdiqlash, ijrolar 
natijalarini eshitish, xalqaro Olimpiya harakatida ishtirok etish, olimpiya g'oyalarini 
keng yoyish eng muhimi sportchilami Osiyo, jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar 


16 
va olimpiya o'yinlariga tayyorlash bilan bog'liq masalalarni doimiy ravishda 
muhokama qilib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi MOQning ichki tuzilishi va 
asosiy maqsad hamda vazifalari. 
Respublikaning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib borayotgan o'zaro 
munosabatlari va aloqalarida brinchi Prezident I.A.Karimovning hissasi g'oyat 
kattadir. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining bosh shtabida brinchi Prezidentimizning 
Olimpiada 
oltin 
ordeni 
bilan 
mukofatlanishi, XOQ 
Prezidenti 
X.A.Samaranchning bir necha marotaba yurtimizga tashrifi, (1994-1995). Arab 
mamlakatlari, Osiyo o'yinlari Kengashining Prezidenti va Yunesko xalqaro 
tashkilotlarning rahbarlari, mas'ul xodimlari O’zbekistonga kelishlari muhim 
voqealar bo'ldi. Shular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-
shuhrat» niuzeyi ochildi.
Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan 
yutuqlari o'z ifodasini topdi. O'tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun 
Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Shvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda ko'p 
Yevropa, Osiyo Afrika, Amerika, Avstraliya qit'alaridagi mamlakatlarning rasmiy 
kishilari, sayohatcliilari va sportchilari kelib ketishdi. Mazkuf muzey respublika 
sportini targ'ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda. 
Respublika 
Milliy 
Olimpiya 
qo'mitasi 
(MOQ) 
xodimlari, 
sport 
federatsiyalarning rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan 
Lozzana va juda ko'p mamlakatlarning MOQ huzurida bo'lib, Kongresslar, 
sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, O'zbek kurashini o'rganish va o'rgatish borasida respublika 
murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya, Afrika, Amerika 
va Yevropa qit'alariga borib kelishmoqda. O'z navbatida barcha qit'alarning rasmiy 
vakillari O’zbekistonda bo'lib, kurash va boshqa sport turlari bo'yicha tajribalar 
almashishmoqda.
Bu esa sportchilarning xalqaro turnirlar, o'rtoqlik uchrashuvlar va boshqa 
musobaqalarni tashkil qilishga zamin tayyorlamoqda.


17 
O’zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro sport aloqalar
ni yanada kengaytirish, olimpiya g'oyalarini aholi o'rtasida singdirish va eng muhi
mi, sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashda muhim voqea bo'ldi. 
Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi Prezidenti Xuan Antonio Samaranchning 
vatani – Barselonadagi XXV Olimpiya o’yinlari 1992 yil 24 iyul – 9 avgust kunlari 
bo’lib o’tdi. Barselona yaqinida eng zamonaviy “Olympic” sport shaharchasi barpo 
etildi. Olimpiada mash’alasi bilan estafeta yugurishida mamlakat qiroli Xuan Karlos 
ham ishtirok etdi. 
Bu vaqtda jahon haritasida katta o’zgarishlar ro’y bergan edi. Sovet davlati 
parchalanib ketib, sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan respublikalar Xalqaro Birlashgan 
Millarlar Tashkiloti tomonidan mustaqil davlatlar sifatida tan olingan edi. Ularning 
Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish masalasini XOQ tezlik bilan hal etishi kerak edi. 
XOQ Latviya, Litva va Estoniyaning ikkinchi jahon urushiga qadar ularning Xalqaro 
Olimpiya Qo’mitasidagi a’zoliklarini tikladi. Bu respublikalar Barselonada o’z 
davlatlari milliy olimpiya jamoalari tarkibida ishtirok etishlarga ruxsat berildi.
3
3
.
Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т.: 2008



18 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish