1-bob. Jismoniy tarbiya va sportning davlat dasturi darajasida ko’tarilishii


II-Bob. JISMONIY TARBIYAGA BO’LGAN E’TIBOR BOKS



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana25.04.2023
Hajmi0,95 Mb.
#931506
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davakang

II-Bob. JISMONIY TARBIYAGA BO’LGAN E’TIBOR BOKS 
MISOLIDA 
2.1. Olimpiada cho‘qqisini zabt etgan O‘zbekiston sportchilari 
 
Zamonaviy olimpiya o'yinlarida ishtirok etish har bir davlat vakili uchun faxr 
hisoblanadi. Mamlakatimiz mustaqilligidan so'ng ana shunday sharafga ega 
bo'layotgan vakillarimiz soni yil sayin ortib bormoqdaki, endi ular nafaqat to'rt 
yillikning nufuzli musobaqasida ishtirok etish, balki dunyo miqyosida tobora o'z 
o'rniga ega bo'lib borayotgan diyorimizga yuqori natijalar bilan qaytishga qatiy bel 
bog'lamoqdalar. Bu avvalo ularning o'z vataniga bo'lgan cheksiz hurmati va 
O'zbekiston vakillarining hech kimdan kam emasligiga ishonch namunasidir.
Rio-de-Janeyroda o'tadigan yozgi Olimpiya va Paraolimpiya o'yinlariga bu safar 100 
dan ziyod sportchilarimiz yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu 2012 yil Londonda o'tgan 
olimpiya o'yinlariga nisbatan deyarli ikki barobar ko'p demakdir. Licenziyaga ega 
bo'lgan atletlarimiz barchasi avvaldan tuzilgan reja asosida bir necha bosqichda 
tayyorgarlik olib bormoqdalar. 
Bu borda Prezidentimizning 2013 yil 25 fevraldagi “O'zbekiston 
sportchilarini 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tadigan XXXI 
yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi qarori ushbu 
nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlarini tizimli asosda tashkil etishda dasturilamal 
bo'layotir. 
Har to'rt yillikning nufuzli musobaqasi yaqinlashgan sari har bir sport 
muxlisini o'ziga xos hayajon qamrab oladi. Natija borasida taxminlar avj oladi. 
Kimdir bokschilarga ishonch bildirsa, kimdir og'ir atletikachilarga yana kimdir esa 
taekvondo bo'yicha o'zi ishongan sportchisini tilga oladi. Dunyoning eng ko'zga 
ko'ringan vakillari ishtirokidagi musobaqada bu kabi bashoratlar har doim ham o'zini 
oqlamasada, biroq bunday fikrlarning oldingi yillarga qaraganda anchayin ortgani 
kishini quvontiradi, albatta. 
Negaki, olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimizning ko'pchiligi 
qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan xalqimizni mamnun etmoqdaki, bu ularga 


19 
bo'lgan ishonchni yanada ortishiga sabab bo'lmoqda. Bu kabi elimiz mehrini 
qozongan sportchilarimiz orasida bokschilarimiz ko'pchilikni tashkil etadi, desak 
xato bo'lmas. Bu 1996 yil Atlantada o'tgan XXVI yozgi olimpiya o'yinlarida ilk bor 
mustaqil yurt vakillari sifatida ishtirok etgan terma jamoamiz orasida Karim 
To'laganovning sovrindorlar safidan o'rin olgani yoki 2000 yil Sidneyda o'tgan to'rt 
yilliking eng nufuzli musobaqasida mustaqil yurtimizga birinchi bor yozgi olimpiya 
o'yinlarining oltin medalini bokschimiz Muhammadqodir Abdullaev keltirgani 
bilangina emas, balki, so'nggi yillarda yurtimizda boksga etibor yanada ortgani bilan 
ham izohlanadi. 
Bu etibor va erishilayotgan muvaffaqiyatlar Xalqaro boks associaciyasi-
AIBAni ham befarq qoldirmadi. So'nggi ikki yil ichida bir necha bor Toshkentga 
kelgan tashkilot rahbari CHing-Kuo Vu buni ko'p bor etirof etgani xolda joriy 
yilning 15 iyul kuni Oqsaroy qarorgohida davlatimiz rahbari qabulida bo'ldi. 
Uchrashuv chog'ida sport va olimpiya harakatini rivojlantirish hamda 
ommallashtirish yo'lidagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, boksni xalqaro va 
milliy darajada rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnati etirofi sifatida 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga AIBAning yuksak mukofoti 
– “Xizmatlari uchun” ordenini topshirdi. SHuningdek, ilk bor Toshkentda o'tgan 
AIBAning 
ijroiya 
qo'mitasi 
yig'ilishida 
O'zbekiston 
boks 
federaciyasi 
raisining birinchi o'rinbosari SHerzod Toshmatov bir ovozdan ushbu tashkilotning 
ijroqo'm azoligiga saylandi. 
Hozirda terma jamoaning eng yosh azosi bo'lgan Bektemir 2014 yil yoshlar 
orasida Osiyo, jahon va o'smirlar olimpiyadasi chempioni bo'lgan. 2015 yil esa bu 
muvaffaqiyatli yurishini kattalar terma jamoasi safida ham davom ettira oldi. 
Qolaversa, O'zbekiston Boks federaciyasi tomonidan joriy yil ilk bor tashkil etilgan 
yarim professonal yo'nalish Butunjahon Boks Seriyasi – WSBda faoliyat olib borgan 
“Uzbek Tigers” jamoasining aksariyat azolari kechagina yoshlar terma jamoa 
tarkibida ringga chiqayotgandi. 


20 
Aynan ularning mahorati o'laroq, “O'zbek yo'lbarslari” klubi Butunjahon Boks 
Seriyasining oltinchi mavsumida kuchli raqiblarini mag'lub etgani xolda yarim 
finalga qadar etib bordi. Aynan mana shu yo'nalishda 11 bor ringga chiqqan 
Hasanboy Do'smatov barcha raqiblarini ishonchli tarzda engib, o'ziga xos rekord 
o'rnatdi. APB-AIBA Pro Boxing yo'nalishida faoliyat olib borgan Osiyo chempioni 
Hurshid Tojiboev esa Braziliya, Irlandiya, Rossiya, Qozog'iston davlati vakillaridan 
ustun kelib, chempionlik kamariga ega bo'lish bilan birga yana bir karra to'rt 
yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Tarkibdan o'rin olgan sportchilar bir-bir ko'z oldimizdan o'tar ekan, dadil ulardan 
ayrimlarini bu oltin medal oladi, deya ajratib ko'rsatishga botina olmaymiz. Boisi, 
ularning barchasi shunga munosib. Ular xuddiki, qo'limizning beshta barmog'iga 
o'xshaydi. Har birining o'z o'rni va kuchli jixatlari bor. SHunday ekan ularning har 
biridan va xatto ilk bor o'zbek xotin-qizlari orasida ringga chiquvchi Yodgoroy 
Mirzaevadan ham yuqori natija kutib qolamiz. Negaki, bunga uning barcha 
sportchilarimiz 
qatori 
ko'zlaridagi 
o'ziga 
bo'lgan 
ishonch 
undamoqda. 
O'tayotgan har bir daqiqa bizni XXXI yozgi olimpiya o'yinlari sari 
yaqinlashtirmoqda. 200 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida o'tishi kutilayotgan 
tantanali ochilish marosimida mustaqil O'zbekiston bayrog'ini boks bo'yicha jahon 
chempionatining sovrindori Bahodir Jalolov ko'tarib o'tadi. Bu yana bir karra boks 
bo'yicha terma jamoamiz azolariga bo'lgan yuksak ishonchdir.
4
4
Ernazarov E. Olimpiada – jahon sporti bayrami. Ilmiy-ommabop risola. T.: “Sharq”, 2008.


21 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish