1-bob. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining o‘qitilish holati 6


Tajriba sinov ishlari va ularning taxlili



Download 224,6 Kb.
bet10/11
Sana05.12.2022
Hajmi224,6 Kb.
#879192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qobulov Shaxzod 22mavzu

Tajriba sinov ishlari va ularning taxlili


Tajriba sinov ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi.
1-bosqich. Tashkiliy bosqich. Bu bosqichda S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyda o‘qitilayotgan axborot texnologiyalari fanining o‘qitish jarayonida tutgan o‘rnini va darslarni tashkil etish maqsadida Axborot texnologiyalari fanining
«Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari» bo‘limini mazmuniga mos ravishda dasturlar, qo‘llanmalar va darsliklarning taxlili va ulardan foydalanishdagi muammolarni aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish Axborot texnologiyalari fanining «Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari» bo‘limini o‘qitish mazmuni asosida S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyda o‘qitish jarayoniga tadbiq qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borildi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish Axborot texnologiyalari fanining
«Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari» bo‘limini o‘qitish mazmuni asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘quv muassasasi S.H.Sirojiddinov nomli akademik litsey tanlab olindi.
Ularning «Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari» bo‘limi tushunchalarini qanchalik bilishi xaqida anketa savollari o‘tkazildi. Anketa savollarinining natijalariga ko‘ra bu o‘quv muassasasida Axborot texnologiyalari fanining «Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari» bo‘limi bo‘yicha boshlangich bilimlari yetarli emasligi va ularni bilim darajasi deyarli bir xil ekanligi aniqlandi.
Bu boskichda Akademik liseylarda Axborot texnologiyalari fanining
«Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari» bo‘limini o‘qitishni tashkil etish, yaratilgan metodik ishlanmalarni o‘quvchilarga samarali yetkazib berish kerakligi maqsad qilib qo‘yildi. Bu maqsadga erishish yo‘lida ―Internetda ma‘lum qiduruv serverlari biln ishlash‖, ― Internet xizmatlari. Elektron pochta‖, ―Elektron pochta bilan ishlash mavzusini o‘qitish metodikasi‖ mavzulari bo‘yicha dars ishlanmalari ishlab chiqildi. Shundan so‘ng tajriba sinov ishlarini o‘tkazish
maqsadida akademik litsey guruhlaridan 2 ta gurux tanlab olindi. Ularning biri tajriba guruhi, ikkinchisi nazorat guruhi sifatida qarab chiqildi.

  1. bosqich. Tajriba sinov ishlarini o‘tkazish bosqichi Unda tanlab olingan guruxlardan tajriba guruhida ―Internetda ma‘lum qiduruv serverlari bilan ishlash‖,

― Internet xizmatlari. Elektron pochta‖, ―Elektron pochta bilan ishlash mavzusini o‘qitish metodikasi‖ mavzulari asosida yaratilgan dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar asosida o‘qitish ishlari olib borildi.
Nazorat guruhida esa akademik litsey o‘qituvchilarining tajribasi asosida ana‘naviy dars mashg‘ulotlar olib borildi.
Tajriba sinov ishlarini o‘tkazish bosqichidan ko‘zlangan maqsad – dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar asosida o‘qitishni tashkil etish va bilimlar berishdan iborat.
Yaratilgan dars ishlanmalari asosida o‘quvchilarning kompyuter texnologiyalari yordamida amaliy ko‘nikma, bilim darajalarini oshirishga ta‘sirini tajriba va nazorat guruhlarida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar, reyting ballariga mos baholar nazorat uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar natijalariga ko‘ra belgilandi.
Taklif etilayotgan metodik tizimning samaradorligini aniqlash uchun talabalardan olingan nazorat mashg‘ulotlari va umumlashtiruvchi mashg‘ulotlarning natijalarini sifat va miqdor bo‘yicha tahlil qilindi.
Tajriba guruhida 102-guruh 27 ta o‘quvchi, Nazorat guruhida esa 101guruh 28 ta o‘quvchi ishtirok etdi. Ushbu guruhlarda joriy nazorat va oraliq nazorat sifatida baholash ishlari olib borildi. Baholash besh ballik tizim asosida olib borildi.

XULOSA


Insoniyatga berilgan ong uni kelajakka yetaklaydi. Shuning bilan inson rivojlana boradi. Bu rivojlanish yo‘lining juda ko‘p qiyinchiliklari mavjud. Lekin inson hamisha o‘z xohish-istakiga erishishda hamma to‘siqlarni yengib o‘tishga qodir. Odamzod yaratgan xar bir narsa o‘z ijobiy va salbiy taraflariga ega. Shunday qilib insoniyat XX asr o‘rtalarida o‘zining eng buyuk mo‘jizasini yaratdi va bu yo‘lda birinchi qadam qo‘yganligini sezdi. Bular EHMlar bo‘lib inson birinchi bor sun‘iy intelektni yaratgan edi. Vaqt o‘tib bu boradagi ishlar juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi va EHM larni rivojlantirish yo‘lida katta ishlar olib borildi. Natijada xozirgi zamon kompyuterlari yaratildi.


Bu kompyuterlar asosida yangi texnologiyalar yaratildi. Bugungi kunda xar bir inson u qayerda bo‘lmasin bu mo‘jiza bilan muloqot qila oladigan bo‘ldi. Kompyuterlar insonning ko‘pchilik masalalarini hal qilishga katta ko‘mak berib yirik imkoniyatlar yarata oldi.
Kompyuter va kompyuter tarmoqlari xar bir davlat, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarini rivojlantirish uchun zarur omildir. Tarmoqlar yaralibdiki ular muloqotning yangi turini taqdim qila oldi. Kompyuter tarmoqlari davlatlararo munosabatlar, savdo-sotiq, bilim va malaka almashinuvini masofadan turib amalga oshirish imkonini yaratdi. Shunday ekan biz kompyuter tarmoqlari haqida chuqur va teran bilimlarga ega bo‘lishimiz zarur. Ulardan foydalana olish, amalda biror bir jabxaga tadbiq qilish ma'lum ko‘rsatgichni zabd etishga olib boradigan yo‘lni qisqartiradi.
Yuqorida aytilganidek xar bir ish o‘zining salbiy va ijobiy taraflariga ega. Kompyuter va kompyuter texnologiyalarining kamchiligi foydalanuvchilarni sifatli himoya qilsh bo‘lib bu borada etuk bilimlarga ega insonlar bu bilimlarni salbiy taraflarga ishlatishi mumkin. Masalan xakkerlik ishlarini amalga oshiruvchi shaxslar. Albatta hamma xakkerlar xam salbiy ishlarni amalga oshirishmasada ular orasida shundaylari ham borki zararli amallarni oshirish ularning birinchi maqsadi,
ular ma'lumotlarni o‘g‘irlash, viruslar yaratish va ularni tarqatish, davlat axamiyatiga molik axborotlarni ko‘chirish va sotish va shunga o‘xshash ishlarini amalga oshirishadi.
Bu bilan kompyuterlarning zarari katta deb bo‘lmaydi albatta xar bir narsa ideal tarzda bo‘la olmaydi. Shuning uchun bu salbiy taraflarga nazarni bermoq xato ishdir. Kompyuterlar va tarmoqlar insonga hizmat qilish uchun unga yordam berish uchun yaratilgan.
Ilg‘or texnologiyalarni sanoatga jalb etish va ularni shu yo‘nalishda rivojlantirish kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshirilmoqda. Bu sanoatda iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish va mustaxkamlashga katta turtki bo‘lib qolmoqda. Xozirda rivojlangan davlatlar kompyuter texnologiyalarni imkoniyatlarni to‘g‘ri qo‘llab o‘z ishlab chiqarishlarini va iqtisodiy yo‘nalishdagi xar bir ishni mukammal tarzga yetishishiga olib kelishdi. Bu imkoniyatlarga qarab aytishimiz mumkinki kompyuter va kompyuter tarmoqlari yetarlicha malakali tarzda va o‘rnida qo‘llanilsa juda katta o‘zgarishlar amalga oshirish mumkin.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2011-yilni ―Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili‖ deb e‘lon qilinishi, yurtimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarga yanada chuqurroq yondoshishga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida, yurtimiz istiqbolini yanada ravnaq topishida muhim axamiyatga egadir. Shuni ta‘kidash lozimki, so‘ngi yillarda iqtisod-siyosat, ilm –fan, texnika soxalari, ularga qaratilayotgan e‘tibor sezilarli darajada o‘sdi.
O‘zbekistonda bu imkoniyatni qo‘llashni kuchaytirsh va rivojlantirish juda katta axamiyatga ega, chunki bizning ishlab chiqarishda mavjud nuqsonlarni aynan shu texnologiyalar asosida bartaraf qilish mumkin. Umuman aytganda elektron to‘lov va boshqa iqtisodiy amallarni elektronlashgan ko‘rinishi juda katta tezlikni va qulaylikni yaratdi. Bu misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Xullas kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari kelajakda juda katta o‘zgarishlarni olib keldi. Bu o‘zgarish kelajakda yanada rivojlanishiga va bu boradagi kamchiliklar, muammolar o‘z yechimini topadi va keng o‘rin egallaydi degan umuddaman.

Download 224,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish