Kurs ishi obyekti – Akademik litseylarida Axborot texnologiyalari fani mazmuniga kiruvchi ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish jarayoni.
Kurs ishi predmeti – Kompyuter tarmoqlari va ulardan o‘quv jarayonida foydalanishning vositalari, tamoyillari va usullari.
Kurs ishi maqsadi – Akademik litseylarida Axborot texnologiyalari fani mazmuniga kiruvchi ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash.
BOB. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining o‘qitilish holati
Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fani va uning o‘qitilish holati
Mustaqil rivojlanish yo‘lida borayotgan mamlakatimizning ta‘lim tizimiga e‘tibori O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risidagi» qonunining
3-moddasida o‘z aksini topib, unda «Ta‘lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e‘lon qilinadi»- deb ko‘rsatib berilgan.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsadi- ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga ko‘tarish, yuksak ma‘naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat.
Milliy dasturda belgilanishicha, ―Uzluksiz ta‘lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta‘limning barcha turlarini, davlat ta‘lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasini va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi‖.
Mamlakatimizdagi ta‘lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o‘qitishda ularning uzluksizligi va uzviyligini ta‘minlash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda barcha ta‘lim bosqichlarida Axborot texnologiyalari fanini mazmunini yaratish va ularni o‘rganish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. Axborot texnologiyalari fani informatika fanining uzviy davomiyligini biz davlat ta‘lim standartiga muvofiq Axborot texnologiyalari maqsad va vazifalarini har bir ta‘lim bosqichida quyidagilardan iborat deb hisobladik:
maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta‘lim bosqichlarida axborot texnologiyalarining elementlari sifatida - kompyuter, disk, xotira, axborot, o‘yinli texnologiyalarni kompyuter o‘yinlari yordamida bolalar ongiga singdirish;
umumiy o‘rta ta‘lim bosqichida «Informatika» fanini o‘qitish orqali ta‘lim
oluvchilarning axborot texnologiyalari fanining elementlaridan savodxonlikni
ta‘minlash va davlat ta‘lim standartlari bo‘yicha belgilangan malaka, ko‘nikmalar hosil qilish, keyingi ta‘lim bosqichiga o‘tuvchi yoshlarni fundamental (asosiy) tushunchalarini boyitish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bosqichida– «Axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish orqali ta‘lim olayotgan yoshlarga fanning amaliy jihatlariga ko‘proq ahamiyat berilishi va kompyuterning ofis dasturlariga asoslanib o‘qitish jarayonini tashkil etish;
oliy ta‘limning tayanch bosqichi (bakalavriat)da ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha – «Kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot texnologiyalari»dan fanining nazariy va ilmiy asoslarini o‘rganish;
oliy ta‘limning yuqori bosqichi (magistratura)da ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha- «Kasbiy faoliyat doirasining tizimli tahlili metodologiyasi va eng yangi axborot texnologiyalari»dan fanning nazariy va ilmiy asoslarini o‘rganish;
malaka oshirish va undan keyingi bosqichlarda «Axborot texnologiyalari va dasturiy ta‘minotning eng yangi dasturiy vositalarning qiyosiy kursi»ga e‘tibor berish, fanga kirib kelayotgan yangiliklar va o‘zgarishlarga ilmiy yondashuv bilan qarash lozim deb hisoblaymiz.
Uzluksiz ta‘limda bunday uzviylik, asosan, fanning davlat ta‘lim standartlari majmui, namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlar ishlab chiqishga asos bo‘la oladi. Akademik lirsey ta‘limida «Axborot texnologiyalari» fani umumta‘lim fani sifatida qaralib, uni va boshqa fanlarning davlat ta‘lim standarti qabul qilindi. Har bir fanning dasturlari va ularga qo‘yilagan talablar Davlat ta‘lim standarti (DTS)da va dasturlarning mazmunida ko‘rsatib berilgan.
Axborot texnologiyalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bosqichida umumta‘lim fani sifatida o‘qitilar ekan, o‘quv muassasasi yetarli darajada moddiy- texnika bazasi va zamon talablariga javob beradigan kompyuterlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Bu haqda «Ta‘lim to‘g‘risidagi» qonunda, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta‘kidlab o‘tilgan.[2]
Do'stlaringiz bilan baham: |