Dars maqsadlari.
O‘quvchilarda Sonni yigʻindiga qoʻshish va yigʻindiga sonni qoʻshish usullarini o‘zlashtirishda ishonch, tashabbuskorlikni, misol va masalalar bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish
|
Yangi mavzuni o'rganish faoliyati
|
Muammoli suhbat. Darslikning 26-betiga qarang:
Misol va masalalarni yechamiz
Javoblarni tinglaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri xulosaga yo‘naltiradi.
|
Maqsad: amallarni bajarish.
|
Sonni yigʻindiga qoʻshish va yigʻindiga sonni qoʻshish bosqichlarini aytadi
|
100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish talablari asosida bajarish tartibi va rejaga amal qiladi
|
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Sonni yigʻindiga qoʻshish va yigʻindiga sonni qoʻshishni qanday bajarish mumkin?
Sonni yigʻindiga qoʻshish va yigʻindiga sonni qoʻshishni qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
O‘quvchilarni umumiy xulosaga yo‘naltiradi.
|
Ko‘rgazmali qurollar asosida sonni yigʻindiga qoʻshish va yigʻindiga sonni qoʻshish amallarini bajarish mumkin.
|
Sonni yigʻindiga qoʻshish va yigʻindiga sonni qoʻshishni kundalik xayotda ishlatilishini aytadi, xulosa qiladi
|
100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish usullarini biladi.
100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shishdan maqsadlarda foydalanishni biladi
|
Mavzu bo’yicha 100 ichida xonadan o’tib ikki xonali songa ikki xonali sonlarni qo’shish (yig’indiga yig’indini qo’shish (49+17 ko’rinishidagi misollarni ustun shaklida qo’shish)) o’rgatiladi.
1) Ikki xonali sonni ikki xonali songa xonadan o’tib ustun shaklida qo’shishda dastlab misolni ustun shaklida yozamiz. Bunda birinchi qo’shiluvchining birliklar xonasi tagiga ikkinchi qo’shiluvchining birliklari soni, birinchi qo’shiluvchining o’nliklar xonasi tagiga ikkinchi qo’shiluvchining o’nliklari soni yoziladi.
2) Birliklarga birliklarni qo’shamiz: 8 ta birlikga 7 ta birlikni qo’shamiz. Natija 15 ta birlik. 15 ta birlik 1 ta o’nlik va 5 ta birlikga teng. 1 ta o’nlikni o’nliklar xonasiga o’tkazamiz. Birliklar soni 5 ta. Demak, birliklar xonasiga 5 sonini yozamiz.
3) Birinchi qo’shiluvchida 4 ta o’nlik, ikkinchi qo’shiluvchida 2 ta o’nlik va birliklar yi’gindisi 1 ta o’nlik. Jami 7 ta o’nlik. Demak, o’nliklar xonasiga 7 ta o’nlik sonini yozamiz.O’qiymiz: 48 va 27 sonlarining yig’indisi 75 soniga teng.
Modellarda ko’k rangli kubikchalar o’nliklar sonini, qizil rangli kubikchalar birliklar sonini ifodaydi.
Ikki xonali songa bir xonali sonni qo’shish (yoki bir xonali songa ikki xonali sonni qo’shish) va ikki xonali songa ikki xonali sonni qo’shishni o’zaro farqlang.
Qaysi ifodaning qiymati 74 ga tengligini topamiz. Dastlab barcha ifodalarning qiymatlarini topamiz: 58, 50, 76, 74. Demak to’rtinchi ifodaning qiymati 74 ga teng. qaysi ifodaning qiymatlari 74 dan kichik (1- va 2-ifodaning 74 dan kichik)? Qaysi ifodaning qiymati 74 dan katta? (3-ifodaning 74 dan katta)
Do’konda tushgacha 42 kg, tushdan keyin 19 kg shakar sotilgan bo’lsa bir kunda qancha shakar sotilgan?
Masalani yechishda qaysi arifmetik amaldan foydalanamiz? (Qo’shish arifmetik amalidan foydalanamiz: 42+19=61)
Birinchi qo’shiluvchi nimaning miqdorini bildiradi? (tushgacha sotilgan shakar massasini)
Ikkinchi qo’shiluvchi nimaning miqdorini bildiradi? (tushdan keyin sotilgan shakar massasini)
Do'stlaringiz bilan baham: |