Komi/ Jalilov
f
Baholash - biron-bir domenning (bilim, ko‘nikma, J|
laka va kompetensiyalar majmuyining) ta’lim oluvchijar
В da (test topshiruvchilarda) shakllanganlik darajasini o‘|
Ш chash jarayoni.
Baholash jarayonining maqsadi o‘Ichash ekan, o‘lchash
nima ekanligini ko‘rib chiqishimiz lozim. Klassik test na-
zariyasining asoschilaridan Frederik Lord (Frederick Lord)
va Melvin Novik (Melvin Novick) «o‘lchash» atamasiga
quyidagicha ta’rif beradi: «o‘lchash - bu tajriba obyektining
konkret xususiyatlariga raqamlar (ballar)ni biriktirish jara-
yoni»1. Misol uchun, biolog olim tomonidan ко 4 suvining
bir tomchisida qancha bakteriyalar borligi aniqlanishi - bu
o‘lchash jarayonidir. Ushbu misolda tajriba obyekti — ko‘l
suvining bir tomchisi, ushbu obyektning konkret xususiyati - j
undagi bakteriyalar soni.
Mualliflar bu jarayonda uch bosqichni ajratib ko‘rsata-1
dilar:
- birinchi: tajriba obyektini aniqlash;
- ikkinchi: o‘lchanadigan xususiyatni aniqlash;
„ ф uchinchi: tajriba obyektining o‘lchanayotgan xususiya-
tini raqam bilan ifodalash qoidasini aniqlashtirishimiz
lozim1 2* ^
1 Lord F. and Novick M. Statistical Theories of Mental Test Scores. - Reading, MA: Addison-Wesley Pub. 1968. - P.17.
2 0‘sha manba. - P. 16.
Baholash nazariyasi asoslari
Masalan, biz kimningdir bo‘yini o‘lchamoqchi bo‘lsak, bu shaxs - tajriba obyekti, shaxsning bo‘yi (uzunligi) - o‘lchana- digan xususiyat, uzunlikning metr, dyuym yoki boshqa bir tizimda ifodalanishi — o‘lchanayotgan xususiyatni raqam bi- lan ifodalash qoidasi.
Pedagogikada o‘lchashning mohiyatini tushunish uchun domen va konstrukt tushunchalarini ham anglab olishimiz lozim bo‘ladi.
■ Domen - bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar maj- I muyi.
Deylik, 9-sinf ona tili darslarida qo‘shma gaplar mavzu- si o‘tildi: sodda va qo‘shma gaplaming farqlari, qo^shma gaplaming turlari haqida tushuncha berildi, qo‘shma gaplami tuzish hamda og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash o‘rgatil- di. Demak, 9-sinf uchun qo‘shma gaplar bilan bog‘liq maz- kur bilim, ko6nikma, malaka va kompetensiyalar majmuyi (yig‘indisi) domen hisoblanadi.
Odatda, ta’limning har bir bosqichi uchun tegishli domen ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarida belgilab beriladi. Masalan, umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standart- larida maktab o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar majmuyi (domen) har bir fan bo‘yicha aniqlashtirib ko‘rsatilgan.
■f Konstrukt - o‘lchanishi lozim bo‘lgan xususiyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |