1. Badiiy adabiyotdagi obraz turlari. Qodiriy ijodining o’rganilishi



Download 32,14 Kb.
bet1/6
Sana19.08.2021
Hajmi32,14 Kb.
#151394
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O'tkan kunlar



Mavzu: Badiiy asarda portret yaratish mahorati (A.Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani misolida)


Reja:

1.Badiiy adabiyotdagi obraz turlari.


2.Qodiriy ijodining o’rganilishi.


3.Abdulla Qodiriy ijodidagi obrazlar talqini.


4. Mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar.


Adabiyotshunoslik ilmining kuzatishlariga ko’ra obraz yaratishning ikki yo’li mavjud:

1. Jamlash yo’li bilan obraz yaratish. Bu haqda N.G.Chernishevskiy “San’atning voqelikka estetik munosabatlari” asarida shunday yozadi: “Yozuvchi ko’pgina individual shaxslarni kuzatadi, bularning hech qaysi tipi bo’lib xizmat qila olmaydi; lekin u har biridan umumiy tipik xususiyatlarini aniqlaydi; barcha tasodifiy hislatlarni chiqarib tashlab har xil kishilarga xos bo’lgan xususiyatlarni badiiy bir butunlikka birlashtirish yo’li bilan xarakter yaratadi.”

Yozuvchi hayotda ko’rgan, bilgan kishilarining xarakterli hislatlarini miya sandig’iga joylab qo’yaveradi. Tug’ilgan g’oyaga muvofiq tasavvuri ishga tushadi-hayotni bichib, to’qiydi. Tasavvur qalbini, ongini uyg’otadi va unda joylashgan materiallardan, xislatlardan, detallardan keragini tanlab oladi va ularni faollik bilan yakka shaxsda birlashtiradiki, undan tasvirlanishga mo’ljallangan obraz qismati bilan reallashadi. Otabek va Kumush (“O’tgan kunlar”), Qobil bobo (“O’g’ri”), Turobjon (“Anor”) kabi ko’plab obrazlar ana shu yo’nalishning mahsulidir.

2. Prototip asosida badiiy obraz yaratish. Prototip (yunoncha protolilik, dastlabki, tupos-nuqta, nishona)-badiiy obraz uchun asos, nuqta bo’ladi. Hayotda mavjud bo’lgan tarixiy yoki zamondosh shaxsga tayanib yozuvchi obraz yaratar ekan, albatta, yuqorida ta’kidlangan obraz yaratishning barcha unsurlaridan foydalanadi. “Agar badiiy obrazni jonli organizm deb faraz qilinadigan bo’lsa-prototip shu organizmning skeleti, badiiy to’qima-uning eti, estetik ideal esa qoni-joni. Tirik organizmning etini skeletidan, skeletini qoni-jonidan ajratib bo’lmaganidek, badiiy obraz “organizmi”dagi prototip badiiy to’qimadan, badiiy to’qimani estetik idealdan uzib olib bo’lmaydi. Ular bir-birlariga payvandlashib, qo’shilib-chatishib ketadi” (T.Boboyev, 53-bet). “Zaynab va Omon”dagi Zaynab, “O’tgan kunlar”dagi Musulmonqul cho’loq, “Navoiy” romanidagi Alisher Navoiy, “Yulduzli tunlar”dagi Bobur kabi qator obrazlar ana shu yo’nalishning ixtirolaridir.

Jamlash va prototip asosida yaratilgan obrazlarning jamini adabiyotshunoslik fani shartli ravishda turlarga bo’lib o’rganadi. “Odamlar daryodek gap: hammasining suvi bir xil, hamma joyda o’sha suv, lekin daryo goh keng bo’ladi, goh tor, goh tez oqadi, goh sekin, suvi goh tiniq bo’ladi, goh loyqa, goh sovuq, goh iliq bo’ladi. Odamlar ham shunday...” (L.Tolstoy). Shu sabab badiiy obrazlar judayam rang-barang, turfa xildir.


Download 32,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish