1. Badiiy adabiyotdagi obraz turlari. Qodiriy ijodining o’rganilishi


XX asrning 20-30 yillari о‘zbek tanqidchiligida Abdulla Qodiriy ijodining о‘rganilishi



Download 32,14 Kb.
bet6/6
Sana19.08.2021
Hajmi32,14 Kb.
#151394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O'tkan kunlar

XX asrning 20-30 yillari о‘zbek tanqidchiligida Abdulla Qodiriy ijodining о‘rganilishi

20-yillarning murakkab ma’naviy muhitiga shakllangan zamonaviy adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik matbuotda kо‘zga kо‘rina boshlagan yosh ijodkorlarga, shuningdek, alohida nashrdan chiqqan badiiy asarlarga e’tibor berdi. Abdulla Qodiriy toifasidagi 20-30-yillarning murakkab ma’naviy muhitida qalam tebratgan yozuvchilarni ham shaxs, ham ijodkor sifatida goh u, goh bu qirg‘oqqa uloqtirmasdan, fikrni jamlab, eng muhimi, barcha asarlarini jiddiy о‘rganish lozim. Chunki ularning milliy ma’daniyatimiz xazinasiga qо‘shgan ulushlari katta. Abdulla Qodiriy ijodini 30-yillarda M.Sheverdin, Sotti Husayn, Miyon Buzruk kabi adabiyotshunoslar biryoqlama talqin qildilar. Jumladan, yuksak iste’dod sohibi Abdulla Qodiriy haqida dastlab Mixail Sheverdin chiqdi. Uning 1928 yili yozilgan “Birinchi о‘zbek romani” maqolasida jiddiy ilmiy talqindan kо‘ra ijtimoiy-siyosiy yondashuv va maslahat ohangi kuchli edi. Qanday bо‘lmasin romanni zamonaviy siyosatga moslash, bepoyon badiiyat dengizini tor bir kо‘lmakka aylantirishga urinishi seziladi. Bundan kо‘rinadiki, adabiyot siyosat yо‘rig‘i bilan harakat qilgan, bu holat esa, talqinchilarga asarni dastlab zamonaviy siyosat talablariga javob beradimi – yо‘qmi mana shu jihati muhimdir. 20-30-yillarda ma’lum bir adibning ijodini talqin etuvchi maqolalarni ham, alohida olingan badiiy asa yoki lirik tо‘plamga tegishli taqriz xarakteridagi chiqishlar, bahs-munozara va umumtavsifiy maqolalarni ham uchratish mumkin. Ular jiddiy tekshirilsa, adabiy jarayon holati, nisbatan erkin ijodiy muhit va beg‘araz dastlabki taliinlar holati namoyon bо‘ladi.

«Abdulla Qodiriyning ijodiy yо‘li» risolasiga qadar va undan keyin ham uzoq yillar hech kim Qodiriyning san’atkorligini Oybek darajasida nozik his etgan, teran ochib bergan emas. Oybek bu risolasida, ulug‘ adib romanlaridagi bosh qahramonlar tasviri, talqini xususida ayrim tanqidiy mulohazalar bildirgani holda, yondosh personajlar ifodasiga juda yuksak baho beradi. Chunonchi, «О‘tkan kunlar»dagi О‘zbek oyimni «eng jonli, realistik chiziqlar bilan kо‘rsatilgan shaxs» deb ataydi; “Mehrobdan chayon”dagi Solih maxdum obrazini ta’riflab “asardagi hamma personajlar orasida eng jonli, eng yorqin, eng tipik figura” deb yozadi. Nihoyat, “Obid ketmon”ga kelganda undagi Xatib domla bilan mulla Muhsin adibning mana bunday tahsiniga sazovor bо‘ladilar: “Domlalarning obrazini chizishga yozuvchi – sa’atkor. Domlalarning yurish-turishi, sо‘zlari, fikr yuritishi, xalqni aldash va hokazo butun sifatlari о‘quvchining kо‘z oldida jonlanadi. Asarda domlalarni yozuvchi yetaklamaydi, ular о‘z sо‘zlarini tiqmaydi, ular о‘zlaricha sо‘zlaydilar...” deya ijobiy fikrlar bildiradi.

Abdurahmon Sa’diy “Oktabr о‘zgarishi va о‘zbek adabiyoti” maqolasida: “Julqunboy kо‘pdan yozib keladilar, bunda hajvga iste’dod va bu tо‘g‘rida uning qalamiga quvvat yaxshi kо‘riladir”, deb yozadi. Shu kabi sanoq va mulohazalar Ali Ismoilzodaning “Adabiyot g‘avg‘osi”, Ne’mat Hakimning “О‘zbek adabiyotida tanqid va adabiy muhokamalar”, kabi maqolalarida ham kuzatiladi.

Badiiy asarni siyqa, biryoqlama talqin etuvchi madaniyatimiz, adabiyotimiz tarixidagi vulgar sotsiologizm asosini sinfiylik va sinfiy kurash mezoni tashkil qiladi. Badiiy asarni yozuvchi idealiga teskari tushunish va yozuvchi shaxsiyatini qoralash maqsadida tushuntirish germenevtika qonuniyatlariga mutlaqo begonadir. Zero, 30-yillar munaqqidlari uchun xolis ilmiy talqindan kо‘ra siyosiy qatorlar muhimroq va asosiy mezon edi. 20-yillarning oxiri va 30-yillardagi bu holat badiiy adabiyot ustidan yuritilgan siyosat, sо‘z erkinligining bо‘g‘ilishi, nafis adabiyotning partiya qarorlarini targ‘ib – tashviq etadigan mafkuraviy qurolga aylantirish jarayoni bilan izohlanadi. Otabek, O’zbekoyim, Zaynab, Kumush, Yusufbek xoji, Mirzakarim qutidor, Oftoboyim...Jannat kampir (“O’tgan kunlar”)-o’zbek romanchiligida yaratilgan birinchi va hamon hayotiyliklari bilan maftun etuvchi realistik obrazlardir.

Mukammal badiiy asar munaqqid va adabiyotshunosning baxti. Aleksandr Pushkinning gо‘zal asarlari nafaqat shoirning о‘zini, balki V.G. Belinskiydek, munaqqidni ham dunyoga tanitdi; beqiyos shuhrat keltirdi. Biz bunday jarayonni о‘zbek adabiyotshunosligida ham uchratishimiz mumkin. S. Husayn Abdulla Qodiriy ijodini tahlil qilish jarayonida bir muncha shuhrat qozondi. Bu munaqqid Abdulla Qodiriy asarlarining asosan asar tiliga, ijodiy metod masalalariga, badiiy tasvirga tegishli о‘rinlarni hamda asar qahramonlarining ruhiy holatlarini talqin qilishga bel bog‘laydi.

S. Husayn Abdulla Qodiriyning “О‘tkan kunlar”ini asosan sinfiy nuqtai nazardan ijtimoiy talqin etish niyatida qо‘liga qalam oladi. Kitobning kirishida shunga urg‘u berdi. Qolaversa, bu munaqqid “О‘tkan kunlar” romanining yaratilishini adabiy ta’sir natijasi deya dalillashga intiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “О‘tkan kunlar”ning adabiy ta’sir natijasi tо‘g‘risidagi masala keyingi davr olimlari tomonidan о‘rganildi, maxsus maqolalar yozildi. Biroq, bu maqolalarda mazkur masalalar batafsil va tо‘la-tо‘kis tekshirilmadi.

S.Husaynning firklaridan о‘sha davrda adabiyotshunoslik, adabiy tanqidchilik tahlil va talqin masalalarida о‘ta siyosiylasha borganini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham S.Husayn paytini topdi deguncha, Abdulla Qodiriyga qarshi о‘zining “jiddiy sinfiy nuqtai nazarini”, adibni tо‘g‘ri yо‘lga solishga bо‘lgan harakatlarini himoya qilib chiqadi.

S.Husayn asosiy firklarini “Qо‘lyozma”, “Didaktik ta’lim”, “Qarama-qarshi solishtirish”, “Tili”, “Tasviri”, “Asl fikrning jilovi”, “Jо‘rji Zaydon-Abdulla Qodiriy”, “Roman ham haqiqat”, “Qodiriy yashagan davr va roman”, “Romantizm maktabining ijtimoiy asosi qanday” kabi о‘n uch bob, bir “Kirish” va ikki qismli xulosaga ajratib bayon etgan.

Shuningdek, S.Husaynning kitobiga Abdulla Qodiriyning “О‘tkan kunlar” ham “О‘tkan kunlar” tanqidi ustida ba’zi izohlar”i va bunga javoban yana S.Husayn yozgan “О‘tkan kunlar (Abdulla Qodiriyning “Izohlari” munosabati bilan)” degan maqolasi ham ilova etilgan. Munaqqid sal kam olti bosma taboqdan iborat kitobida roman janriga, yozuvchining tasvirlash usuliga, romanning ayrim obrazlari va tiliga, adabiy ta’sir masalalariga, tarixiy vqelik va uning badiiy talqin kabi qator masalalarga qisman bо‘lsa-da tо‘xtaladi.

Abdulla Qodiriy romanlarida kuchli ta’sirlar hayajonli о‘rinlar talaygina. Shu sabab “О‘tkan kunlar”ning ayrim sahifalari “adabiy – badiiy suratga kishiga ta’sir qilarlik” tarzda berilganini, hamda yozuvchining mohirligini, jumlalarni hayajonli tuza olishini, romanda о‘xshatish, mubolag‘a va qarama – qarshi qо‘yish kabi badiiy tasvir vositalaridan foydalanilganligini S.Husayn о‘z risolasida tan oladi. Risola ana shunday og‘macha kayfiyat uslubiga yozilganini kо‘rish mumkin.

S.Husayn risolasidagi romanning tiliga tegishli maxsus bobda “romanning о‘zbek adabiy tili takomilida katta xizmati bor”, “Abdulla Qodiriy о‘z romanining tili ustida kо‘p ishlagan”, chig‘atoylikka berilib, о‘z asarlarida о‘rinli-о‘rinsiz arab va fors sо‘zlarini qо‘llagan yozuvchilardan farqli о‘laroq “Abdulla Qodiriy “О‘tkan kunlar” romanini asosan hozirgi adabiy til bilan yozgan”, “Abdulla Qodiriy uchun “О‘tkan kunlar”ni sodda о‘zbek tiliga yaqin qilib yozish qulay bо‘lmagan.

Buning uchun avom xalq bilan kо‘p ulfatchilikda bо‘lgan. Bergan tiplari bilan kо‘p suhbatlashgan, natijada til masalasida soddalikka erishgan. Busiz albatta, uydagina о‘tirib avomga yaqin tilda asar yaratish mumkin emas edi”, mazmunidagi bir qator tavsiflarni keltiradi. Roman leksikasini tasniflashga harakat etadi; fikriga misollar beradi. S.Husaynning vulgar sotsiologik talqinlari bilan birga ana shunday tо‘g‘ri firklariga ham e’tibor lozim bо‘ladi.

S.Husayn fikricha, Abdulla Qodiriy makon, zamon va obrazlarni о‘zaro zid tasvirlagani holda romanda “hayajonli tasvir qoidasiga” ham murojaat qiladi. О‘quvchini goh hayajonlantirish yoki birdan daxshatga solish “romantik yozuvchilar uchun sevilib qо‘llanadigan priyom”. “Romantiklar voqeani, odamlarning kayfiyatini turmushga qanday bо‘lsa, shunday jonlantirib bermaydi”. Romantik chizgilarga, romantizmga munaqqid munosabati ijobiy emas. Uni aybli, nuqsonli kо‘radi.

S.Husayn о‘rni-о‘rni bilan: “Abdulla Qodiriyning romanchilikda tasviriy quvvati hozirgi о‘zbek yozuvchilarining barchasidan kuchlidir”, deya yozadi. Yoki misol bilan birlikda quyidagi kо‘chirmani kuzatamiz: “Abdulla Qodiriyning tasviriy quvvati kuchlidir. О‘xshatishlar, mubolag‘alar bilan sо‘zlardan ma’nolik gul dastasi tizib bera biladi...

Abdulla Qodiriy lazzatli tasvirni о‘z о‘rniga qо‘yib о‘quvchiga yozadi.

О‘quvchida hayajonli tuyg‘ular qoldiradi:

“...Ariqning musaffo tiniq suvi yavoshg‘ina oqib kelar. Kumush buvining qarshisiga yetganda gо‘yoki uning ta’zimi uchun sekingina bir charx urib qо‘yar. О‘z ustida о‘ltirg‘on sohiraning sehriga musahhar bо‘lg‘on kabi tag‘i bir kattarak doirada aylangach ohistag‘ina kо‘prik ostig‘a oqib ketar edi. Ariq suvining nihoyatsiz harakatini uzoq kо‘zdan kechirib о‘tirg‘och qо‘l uzatib suvdan oldi va yuzini yuvdi. Uning yuzini о‘pib tushgan suv tomchilari bilan ariq harakatga kelib chayqaldi, gо‘yoki suv ichida bir fitna yuz bergan edi... Nozik oyoqlar toldilar shekillik, sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki qaytalab chaydi, ariq bо‘yi va uning suvlarini tashlab ketdi”.

Bu serjilo tasvir S.Husaynga manzur bо‘lgan, albatta. Qolaversa, aynan ana shu tasvirga – Kumush bibining ariq bо‘yida о‘tirgan holatiga boshqa olimlar ham e’tibor berdi. Eng gо‘zal va eng latif tasvirlardan biri sifatida talqin qildi.

Romanda munaqqid ilg‘agan va keyingi davr olimlari ham tasdiqlagan yana bir muhim jihat bor. Bu tabiat tasviri vositasida qahramonlar ruhiyatini berish.

S.Husayn yozadi: “Abdulla Qodiriy о‘z asarlaridagi tabiat tasvirlarini keltirganda, albatta qahramonlarning qanday borishini kо‘zda tutadi. Tabiatdagi kо‘rinish bilan qahramonlardagi ahvol ruhiyatni solishtirib boradi. 30-yillardagi tadqiqotlarda adibning ijodiy metodi masalasiga ham diqqat qilindi. “Abdulla Qodiriy, - deya yozadi S.Husayn, - asosan romantik bо‘lib, qisman realistdir. Naturalizm unsurlari ham chakana bordir”. Oybek bu masalada S.Husaynga yaqin fikr aytadi, Abdulla Qodiriy ijodiy metodini romantizm va realizm uyg‘unligida kо‘radi. Adabiyotshunos Izzat Sultanov: “О‘tkan kunlar” asari romantik ruh bilan sug‘orilgan realistik asardir” , degan fikrni bildirdi.

Bu о‘rinda Oybek va I. Sulton fikrlariga murojaatdan maqsad S.Husayn qarashlaridagi haqiqatni kо‘rsatmoqdir. Albatta, “О‘tkan kunlar”ning 30-yillardagi dastlabki yirik, salmoqli talqinida kamchiliklar bor. Uni davr mafkurasi bilan, о‘sha davr adabiy tanqidchiligidagi tamoyillar bilan izohlash lozim. Qolaversa, eng haqli izohlarning ayrimlarini ulug‘ romannavisning о‘zi yozganligini yaxshi bilamiz. Aynan tasvir masalasida munaqqid romanda quyidagi:



  1. “Uning bu kungi holiga qarash yuraklarni yorganidek tasvirga ham qalam kuchi ojizdir”;

  2. “Kumushning bu daqiqadagi holini qalam bilan kо‘rsatuv albatta mumkin emas”;

  3. “-Bechora ota-bechora ona!...

Uchinchi kun ular ham kelib yotdilar..... ularning hozirgi holining tasviri mumkinmi?!”, parchalarini keltirib, yozuvchi qalamining ojiz qolganiga ishonmaydi. Bu bir “taqvodorlik”, “hayajon uyg‘otish priyomi” deydi.

Bu xususida Abdulla Qodiriy “Izohlar”da shunday yozadi: “Ba’zan menim sо‘zga ustaligim tо‘g‘risida hazm va qolipdan yuqoriroq madhlarda bо‘lingan. “Bu holning tasviriga qalam ojizdir”, kabi uzrlarimni “yolg‘on aytadi, sо‘zga juda usta”, degan kabi talqin qilinadur. Durust, menga qaraganda tuban kishilar uchun men juda ham sо‘zni qotiradigan kо‘rinaman, biroq “о‘zimdan о‘tadi, о‘zim bilaman”, deganlaridek, har kimning ahvoli о‘ziga ma’lumdir. Ba’zi ruhiy kechinmalar borki, kishi sezmaydi, tushunadi. Biroq shu holni qog‘ozga tushurmakchi bо‘linganda sо‘z topilmay, ifoda qilolmay harakatda qolinadi, noiloj ojizni iqror qilishga, “qalamim ojizdir” deyishga majbur bо‘linadi. Mening “О‘tkan kunlar”dagi ojizlarim ham shu jumladandirlar”.

Albatta, adib bu о‘rinda haqli. Inson ruhiyatining badiiy talqinida qalam ojiz qolishiga ochiq iqror bо‘lgan. S.Husaynning matnda bayon qilingan bu ruhiy holatlarni his qila bilmagani tanqidga sabab bо‘lgan.

Agar Abdulla Qodiriy munaqqidning maqolasidagi ayrim о‘rinlarga izoh yozib, о‘sha masalalarni tо‘qqiz qismdan iborat kо‘rinishda bayon etgan bо‘lsa, S.Husayn ham aynan shu shaklda har bir raqamlangan fikrga diqqat qildi va asosan Abdulla Qodiriyning nohaqligini isbotlashga intildi. Faqat bir о‘rindagina izohlardagi e’tirozni, ya’ni о‘zining til va fikr ifodasidagi tajribasizligi hamda nо‘noqligini tan oldi.

Bir qarashda voz kechib, boshqasi bilan qurollanish, albatta, hech ham oson kechadigan jarayon emas. Dunyoqarash – eng murakkab falsafiy tushuncha. Ayniqsa, 20-30-yillar muhitida yashagan taniqli ijodkorlar dunyoqarashini bir-ikki sо‘z bilan anglatish mushkul. Zotan, S.Husaynlardan boshlangan Abdulla Qodiriyning dunyoga qarashi hali shu kunga qadar bahs etiladi. S.Husaynning “О‘tkan kunlar” risolasi xarakteridagi, undan bir oz ilmiyligi va kompozitsion butunligi bilan farqlanadigan, biroq mohiyati nisbatan yaqin kitoblar 30-yillarda bitta emas edi. Hamid Olimjon, Fitrat, Oybek Abdulla Qodiriy tо‘g‘risida asarlar yozdi. Bu mualliflarning fikrlash saviyasi, badiiyatni his etishi, badiiy asarni tushunish va tushuntirish darajalari turlicha. Aynan ijodiy jarayon azob-uqubatlarini о‘z boshlaridan kechirib kо‘rgan H.Olimjon va Oybeklar S.Husaynga nisbatan ustun edi, albatta.

О‘zbek adabiyotining birinchi romani “О‘tkan kunlar” tarixiy romandir” deya yozgan Oybekning tushuntirishicha, Abdulla Qodiriy “О‘tkan kunlar”dagi qahramonlarni “burjuaziya pozitsiyasida turgan” holda tasvirlaydi; ularning ruhiyatiga “о‘z sinfiy idealari”ni (ya’ni burjuaziya idealarini) singdiradi. Otabek, Yusufbek hojilar va boshqa savdo kapital namoyondalari “О‘tkan kunlar”da sinfning haqiqiy siymosini ifoda etajak bir ravishda emas, balki bо‘yab beriladi.

Yozuvchi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ularni ideallashtiradi. Munaqqid о‘z sinfiy nuqtai nazarini ifodalash jarayonida “ideallashtirish” degan atamani qо‘llaydi. Yana bir misol. “Abdulla Qodiriyning ijodiy yо‘li”da Oybek “О‘tkan kunlar” romanining qahramonlari Otabek, Kumush, Yusufbek hoji obrazlarining ideallashtirilganligi, shuningdek, Qutidor va uning xotini Oftob oyimlarning “qoniqarsiz” chizilgani aytilgan. Ammo Oybek Otabekning onasi О‘zbek oyim obrazi masalasida haddan tashqari “eshilib ketadi”: “О‘tkan kunlar”da eng jonli, realistik chiziqlar bilan kо‘rsatilgan shaxs Otabekning onasi О‘zbek oyim. О‘zbek oyim kekkaygan, maqtanchoq, о‘z vaziyatini, о‘z martabasini bilgan, shunga qarab о‘zini tutgan bir xotin, uy xо‘jayini, qaynonadir. О‘zbek oyim о‘zining yuqori tabaqadan ekanini xar vaqt sezadi. Uning butun harakati, butun qilmishlari harakterini ochishga xizmat qiladi. Oybek “О‘tkan kunlar” romanidan о‘zining fikrlariga muvofiq keladigan kо‘chirmalar oladi; qarashlarini isbot etadi.

“О‘tkan kunlar” romanida tabiat tasviri goh qahramonning jо‘shqin ruhiyatiga hamohang (parallel) berilsa, gohida unga teskari – kontrast ravishda ifoda etiladi. Aynan adib uslubidagi shu gо‘zal badiiy xususiyat Oybekdek nozikta’b insonning diqqat – e’tiborini о‘ziga tortishi tabiiy edi: romanda yana tabiat kо‘rinishlari va umuman peyzajlar tasviri ham siyrak emas.

Tabiat kо‘rinishlari aksar qahramonlarning psixologiyasi, kayfiyatiga hamohang ravishda tavsiflanadi. Tabiat hodisaalarining tasviri qahramonning kechinmalarini ifoda qilish uchun badiiy bir vosita rolini о‘ynaydi: “Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar tо‘kilib tugalgan, yer yuzi о‘zining qishgi sariq kiyimini kiygan edi. Tо‘rt tomonining о‘ralganligi soyasida yaproqlarini tо‘kilishda saqlab qolg‘on bu gilos yog‘ochlari ham bukun tungi qora sovuqqa chidamay yelning ozgina harakati bilan – da barglarini shirt – shirt tashlamoqda edi. Havo ochiq bо‘lib, quyosh tuzukkina kо‘tarilgan. Ammo, uning ham bu kun ta’siri yо‘q, bu kungi qora sovuq quyosh kо‘chini-da keskan edi”. Bu parcha Kumushbibi Otabekdan ayrilib, eng baxtsiz kunlar ila qarshilashgan paytda, Kumush vaziyatining simvoli kabi beriladi. Kumushning shu ahvoli bilan tо‘kilgan yaproqlar orasida garmoniya vujudga keladi: “Kо‘zlarni ozgina harakatlantirib ketma – ket chip – chip etib tо‘kilmakda bо‘lgan xazonlarga qaradi va har bir yaproqni yuqoridan kuzatib, yerga qо‘ya boradi”.

Romandan olingan “Kuz kunlarining oyog‘i...” deya boshlanuvchi misol ayni hajmda S.Husayn risolasida ham keltirilgan. Oybekning bu tasvirga xolis munosabati yuqoridagi parchada kо‘rinib turibdi. S.Husayn о‘sha manzarani shunday talqin etadi: “Kuz kunlaridagi tabiatni usta tasvir qilar ekan Abdulla Qodiriy mubolag‘a bilan haqiqatan tisarilay, tisarilay, deydi. Tuzukgina kо‘tarilgan quyoshning uncha ta’sir bо‘lmay ketuvi mumkinmi? Yо‘q albatta. Bu yerda, tasvirdagi mubolag‘alar Kumush uchun qо‘llanilg‘on”. Albatta, Oybekning tahlili bunday jо‘nlikdan yiroq, ancha asosli va ilmiydir. Kо‘chirmadan kelib chiqadigan ikkinchi bir mulohaza shuki, haligacha tadqiqotchilarimiz Abdulla Qodiriyning tabiat manzaralari bilan qahramonlar orasidagi “garmoniya” xususida Oybek fikriga tayanib keladilar.

Oybek Abdulla Qodiriy ijodi ustida fikr yuritar ekan, ayrim juz’iy о‘rinlarda adib mahoratini olqishladi; aksar holatlarda tanqid qildi va niyahoyat til masalasi о‘rtaga qо‘yilganda quyidagi teran fikrlarni yozdi:

“О‘tkan kunlar” romanida yozuvchi til ustida katta mahorat kо‘rsatadi. Romanning tili, haqiqatan boy, bо‘yoqli, sodda, ifoda kuchi zо‘r, massaga anglashilarli bir tildir. О‘zbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta”, “О‘tkan kunlar” yangi о‘zbek adabiy tilining taraqqiyotida katta rol о‘ynaydi”.

Shuningdek, Oybek adib jonli xalq tilini yaxshi bilganligini va undan unumli foydalanganligini alohida uqtiradi. Roman tilining musiqiyligi haqida: “О‘tkan kunlar”da Abdulla Qodiriy tilning musiqiyligi, ritmikasiga ham katta ahamiyat beradi. Ayrim о‘rinlarda musiqiylik, jо‘shqinlikka kо‘tariladi. Jumlada qofiyadosh sо‘zlar qо‘llaniladi, qisqa jumlalar ulaniladi, jumlalarda takror maxsus ahamiyat kasb etadi”, deya yozadi. Romandagi о‘xshatish va sifatlash (epitet)larga ahamiyat berib, xarakterli misollar keltiradi. Ba’zan forscha, arabcha sо‘zlarning meyoridan ortibroq ketganligini, “eski adabiy prozaning ta’siri” borligini ham aytadi. Darvoqe, buni tabiiy qabul qilish kerak bо‘ladi. Pirimqul Qodirov ta’biri bilan aytganda, “О‘tkan kunlar”ning badiiy tili novatorona til bо‘lishidan tashqari klassik adabiy tilimiz bilan hozirgi adabiy tilimiz orasiga tushgan muhim bir kо‘prik” hamdir.

Xulosa qilib aytganda, Oybekning Abdulla Qodiriy ijodi yuzasidan olib borilgan ilmiy tahlillari natijasi shuni kо‘rsatadiki, Oybek о‘z risolasida adibning ijodiy yо‘lidagi mashaqqatli mehnatlari samarasini va erishgan natijalari ijobiy baholanishga tо‘la qonli ravishda haqli ekanligini ta’kidlaydi va buni kelajak avlodlar his eta bilishiga hech shubhasiz ishonadi.

I.Sultonov “О‘tkan kunlar” romani haqida munosabat bildirarkan, Abdulla Qodiriyning millatchilikda ayblanishi yozuvchiga qо‘yilgan ochiqdan-ochiq bо‘htondir, degan fikrni bildiradi. Abdulla Qodiriyning asarlari ommaga yetkazilishi, ularning ma’naviy mulkiga, emin-erkin mutolaa etadigan sevimli asariga aylanishi uchun olimlar qо‘lidan kelgancha harakat qildi. Hatto, ba’zan romanlardagi mutlaqo ikkinchi darajali jihatlarni bо‘rttirib kо‘rsatish orqali о‘z niyatlarini rо‘yobga chiqarishga intildi. “О‘tkan kunlar” romanining temasi “feodal tizimni fosh etishdan iborat” ekanligiga urg‘u berilib, sotsial formatsiyalarga bog‘landi. Muhabbat adabiyotning abadiy va azaliy mavzusi, “О‘tkan kunlar” romanining tub negizini tashkil etadigan ishq-muhabbat masalasi, romandagi bosh qahramonlarning fojiasi, urf-odat tufayli yuz bergan hodisa tarzida talqin etildi.

I.Sultonov Abdulla Qodiriy taqdirini “hal etgan” “ulug‘ og‘a” bо‘lmish ruslar masalasida juda ehtiyotkorlik bilan ish kо‘rdi; ular bilan bog‘liq о‘rinlarni atay bо‘rttirib kо‘rsatdi. Otabekning rus idorasi tо‘g‘risidagi gaplarini, “Otabekning bu aytgan sо‘zlari rus xalqining yuksak madaniyatiga taalluqlidir” deya sharhladi. “Mehrobdan chayon” intihosida Anvar bilan Ra’noning Toshkentga qochib kelishini: “Roman qahramonlari xon jabridan qochib, rus panohida omon qolganliklari, insonparvar rus tartibi hukmron bо‘lgan joyda baxt-saodatga erishganliklari juda yaxshi kо‘rsatib berilgan”, tarzida talqin qilindi.

Umuman olganda, I.Sultonov Abdulla Qodiriy ijodini yangicha sharoitda zamonning adabiy siyosatiga va о‘zining о‘sha ijtimoiy-siyosiy muhitga muvofiq keladigan filologik bilimiga moslab talqin etdi. Dushmanga aylantirib qо‘yilgan adibni dо‘stlar qatoriga qо‘yish, “qora”ni oqartirish jarayoni oson kechmadi. I.Sultonovning talqinlarida Abdulla Qodiriy ijodidagi yutuq sifatida kо‘rsatilgan jihatlar kamchilik tarzida baholangan nuqtalar ham, istaysizmi-yо‘qmi, e’tiborni о‘ziga jalb etadi. Fikr ifodasida “sovet” sо‘ziga, “sotsiolistik jamiyat” birikmasiga urg‘u kuchaytirildi. Tabiiyki, bunda badiiy asar matnidan uzoqlashish bor. Talqinlar zamonga moslangan. Holbuki, eng munosib talqin matn mohiyatidan kelib chiqadi.

“Biz kо‘p hollarda “О‘tkan kunlar”ni mutolaa qilganda, nima uchun Otabek Marg‘ilondan uylandi, nega ikki marta uylandi, nima sabadan Kumush о‘ldi, Zaynab jinni bо‘ldi, degan savollarni xayoldan о‘tkazamiz.

Aslida roman jiddiy kuzatilsa, adib о‘rni-о‘rni bilan barcha jumboqlarni taqdir hukmiga bog‘lab о‘tkanligi yaqqol kо‘rinadi. “О‘tkan kunlar”ning dastlabki sahifalaridagi suhbatdayoq Hasanali Otabekning uylanishi xususida shunday bir izohni sо‘zlaydi;

“Bek uchun bir necha joylarga qiz aytdirmak istalingan bо‘lsa ham, avval taqdir bitmaganlik, undan keyin bekning uylanishka bо‘lg‘on qarshiliklaridan shu kungacha tо‘y qilolmay kelamiz. Romanda keltirilgan “taqdir shamoli” birikmasi romanning butun voqea-hodisalari-yu qahramonlarini о‘zaro mustahkam jipslashtirguvchi о‘zak vosita о‘xshab kо‘rinadi. B.Karimning ta’kidlashicha, “roman aynan shu “taqdir shamoli”ning tafsilotlari-yu tavsiflari yо‘lida dunyoga keladi.

Zotan...

Agar “taqdir shamoli” bо‘lmaganda, Otabek Kumushga rо‘barо‘ kelmas edi....

Agar “taqdir shamoli” yurmaganda, Otabek Kumushga uylanmas edi...

Agar “taqdir shamoli” yelmaganda, Marg‘ilon bilan Toshkent orasidagi shirin va achchiq sarguzashtlaru О‘zbek oyimning orzu-havas yо‘lidagi о‘jarliklari yuz bermas edi.

Agar “taqdir shamoli” esmaganda, Kumush Zaynab kundosh ham bо‘lmas edi...

Haqiqatan ham barcha jumboqlarni taqdir hukmiga bog‘lash tо‘g‘ridir, ammo bu holni adib hayot-ijodi bilan izohlasak, “О‘tkan kunlar”ning yozilishi ham Abdulla Qodiriyning taqdirida bor ekani, yoki umuman о‘zbek adabiyotida Abdulla Qodiriyning ijod qilishi ham taqdir shamolining esganiga tо‘g‘ri kelishi kuzatiladi.

О‘zbek tanqidchiligi tarixida Abdulla Qodiriyning ijodiy faoliyatiga bо‘lgan e’tibor va e’tiroflar hozirga qadar davom etib kelmoqda. Buni faqat bir misol bilan aytish mumkin, chunki Abdulla Qodiriy yaratgan asarlar, о‘zining yuksak darajada hayotiy ahamiyat kasb etishi bilan birga, bir-biridan gо‘zal tasvirlarni о‘zida mujassamlashtirgani va asosiysi umrboqiyligi bilan nazardan chetda qolmay kelayotganidadir. Abdulla Qodiriy asarlari shu kungacha bir necha bosqichlari talqin qilindi. Bu talqinlarda adib ijodining ilk namunalari hisoblanuvchi hajviy asarlariga, she’rlariga hamda bir-biridan gо‘zal romanlariga, gohida zamon nuqtai nazaridan qaraldi, gohida esa ochiq fikrlar bildirildi.

1. XX asr о‘zbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga doir talqin manbalari muhim о‘rin tutadi. Qodiriyshunoslikning asosiy negizini tashkil etadigan bu taqriz, ilmiy maqola, bahsli maqola va risolalar, ijobiy va salbiy fikrlar 20-30 yillardayoq maydonga keldi. Bu yillarda Abdulla Qodiriy ijodiga Sotti Husayn, M.Buzruk, A.Sa’diy, V.Mahmud, M.Sheverdin kabi munaqqidlar va adabiyotshunoslar о‘zlarining maqolalari, adib ijodiga doir bir necha kitoblarida о‘z fikr –mulohazalarini bildirganliklarini tahlil qildik.

2. Qodiriyshunoslikning birinchi bosqichi bо‘lgan 20-30 yillar adabiyotshunosligida S.Husayn va M. Buzruklar Abdulla Qodiriy ijodiga ba’zan xolis, ba’zan esa g‘ayriilmiy vulgar sotsiologik holatlar bо‘yicha fikrlar bildirishdi. Bu davr talqinlarida matndan uzoqlashish, badiiy asarga tayyor qoliplar bilan yondashish, ijodkorni ayblash va unga siyosiy yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatish, garchi, ba’zan badiiy haqiqat teran his etilsa-da, ijod erksizligi tufayli uni matnga nomuvofiq tushuntirish, kо‘pincha fikr-mulohazalarni hukmron mafkuraviy ta’limotlardan olingan iqtiboslar asosida bayon qilish, har bir adabiy-ilmiy tushunchani sinfiylik bilan bog‘lash holatlari kо‘zga tashlanganligini о‘rgandik.

Ta’kidlash joizki, bundan vulgar-sotsiologik ruhdagi talqin egalari ba’zan tasvirdagi zamon va makon kontrasti, obrazlar konflikti, tarixiy roman mohiyati, badiiy asar tili, adabiy ta’sir, muayyan obraz nafosati kabi masalalarni ham о‘rtaga qо‘ydilar.

3. Qodiriyshunoslikning ikkinchi bosqichi bо‘lgan 60-70 yillar adabiyotshunosligida esa Abdulla Qodiriy ijodiga bо‘lgan qarashlar birmuncha yumshaganligini tahlil qildik. Bu yillarda adib ijodida A.Aliyev, I.Sultonov, M.Qо‘shjonovdek adabiyotshunoslarimiz о‘z qarashlarini adib ijodiga bag‘ishlab yozgan kitoblarida bayon etishdi. Abdulla Qodiriy 60-70 yillarda bildirilgan fikrlar 20-30 yillarda bildirilgan fikrlardan tubdan farq qiladi. Shunisi muhimki, 20-30 yillarda Abdulla Qodiriy ijodiga salbiy fikr bildirgan bir qator munaqqidlar 60-70 yillarga kelib о‘z qarashlarini ijobiy tomonga bura boshladilar. Bu hodisa Abdulla Qodiriy ijodi adolatli о‘rganila boshlanganidan dalolat beradi.

Shu bois, garchi Chо‘lpon va Fitratlarning nomlari turli nojoiz, aybnoma tamg‘alardan halos etilgan bо‘lsa-da, asarlari taqiqlanganicha qoldi. Abdulla Qodiriy masalasida esa vaziyat bir oz boshqacha kechdi. Adib xalqqa, ommaga, hayotga qaytdi. Asarlari qayta nashr etildi. Ammo, 60-70 yillardagi barcha nashrlarda adib romanlaridagi “qaltis” nuqtalar tahrir qilindi. Zotan, matnga bunday zaha yetkazish uning talqiniga ta’sir etishi tabiiydir.

4. Abdulla Qodiriy ijodi bu davrda ham kо‘pincha mavjud ijtimoiy –siyosiy tuzumga moslab talqin qilindi. Adibni sotsialistik jamiyat xizmatkori ekanligiga, ba’zan uni asrab –avaylash uchun ataylab urg‘u kuchaytirilishini tadqiqotchilar tahlilida о‘rgandik. Adabiyot va san’at ustidagi mustabid tuzumning siyosiy hukmronligi san’atkor-ijodkorlar asarlir estetik mohiyatining tо‘liq namoyon bо‘lishiga yо‘l qо‘ymadi.

Abdulla Qodiriy ijodi juda kо‘p nazariy fikr-mulohazalar uchun manba bо‘ldi. Ayniqsa, uning romanlari mazkur yirik janr xususida о‘zbekona fikrlash, romanga xos tafakkur kо‘lamlarini chamalash uchun imkon berdi. Shuningdek, 70-yillar adabiy-ilmiy jarayonidagi ijodiy metodga oid shiddatli bahslari ham qodiriyshunoslik doirasida kechdi. Muhim bir mulohaza shuki, nazariy-fasafiy dunyoqarashi farqli olimlar aniq bir badiiy asarning g‘oyaviy–badiiy xususiyatlarini, hatto ijodiy metodini turlicha talqin etishlari hech ajablanarli emas.

5. XX asr о‘zbek adabiyotshunosligida yangicha talqinlar 80-yillar oxiri va 90-yillarda maydonga keldi. Bu davrda chinakam san’at asarining turlicha bir-birin takrorlamaydigan talqinlari ham kо‘zga tashlanadi. Istiqlol yillariga kelib esa, Abdulla Qodiriy ijodiga bо‘lgan e’tibor yuqorida keltirilgan davrlarga nisbatan haqqoniy baholandi. О‘zbek adabiyotshunoslaridan U.Normatov, A.Rasulov, M.Qarshiboy, A.Rahimov, Y.Shonazarov, X.Lutfiddinovlar adib ijodiga, asarlariga alohida tо‘xtalib, fikrlarini aniq dalillar bilan isbotladilar. Zero har bir talqinchi о‘z estetik did, nazariy bilimlari, tayanch dunyoqarashlriga tayanib biror adib tо‘g‘risida fikr yuritmog‘i darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 65-70-betlar.

2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 52-58-betlar.

3. A.Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “Universitet”, 2000, 17-19-betlar.

4. H.Umurov. Tahlil san’ati, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978, 73-138-betlar.



5. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975.

6. Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar. Mehrobdan chayon, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.
Download 32,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish