1. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. Startaplarni va kichik biznesni moliyalashtirishning farqli va o’hshash jihatlari javob: 1
1-variant 1. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. 2. Startaplarni va kichik biznesni moliyalashtirishning farqli va o’hshash jihatlari JAVOB:1 Aylanma kapital XYuS aylanma (o’zgaruvchan, mobil) aktiv-lariga
avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifodalaydi. Bu kapital XYuS balansining
“Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi bo’limida aks ettiriladi. Odatda,
aylanma kapital quyi-dagi bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinadi:
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hi-sobga olgan holda
funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha;
shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko’ra;
lividlilik darajasiga qarab;
va boshqa belgilariga muvofiq.
Aylanma kapital juda ko’p funktsiyalarni bajaradi. Ular-ning orasidan
quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
takror ishlab chiqarish;
rag’batlantirish;
taqsimlash;
ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’-minlash;
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;
va boshqalar.
Aylanma kapital o’z funktsiyalarini ham pulli, ham natural-buyum
shakllarida amalga oshiradi.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funktsional jihatdan quyidagi
ikki tashkil etuvchi belgilab beradi:
aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab
chiqarish fondlari;
muomala fondlari.
Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga,
eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan ibo-rat bo’lgan quyidagilar kiradi:
xom ashyo va asosiy materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg’i;
qadoqlash va qadoqlash materiallari;
joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;
inventarlar va xo’jalik buyumlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;
o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;
kelgusi davr xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala
fondlarining tarkibi quyidagilardan iborat4:
tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib
jo’natilgan tovarlar;
pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta
hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisobvaraqlari (akkreditivlar va chek
daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, bosh-qa to’lov hujjatlari);
qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy
qo’yilmalar – boshqa XYuSlar qimmatli qog’ozlariga in-vestitsiyalar, davlat va
mahalliy zayomlarning foizli obligatsiya-lari, boshqa XYuSlarga berilgan
zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish;
debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluv-chilar va
buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, sho’ba va bo’ysunuvchi
jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari,
berilgan avanslar, boshqa debitorlarning mablag’lari.Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakl-lantiriladi va
aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish
ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’larining doiraviy aylanishi
XYuS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy resurslar qiy-matining
to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mah-sulotni realizatsiya qilishdan
olingan tushum ko’rinishida qay-tishi bilan tugallanadi.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiy-mat kategoriyasi
sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismla-rining funktsional shakllarini
uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi: pul mablag’lari – xom
ashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – tushum
ko’ri-nishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompa-niya
moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisob-lanadi.
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalash-tirish manbalari
quyidagilardan iborat:
o’zlik va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;
qarz va jalb qilingan mablag’lar.
O’z navbatida, aylanma mablag’larni shakllantirish va mo-liyalashtirishning
o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav kapitali;
foyda;
emission daromad.
Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi.
O’zlikka tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYuS
aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb qilingan mablag’lardan
iborat. Ish haqi va ijtimoiy sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha
garovlar, kelgusi davr xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda vaqtinchalik foydalanilishi mumkin.
Qarz mablag’lari o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga
mo’ljallangan. Ularning tarkibiga:
banklarning qisqa muddatli kreditlari;
zayomlar;
uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi.
Jalb qilingan mablag’lar:
mol etkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarz-lari;
to’lanuvchi veksellar;
“qiz” XYuSlar va bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet ol-didagi
qarzlar;
olingan avanslar;
va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi.
Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini tavsif-lovchi
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’lar aylani-shining soni va
aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoq-ligi hisoblanadi va ular
quyidagicha aniqlanadi:
JAVOB.2 So‘nggi yillarda biznesda startap kabi hodisa nafaqat mashhur, balki urf bo‘lib
qoldi. Televideniyeda startaplar haqida gapirishmoqda, bu haqda kitoblar chop
etilmoqda. Bir qarasangiz, internetda yangi tematik resurslar paydo bo‘lmoqda.
Startap bilan “tandirdan yangi uzilgan” kompaniya o‘rtasida farq bor-yo‘qligi ham
hammaga ham tushunarli emas. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari bormi? Yoki
bu atama istalgan istiqbolli tashabbusga ishora qiladimi?
“Startap” so‘zi inglizcha “startup” – “startap” tushunchasidan kelib chiqadi
va u endigina yaratilgan yoki yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi.
Bunda o‘sha kompaniyaning rivojlantirish va ilgari surish lozim bo‘lgan
qandaydir biznes g‘oyasi mavjudligi, ammo uning yaratuvchilari hozircha bozor
tadqiqotlari va uni amalga oshirish uchun mablag‘ qidirish bilan bandligi nazarda
tutiladi.
Ba’zan iste’molchilarga innovatsion tovar va xizmatlarni taklif qilmoqchi,
ammo hozirda mutanosib biznes-texnologiyalar va moliyaviy ko‘mak izlash
jarayonida bo‘lgan kompaniyalar “startaplar” deb ataladi. Bunday ularning kelajagi
ancha mavhum ko‘rinadi.
Faoliyat sohasidan qat’iy nazar, har qanday kompaniya startap deb
hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, “Internetbiznes” va “aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi.
“Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan.
Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina korxonaga
asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani
yuksak istiqbol kutib turgan ekan. Ayni paytda bu kompaniya bizga HewlettPackard yoki HP nomi bilan ma’lum-u mashhurdir.
Startaplar haqida so‘z ketganda, yurtdoshlarimiz ko‘pincha o‘ziga o‘xshashlar
orasida alohida ajralib turadigan internet-resurslarni tasavvur qilishadi. Eng
mashhur va muvaffaqiyatli startaplar sifatida videofayllar xostingi Youtube, «xalq
entsiklopediyasi» – Vikipediya (hech bir bahs-munozara unga murojaatsiz
kechmaydi), shuningdek, eng yirik ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va V Kontakte
tilga olinadi. Ko‘pchilik bu loyihalar negizida betakror g‘oya yotganligi uchun
shunchalik mashhur bo‘lib ketgan deb o‘ylaydi. Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri
emas.
Boshqa mamlakatlarda “startap” tushunchasi biroz boshqacha talqin etiladi.
Startaplarning eng yorqin misollari – bu xalqaro miqyosda dovrug‘ qozongan ITkorporatsiyalar: Microsoft, Apple, Google. Ushbu gigantlarning tarixi, chindan
ham, mo‘’jaz narsadan – aynan esa, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga
ishtiyoqimand bo‘lgan bir qancha hamfikrlarning kichik guruhidan boshlangan.