5. Tashabbuskor guruh foyda uchun emas, balki g‘oya uchun ishlaydi.
Faqat har qanday tashabbusni tanho rivojlantirish qiyin. Shuning uchun startap
yaratishda g‘oyaviy yetakchi rahbarligi ostida butun boshli jamoa ishtirok etadi.
Jamoaning har bir a’zosi muayyan funksiyani bajaradi: bittasi istiqbolli g‘oyani
ishlab chiqadi, ikkinchisi – ushbu g‘oya asosida biznesni rejalashtiradi, uchinchisi
– yetkazib beruvchilar, mijozlar, moliyalashtirish manbalarini qidiradi. Ular
hammasiga birdaniga erishib bo‘lmasligini juda yaxshi tushunadilar. Lekin ular o‘z
ishlariga juda qiziqib foyda olish imkoniga qattiq ishonadilar.
6. Moliyalashtirish muammolari.Ehtimol, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish
uchun mablag‘ yetishmasligi startapning asosiy xarakterli xususiyati bo‘lsa kerak.
Buning ajablanarli joyi yo‘q, axir startaplar g‘ayrati ichiga sig‘mayotgan, lekin puli
yo‘q bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratiladi. Shuning uchun startaplarga investorlar
– yangi g‘oyalarga qiziqadigan va ushbu loyihalarga sarmoya kiritish orqali
ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadigan odamlar kerak bo‘ladi.
Shuningdek, investor uchun foyda olish imkoni ham jozibali tuyuladi.
Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin:
“Bozori chaqqon” bo‘lmagan startap hech qanday imkoniyatga ega emas.
Maqsadli auditoriya uni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi kerak, aks holda,
hech bir investor loyihani ishga tushirish uchun mablag‘ tikishga jazm etmaydi.
Startaplarning qanday turlari bor?
Startaplarning bir nechta belgilari mavjud, masalan, ularning mahsulot
xususiyatlari va sotish bozori bo‘yicha tasniflash qabul qilingan. Startaplarning
quyidagi turlari mavjud:
“Muvaffaqiyatli nusxalar”. Ushbu guruhga muayyan darajada xorijiy
startaplarning klonlari bo‘lgan ko‘p sonli mahalliy loyihalar kiradi. Birinchi
navbatda, bu ijtimoiy tarmoqlardir. Ma’lum bo‘lishicha, bunday nusxalar juda
istiqbolli ekan.
“Tajovuzkor kelgindilar”.Bu guruh bozorning qandaydir segmentini
qo‘lga kiritish va undan raqobatdosh kompaniyalarni chiqarib yuborishga
yo‘naltirilgan startaplarni o‘zida birlashtiradi. Mahsulotni bozorga kiritish uning
mutlaqo narx afzalligi tufayli amalga oshirilishi mumkin.
“Sirli tulporlar”.O‘ta yangiligi bois istiqboli mavhum bo‘lgan startaplarni
shunday deb atash mumkin. Bir tomondan, ushbu startaplarning yaratuvchilari
ularni ilgari surishga harakat qilgan holda katta tavakkalga borishadi, boshqa
tomondan – bu muvaffaqiyatli amalga oshsa, ular uchun ulkan foyda
kafolatlangan.
Shuningdek, startaplarni ularda ilm-fan ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlash
mumkin:
• Yuqori texnologiyalarga asoslangan startaplar.Eng yangi ilmiy
kashfiyotlarga asoslangan biznes juda foydali bo‘lishi mumkin. Biroq uni ishga
tushirish uchun jiddiy moliyalashtirish talab etiladi, buni esa faqat yirik investorlar
ta’minlashi mumkin.
An’anaviy startaplar. Aslida, muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘yish uchun
innovatsion g‘oyalar yaratish shart emas. Ayrim startaplar sodda va osonlik bilan
amalga oshiriladigan g‘oyalar asosida shakllangan va buning natijasida o‘z
yaratuvchilarini boy odamlarga aylantirgan.
JAVOB.2 Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish
va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u
subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik)
ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va
xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil
topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar,
boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi
foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan
mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va
tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi
qonunga binoan:1[39][41]
barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31-
dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;
yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi
hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31-
dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan
korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning
31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat
beriladi;
korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda
topshiradilar.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning
xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon
etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga
topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va
tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish
nazarda tutilgan:
1- «Korxona balansi»;
2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;
3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;
4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
5- «Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot».
Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari
to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi.2[40][42] Shuningdek, hisobot shakllariga
izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida
axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi
moddalar bo’yicha eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot
davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini
tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan:
dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar
konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan
qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy
qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari,
vakilliklari va boshqa strukturoviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi
mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik
shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo’shiladi. Konsolidallashgan
hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan
tuziladi.3[41][43] Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha
tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);
debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat
bo’lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi:
a) buxgalteriya balansi (1-shakl);
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
c) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq
hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va
tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar,
hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan
tasdiqlangandan so’ng yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi
yilning birinchi mayigacha albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi,
tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari
tugatish komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish
balansiga qo’shilmaydi. Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish
vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining
aktiv va majburiyat moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan
asoslanishi kerak.