Mavzu: Axborot – ma’lumotli hujjatlar va ularni rasmiylashtirish
Bajardi: Imomov Sh.
Tekshirdi: Umarova A.
Samarqand – 2018
Axborot – ma’lumotli hujjatlar va ularni rasmiylashtirish
Reja:
Kirish
1. Axborot tushunchasi
2. Horijda tahsil olayotgan talabalar fuqorolik pasportini almashtirish va rasmiylashtirish tartibi
3. Hujjat va uning turlari
Kirish
Hujjat — keng ma’noda — ma’lumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qog’oz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). H. matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo-rat bo’lishi mumkin.Mazmuniga ko’ra, H. ilmiy-texnika H.lari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va h.k.), huquqiy H.lar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv H.lari (buyruqlar, ko’rsatmalar, qarorlar va h.k.)ga bo’linadi. Shakllanish manbaiga ko’ra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) H.lar farqlanadi. Idora H.lari to’plami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) H.lariga bo’linadi. Mas, bank muassasasi H.lari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: to’lov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish H.lari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan H.lar chiqish H.lari hisoblanadi.Huquq fanida H. deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega bo’lgan (shaxsning tug’ilganlik, ma’lumot olganlik, nikohdan o’tganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. H. sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. H.larni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi
Axborot tushunchasi
Axborot tushunchasi. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonuniga binoan, axborot — manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlardir.
Axborot keng qamrovli tushuncha bo’lib, unga quyidagicha ta’riflar ham berish mumkin:
Dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar;
Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilimlar majmui;
Qiziqish uyg’otishi mumkin bo’lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo’lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to’lovlar, dars jadvali, o’lchash majmualarining yer va fazo stantsiyasi o’rtasidagi masofa to’g’risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo’lishi mumkin.
Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompьyuterdan ikkinchi kompьyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud bo’lib, ular kompьyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog’i orqali uzatish mumkin. Aloqa tarmog’i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |