1 author: Murodjon Isagaliev Fergana State University, Uzbekistan, Fergana 23


Eroziyalangan yerlarni tashxis belgilari



Download 248,8 Kb.
bet39/51
Sana02.01.2022
Hajmi248,8 Kb.
#306847
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
2019 (1)

Eroziyalangan yerlarni tashxis belgilari.




Yuvilganlik darajasi

Diagnostik belgilari

A+B qatlam qalinligi, sm.

B2 qatlam chuqurligi, sm.

1

Yuvilmagan

>70

>21

2

Kuchsiz yuvilgan

50-70

21-31

3

O‘rtacha yuvilgan

30-50

31-51

4

Kuchli yuvilgan

<30

<51

5

Yuvilma jinslar to‘plami

>75

>75

Keltirilgan tashxis belgilariga asoslangan holda bonitirovka koeffitsiyentlari ishlangan bo‘lib, M. Yakutilov bo‘yicha quyidagicha tasvirlanadi.



        1. jadval.

Yuvilganlik darajasiga ko‘ra bonitirovkalash koeffitsiyentlari.




Yuvilganlik darajasi

Bonitirovkalash koeffitsiyentlari

Lyosslar, lyossli jinslar

Prolyuvial va delyuvial jinslar

1

Yuvilmagan

1,00

1,00

2

Kuchsiz yuvilgan

0,95

0,95

3

O‘rtacha yuvilgan

0,90

0,95

4

Kuchli yuvilgan

0,70

0,75

5

Yuvilma jinslar to‘plami

1,00

0,65

Prolyuvial va delyuvial yotqiziqlar ustida hosil bo‘lgan tuproqlar har xil miqdor va o‘lchamlardagi toshlar, shag‘allar, qum, qumtosh bo‘lak va bo‘lakchalariga boy bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda pasaytiruvchi koeffitsiyentlar tariqasida quyidagi jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi.



        1. jadval.

Tuproq yuvilganlik darajasiga ko‘ra pasaytiruvchi koeffitsiyentlar.




Yuvilganlik darajasi

Koeffitsiyentlar.

1

Yuvilmagan

1,0

2

Kuchsiz yuvilgan

0,9

3

O‘rtacha yuvilgan

0,8

4

Kuchli yuvilgan

0,7

5

Yuvilma jinslar to‘plami

1,0

Tuproq tarkibidagi tosh va shag‘allarni birlashtirib skelet, ya’ni tuproq skeleti deyiladi. Skelet miqdori tuproqni ustki qatlamlarida ko‘p bo‘lsa, urug‘ni unib chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Skelet qo‘shilmalar tuproqni tez isishiga va shu

bois tez qurishiga sabab bo‘ladi. Bevosita toshga tegib turgan o‘simlik yoz vaqtlarida kuyib qolib, qurishgacha boradi.

Tuproq qatlamidagi skelet miqdori o‘simlikni ildiz tizimini rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, oziqa elementlarni miqdorini kamayishiga sabab bo‘ladi.

Skeletli tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik nisbatan yuqori bo‘lib, suv ushlash qobiliyati past bo‘ladi.

I.Aliyeva ma’lumotlariga ko‘ra to‘la dala nam sig‘imi kuchli darajada skeletli tuproqlarda 16-20 %, o‘rta va kuchsizlarida esa 22-28 % bo‘ladi. Qoyali jinslar ustida hosil bo‘lgan tuproqlarda 36-38 % ni tashkil qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib tuproqning skeletlilik darajasiga ko‘ra koeffitsiyentlarini ko‘radigan bo‘lsak, ular quyidagi chegaralarda joylashadi.


        1. jadval.

Tuproqning skeletlilik darajasiga ko‘ra bonitirovka koeffitsiyentining o‘zgarshi.




Skeletlilik darajasi

Koeffitsiyenti

1

Skeletsiz tuproqlar

1,00

2

Kuchsiz skeletli

0,95

3

O‘rtacha skeletli

0,80

4

Kuchli skeletli

0,70

Faqat skelet miqdorigina o‘simlikni hayoti va faoliyatiga ta’sir qilmaydi, balki skeletli qatlamni qalinligi, joylashgan chuqurligi ham tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni hosil bilan salbiy korrelyatsiyalanadi.

Skeletli qatlam 30, 30-50 sm chuqurlikda, ya’ni shu chegaradan yuqorida joylashganda g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, poliz va boshqa ildiz tizimi yuzada joylashadigan o‘simliklar uchun katta zarar etkazadi. Agar bu qatlam chuqurda joylashgan bo‘lsa, daraxt o‘simliklariga ham zarar etkazadi. Shu bois skeletli qatlam chuqurligiga ko‘ra ham bonitirovkalash koeffitsiyentlari o‘zgaradi.


        1. jadval.

Skeletli qatlam chuqurligiga ko‘ra bonitirovka koeffitsiyentining o‘zgarishi.




Birinchi skeletli qatlam chuqurligi, sm.

Koeffitsiyenti

1

100 sm dan chuqurda

1,00

2

71-100

0,95

3

51-70

0,85

4

31-50

0,70

5

>30

0,60

Tuproq unumdorligiga ta’sir etuvchi omillardan skeletlilik va gipslilik darajasi hozirgi kunda quyidagi tartibda e’tiborga olinadi.



        1. jadval.

Tuproqni skeletlilik va gipslilik darajasiga muvofiq koeffitsiyentlar.




Tuproqni skeletlilik darajasi

Yotish chuqurligi, sm.







30-50

50-100

100-150

1

Skeletsiz

0,8

0,9

1,0

2

Skeletli

0,7

0,8

0,9

3

Gipsli

0,6

0,7

0,9

Yuqorida ko‘rsatilgan hosilni cheklovchi omillardan tashqari lalmikor yerlarni ishlab chiqarish qobiliyatiga joyning relyefi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘rinda relyef agroekologik omil tariqasida eng avvalo quyosh va yerdan keladigan energiyalar taqsimotiga, yog‘in taqsimotiga ta’sirli ko‘rinadi. Bu omillar taqsimoti o‘z navbatida boshqa qator kattaliklarga jumladan geokimyoviy oqimga, nam taqsimotiga va boshqalarga ta’sir ko‘rsatadi. Xilma-xil relyef sharoitidagi o‘simliklar har xil darajada quyosh energiyasi va yorug‘lik bilan ta’minlanadi.

Sharqiy qiya tekisliklarga quyosh nuri nisbatan tik tushadi, demak, ko‘proq isitadi, ya’ni issiqlik rejimi boshqalarga nisbatan farqli bo‘ladi.

Nisbatan soya shimoliy, g‘arbiy qiya tekisliklar kuchsizroq darajada isiydi, shu bois bu maydonlarning tuproqlarida namlik biroz ko‘proq, atmosfera havosi harorati pastroq bo‘ladi.

Namlikning taqsimotiga relyef elementlarining morfometrik kattaliklari ta’sir qiladi. Relyefning namlikka ta’siri qiya tekisliklarda, jarliklarda, qirrali qoyalarda, uzun va tik qiyaliklarda, chuqur cho‘kmalarda yaqqol ko‘rinadi.

Tuproqqa va uning ichki qatlamlariga singib kirib borgan suvlar qiya tekislik bo‘ylab geokimyoviy oqimni tashkil qiladi va qiyalik bo‘ylab pastqamliklar tomon oqib boradi.

Geokimyoviy oqim o‘z yo‘lida har xil geokimyoviy baryyerlarda xilma-xil moddalarni kontsentratsiyalarini o‘zgartiradi. Masalan; organik moddalarni, oziqa elementlarni, mikro va makroelementlarni kontsentratsiyalariga geokimyoviy oqim turli darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Yog‘inlarning bir qismi relyef turiga qarab tuproq ustida turli tezlikda pastqamliklar tomon, vaqtinchalik yoki doimiy eroziya bazisi tomon harakat qiladi va qattiq oqim tariqasida moddalarni harakatga keltiradi. Bu oqim ta’sirida yerlar eroziyalanadi. Tuproq ustki va ichki omillarining nisbatlari joyning relyefiga, o‘simlik turi va qoplanganlik darajasiga, tuproqning zichligiga, yotish holati va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.

Salbiy relyef holatida, ya’ni chuqurliklarda joylashgan tuproqlar hamma vaqt ham nisbatan yuqori namlikka ega bo‘ladilar. Bunga sabab yuqoridagi maydonlarda ichki va tashqi oqim tariqasida u yoki bu miqdorda suvlar har xil kontsentratsiyada kelib qo‘shilib turadi. Shu bois ba’zan bunday yerlar suv o‘tkazmas qatlam ustida joylashgan bo‘lsa sho‘rlanishi yoki botqoqlanishi mumkin.

Shu munosabat bilan bir xil iqlimiy sharoitda joylashgan maydonlarda har xil xususiyatlarga ega bo‘lgan tuproq ayirmalari ham hosil bo‘ladi.

E.Volni, S.Tashchanov, N.Altinbayev va AQSH davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra relyef elementlaridan eng katta agroekologik ahamiyatga ega xususiyatlari qiya tekslik ekspozitsiyasi, qiyalik darajasi, relyef shakli hisoblanadi.

Ayniqsa qiya tekislik ekspozitsiyasi donchilik hosili bilan korrelyatsiyalanadi, shu bois lalmikor yerlarni baholashda ekspozitsiya uchun ishlangan koeffitsiyentlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, to‘g‘ri baholashga olib keladi.



        1. jadval.

Download 248,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish