Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Yer fondi, ming ga. (1.01.1993 y.)
Qoraqalpog‘iston va viloyatlar
|
Umumiy maydoni
|
Shu jumladan
|
Hayda- ladigan yerlar
|
Shundan sug‘ori- ladigan
|
Ko‘p yillik daraxtlar
|
Bo‘z yerlar
|
Yaylov va pichanzorlar
|
Q/x foyda- lani- ladigan yerlar
|
Qoraqalpog‘iston
|
16099,2
|
428,5
|
425,5
|
12,3
|
4,1
|
4900,3
|
5345,6
|
Andijon
|
425,0
|
204,9
|
204,9
|
30,7
|
2,6
|
22,6
|
260,8
|
Buxoro
|
4193,7
|
198,1
|
198,1
|
26,1
|
5,1
|
2858,6
|
3087,9
|
Jizzax
|
2044,1
|
452,0
|
246,8
|
21,3
|
5,4
|
811,3
|
1290,0
|
Qashqadaryo
|
2857,5
|
664,9
|
411,4
|
36,2
|
24,4
|
1532,3
|
2257,8
|
Navoiy
|
10937,4
|
111,1
|
90,7
|
9,9
|
6,8
|
10007,2
|
10135,0
|
Namangan
|
695,0
|
197,7
|
197,7
|
38,8
|
-
|
143,1
|
379,6
|
Samarqand
|
1677,4
|
447,2
|
265,4
|
57,0
|
4,2
|
812,3
|
1320,7
|
Surxondaryo
|
2059,9
|
290,8
|
259,3
|
34,3
|
1,9
|
917,7
|
1244,7
|
Sirdaryo
|
515,7
|
287,6
|
262,3
|
12,8
|
5,4
|
74,9
|
380,7
|
Toshkent
|
1610,6
|
336,7
|
296,3
|
48,5
|
11,4
|
479,9
|
876,5
|
Farg‘ona
|
799,2
|
258,6
|
258,6
|
36,9
|
-
|
75,2
|
370,7
|
Xorazm
|
883,0
|
212,1
|
212,1
|
14,8
|
1,2
|
343,5
|
571,6
|
Jami:
|
44797,7
|
4090,2
|
3329,1
|
380,0
|
72,5
|
22978,9
|
27521,6
|
Yer turlaridan biri kuchli darajada sho‘rlangan yer zahiralari bo‘lib, ularning katta qismi qiyin melioratsiyalanuvchi guruhga kiradi.
Sho‘r tuproqlarning genezisiga va o‘zlashtirish, sug‘orish, sho‘r yuvish qoidalariga e’tiborni susaytirish albatta bunday yerlarning unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yerlarga individual e’tibor berilmaslik avvallari sho‘r bo‘lmagan yerlarni sho‘r yerlar qatoriga ham o‘tishiga sabab bo‘ladi. Sug‘oriladigan yerlar bo‘z tuproqlar, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi, o‘tloqi saz, taqir-o‘tloqi, bo‘z-qo‘ng‘ir, qumli cho‘l tuproqlaridan iborat bo‘lib, bu tuproqlar klassik tuproqshunoslik nuqtai nazardan qora, kashtan va boshqa yuqori darajada gumusga ega bo‘lgan tuproqlarga nisbatan potentsial unumdorlik darajasiga ko‘ra past turadi.
Gumus miqdori bularning, ya’ni voha tuproqlarining haydov qatlamlarida 0,8- 1,2%, (2%).
Modomiki, bu tuproqlar sug‘oriladigan maydonning asosiy qismini tashkil qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotini 95% ni berar ekan bular alohida e’tiborga molik. Shu bois bularni genezisi, unumdorligi va boshqa xossa va xususiyatlari hamma vaqt olimlar diqqat markazida turgan.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlaridagi tuproqlar B.V.Gorbunov va N.V.Kimberg (1975) lar tomonidan quyidagicha tasniflangan.
Sahro mintaqasining o‘tloqi - voha tuproqlari.
Sahro mintaqasining botqoq - voha tuproqlari.
Taqir - voha tuproqlari.
Bo‘z tuproqlar kamarining o‘tloqi - voha tuproqlari.
Bo‘z tuproqlar kamarining botqoq - voha tuproqlari.
Bo‘z - voha tuproqlari.
Shunday qilib keyinchalik bu tasnif to‘ldirildi va unda 6 ta tuproq tipi ajratilgan bo‘lib, 28 ta tipchani qamrab oladi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan tuproqlari tasnifi sxemasi S u v t a r t i b o t i t i p l a r i
Irigatsiyali-avtomorf O‘tma Irrigatsiyali - gidromorf
Bo‘z tuproqlar kamari I.tip.Bo‘z-voha tuproq. II.tip.O‘tloqi-voha tuproq.
Tipchalar: 1.1.Xususan, bo‘z-voha Tipchalar: 2.1.Xususan, o‘tloqi-voha 1.2.Sug‘oriladigan och tusli bo‘z 2.2.Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial 1.3.Sug‘oriladigan tipik bo‘z 2.3.Sug‘oriladigan o‘tloqi saz 1.4.Sug‘oriladigan to‘q tusli bo‘z 2.4.Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi
O‘tloqi – bo‘z – voha
Sug‘oriladigan o‘tloqi – voha
Bo‘z – o‘tloqi – voha
Sug‘oriladigan bo‘z – o‘tloqi
tip. Sug‘oriladigan botqoq tuproq.
Tipchalar: 3.1.Sug‘oriladigan illi-botqoq 3.2.Sug‘oriladigan torfli-botqoq
tip. Sahro-voha tuproq V.tip. O‘tloqi-voha tuproq. Tipchalar:4.1.Xususan, sahro-voha Tipchalar:5.1.Xususan, o‘tloqi-voha 4.2.Sug‘oriladigan taqirli 5.2.Sug‘oriladigan o‘tloqi-voha allyuvial 4.3.Sug‘oriladigan sur tusli qo‘ngir 5.3.Sug‘oriladigan o‘tloqi saz 4.4.Sugoriladigan qumli sahro 5.4.Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi 4.5.Sahro o‘tloqi-voha 5.5.Sug‘oriladigan sahro-o‘tloqi 4.6.Sug‘oriladigan o‘tloqi-taqirli 5.6.O‘tloqi-taqirli-voha
VI.tip.Sug‘oriladigan botqoq tuproq.
Tipchalar: 6.1.Sug‘oriladigan gilli-botqoq 6.2.Sug‘oriladiigan torfli botqoq
Cho‘l va bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan voha tuproqlarining tasnifi R.Q.Qo‘ziyev (1991 y.) ishi asosida keltirilgan bo‘lib, bu maydonlarning kattagina qismida tuproq eroziyasi ham o‘z o‘rnini topgan.
Bo‘z tuproqlarda 1990 yil ma’lumotlariga ko‘ra irrigatsion eroziya 2 mln. 904 ming ga yerda sodir bo‘lgan bo‘lib, natijada 40% dan ko‘proq maydonda gumus miqdori me’yoridan kamaygan. O‘zbekistonda 581 ming ga sug‘oriladigan yerlar o‘rtacha, 17,6 ming ga yer esa kuchli darajada shamol eroziyasiga chalingan. Ko‘p yillik tekshirishlar natijasiga ko‘ra shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarni haydov qatlamida (0-30 sm) o‘rtacha 0,33-0,40%, bu jarayondan saqlangan tuproqlarda esa 0,67-0,70% chirindi mavjud. Eroziyaning tuproq unumdorligiga qancha zarar keltirganligi to‘g‘risida 4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |