1 author: Murodjon Isagaliev Fergana State University, Uzbekistan, Fergana 23


MAVZU: O‘ZBEKISTONDA YERLARNI RO‘YXATGA OLISH VA BAHOLASHNING QISQACHA TARIXI



Download 248,8 Kb.
bet10/51
Sana02.01.2022
Hajmi248,8 Kb.
#306847
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
2019 (1)

MAVZU: O‘ZBEKISTONDA YERLARNI RO‘YXATGA OLISH VA BAHOLASHNING QISQACHA TARIXI

Buyuk mutafakkir, olim Abu Ali Ibn Sino o‘z zamonasida "Tuproq tirik mavjudot - hayot mamot negizidir" deb aytgan edi. Bu mutafakkirona so‘zlar hozir ham o‘z kuchini yo‘qotmagan.

Qobusnomada "Sho‘ristonga tuxum sochmagilkim hosil bermagay, mehnating behuda bo‘lg‘ay, ya’ni yaxshilikni bilmagan kishiga yaxshilik qilmoq sho‘ristonga tuxum sochmoqdir" deb bejiz aytilmagan.

Yer-tuproq, o‘t va suvning orasida vositachi bo‘lib, ularning orasini ulug‘band qilib bog‘lagaydir. Shu tariqa yerdagi qurg‘oqchilikning olov bila, sovuqlikning, suv

bila bog‘lanishi orasida paydo bo‘ldi, lekin quvvat moddasi bilan mazkur band uzuldi deb yozilgan.

Ona zamin haqida bu kabi tabarruk so‘zlarni ko‘plab keltirish mumkin. Lekin afsuski ularning ko‘pchiligi turli sabablarga ko‘ra bizgacha etib kelmagan.

E’tibor beraylik sho‘r tuproqqa tuxum, ya’ni urug‘ sepma, bari bir sho‘riston hosil bermaydi, natijada mehnating zoe ketadi degan gap naqadar dono fikr.

O‘z o‘zidan sho‘ristonni ajratish kerakligi, ya’ni hisobga olish kerakligi, sho‘r yer unumsiz ekanligi va sifati past ekanligidan dalolat. Qadim davrlardan boshlab Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda yerlardan oqilona va samarali foydalanish xalq tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Bunga misol tariqasida ma’lum yer maydonida odamlar yashashni biroz vaqtdan keyin boshqa joylarga, ya’ni tuproqlari nisbatan unumdor yerlarga almashtirishi va u yerda dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishini, chig‘iriqlar yordamida sug‘orish kabilarni keltirish mumkin.

O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarni ilmiy asosda ro‘yxatga olish, baholash ishlari Dokuchayev usuli kashf etilganidan keyinroq rivojlandi. Lekin tezda O‘zbekistonni o‘z yo‘li borligi ko‘rindi.

Mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarni unumdorligi bo‘yicha baholash va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanma birinchi marta rus tilida 1969 yili "O‘zdavyerloyiha" va tuproqshunoslik institutlari olimlari A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov va boshqalar tomonidan chop etiladi.

Mamlakatda o‘tkazilgan tadbirlar bu qo‘llanmada ayrim kamchiliklar mavjud ekanligini isbotladi. Jumladan bu usulda mayda zarrali tuproq qatlam qalinligi, tuproqni gipslashganlik darajalari uchun koeffitsiyentlar ishlanmagan edi.

Ushbu qo‘llanmani takomillashtirish, dala va vegetatsion tajribalarini natijalarini umumlashtirish, ayrim pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni tuzatish natijasida respublikamiz sharoitiga, xususan paxtachilik va donchilikka moslashgan yangi uslubiy qo‘llanmalar vujudga keldi.

"O‘zbekistonda paxta etishtiriladigan yerlarning unumdorligini baholash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma". T. 1994.

"Bo‘z tuproqlar kamaridagi sug‘oriladigan, eroziyaga moyil yerlarni baholash va xaritalashga doir uslubiy ko‘rsatma". T. 1994.

"O‘zbekiston Respublikasi bahorikor yerlarni bonitirovkalash". T. 2000 yil va hokazolar.

Ushbu qo‘llanmalar, uslublar negizida mustaqillik davrida Yer fondidan samarali foydalanishda, tuproqni unumdorligi bo‘yicha baholashda, sug‘oriladigan mintaqalarda tuproq hosil bo‘lish sharoiti va sifatini bir-biriga taqqoslab tahlil qilish, sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni to‘g‘ri va rejali tashkil etish hamda ulardan yuqori darajada hosil olish uchun murakkab hisoblangan agrotexnik va meliorativ choralarni ilmiy asoslashda ma’lumot beruvchi yagona ilmiy umumlashgan uslubiy qo‘llanma yaratildi.

Hozirgi kunda yangi-yangi uslubiyatlar, ilmiy g‘oyalarni yaratilishida Qo‘ziyev R.Q., Sattorov J.S., Tolipov G.A., Li V.N., Maqsudov J.M., Akramov I.A., G‘ofurova

L.A. va boshqalarni xizmatlari benihoya katta.

Eroziyaga moyil, chalinuvchan yerlar va lalmikor yerlar uchun esa alohida- alohida uslubiy ishlar yaratildi. Bu ishlarni amalga oshirilishida Maxsudov X.M., Mirzajonov Q.M., Elyubayev S.E. va boshqalarni ishlariga tayaniladi.

Eroziyaga uchragan yerlarni hisobini olishni, baho berishni takomillatirish hali poyoniga etgan emas. Shunga qaramasdan tuproq unumdorligini baholaydigan o‘zbek modeli yaratildi desa ham bo‘ladi.

Lekin eng yangi modellarimiz ham kamchiliklardan holi emas, masalan; sug‘oriladigan yerlarni bir ballining kadastrli hisobi donli ekin ekilganda 0,6 ts/ga ni tashkil qiladi, demak eng yuqori darajada baholanadigan 100 balli 10 sinfli yerlardan

60 ts/ga don olish mumkin, aslida hozirgi kunda ilg‘or xo‘jaliklar, tumanlar gektaridan 85-86 ts/ga don olmoqdalar. Bundaylarga Andijon viloyati 72 ts/ga, Asaka tumani 85 ts/ga, Asaka tumani Falaba jamoa xo‘jaligi 86 ts/ga va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Xuddi shu kabi misollarni paxtachilik tarmog‘idan ham keltirish mumkin.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtiradigan resurs bu mamlakat tuproqlari hisoblanadi va har doim ro‘yxatga olishga va baholashga muhtoj bo‘ladi.


Download 248,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish