1. Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish. Tsirkulga mos yog’och tanlash va undan brusok tayyorlash ishlari



Download 0,67 Mb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi0,67 Mb.
#907468
  1   2   3
Bog'liq
14-Mavzu


Mavzu: Xomaki brusok shaklidagi zagatovkalarga iishlov berish.
Reja:
1.Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish.
2. Tsirkulga mos yog’och tanlash va undan brusok tayyorlash ishlari
3. Taxtalarni randalashda ularning uzun-qisqaligiga qarab ko’chirib olish
Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish
O’quv ustaxonalarida durodgarlikga oid dastlabki mashg’ulotlar o’tkazilib, o’quvchilarning qo’li aralash va randalashga kelganidan keyin va kontrol o’lchov hamda rejalash asboblaridan to’g’ri foydalangan holda sodda bog’lash (birikma hosil qilish) usullarini o’rganib, ko’nikma va malakalar hosil qilganlaridan so’ng ularga mustaqil ravishda instruktsiyaviy yoki texnologik kartalar asosida buyumlar tayyorlash topshiriladi.
Dastalarni o’rgatishda to’qmoqning dasta o’rni parmaning, teshilishi yoki uya ochilishi mumkin. Dastalar teshiklar orqali o’tkazilib o’rnatilsa, uning mustahkamligini ta’minlash uchun dasta elimlab o’rnatiladi va orqa tomondan ponalanadi. Dasta uyalarga kiritib o’rnatilsa, elimlanadi va qo’shimcha burama mix qoqib qotiriladi, shuningdek dastaning uchiga pona o’rnatilib birgalikda kiritiladi.
Yog’och tsirkul’ yog’ochdan tayyorlanadigan maktab tsirkuli shumtol, eman, akatsiya, chinor kabi pishiq yog’ochlardan tayyorlanadi.
Tsirkul’ quyidagicha tayyorlanadi.
1.Tsirkulga mos yog’och tanlanadi va brusok tayyorlanadi.
2.Tayyor brusokdan tsirkul’ oyoqlari, tirnoq va quloqlar rejalanadi.
3.Brusokni tilib, oyoqlarni bir-biridan ajratiladi va tirnoq chiqarilib quloq ochiladi.
4.Oyoqlarni randalab, egovlab ma’lum shaklga keltiriladi
5.Oyoqlarga paynak (nayza) va bo’r tutkich o’rnatiladi.
6.Oyoqlar alohida-alohida pardozlanadi.
7.Tayyor oyoqlarni yig’ib, bolt va quloqli gayka yordamida qotiriladi.

Tsirkulga mos yog’och tanlash va undan brusok tayyorlash ishlari 1-texnologik karta asosida olib boriladi.
Tayyor brusokdan tsirkul’ oyoqlarini rejalashda yog’och uchlaridan 5 sm dan qoldirib, go’niya yordamida reja chiziladi. Reja chiziqlari uchlaridan brusokning «beti» ga porsi go’niya bilan 450 burchak hosil qilib reja chiziladi. Bu chiziqlarning oralig’ini brusok enini teng ikkiga bo’lib, xatkash bilan reja chizig’i chiziladi.
«Bet» dagi reja chiziqlarini orqaga simetrik ravishda ko’chirib, brusokning ikkala uchidan radiusli yarim aylang chiziladi va markaz (vint o’rni) belgilab qo’yiladi. Bu bilan tsirkulning ikki oyog’i rejalab ajratiladi. So’ngi tirnoq va quloqlar rejalanadi.
Brusokni tilib, oyoqlarni bir-biridan ajratish quyidagicha bo’ladi:
- brusokning ikki chetidan 45li reja bo’yicha xatkash chizig’igacha arralanadi;
- oyoqning birortasining uchidan arra polotnosi sig’adigan qilib xatkash chizig’igacha arralab, iskana bilan kiritiladi;
Oyoqlarni randalab, kvadrat yoki muntazam olti yoqli shaklga keltiriladi, konuslanadi va uchlari paynak hamda bo’r tutkichga moslab o’lchanadi.
Tirnoq quloq biriktirilib, oyoqlar juftlangandan keyin markaz bo’yicha 6mm li parma bilan vint o’rni teshiladi. Teshik orqali vint o’tkazilib, quloqli gayka bilan homaki qotiriladi va tirnoq, quloqlar birgalikda egovlanib, reja bo’yicha yarim aylana shaklga keltiriladi. (Vint, shayba, quloqli gaykalarning tayyoridan foydalaniladi.)
Oyoq uchlariga konus shaklida tunukadan paynak va bo’r tutqich tayyorlab o’rnatiladi. Tsirkul’ yig’ma holicha yoki qismlarga ajratilib, jilvirlab silliqlanadi, yog’ochning turiga qarab alblanadi, loklanadi yoki bo’yaladi.
Durodgarlik ish o’rnini asosini dastgoh (durodgorlik verstagi) tashkil etadi. Dastgoh barcha turdagi durodgorlik ishlari bajaradigan, maxsus oyoqlarga o’rnatilgan ish stulidan iborat bo’lib unda arralash, randalash, o’yish-teshish, qismlarni biriktirish kabi ishlar bajariladi. Stulning asosiy qismlari bo’lama va ko’ndalang diskalardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgani ishning taxtasi va asbob – uskunalar qo’yish uchun moslangan navdan iborat.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish