2-rasm. Durodgarlik dastgohining balandligini tekshirish.
Dastgoh balandligining o’quvchi bo’yicha mosligin tekshirishda u qaddini bukmagan holda ikkala qo’lning kaftini dastgoh ish taxtasi ustiga qo’yadi (2-rasm) Bu holda uning qaddi bukilmasdan kafti ish taxtasiga etsa ish o’rnining balandligi o’quvchining bo’yiga mos hisoblanadi.
Uchtexprom tomonidan ishlab chiqarilayotgan durodgarlik dastgohlarida ularni o’quvchilarning bo’yiga moslash imkonini beradigan pog’onali tagliklar bo’lib, ular yordamida ish taxtasining balandligi o’zgartiriladi. Pog’onali tagliklar ish taxtasini kerakli balandlikga ko’tarish imkonini bermasa, u holda dastgoh oyoqlari ostiga qo’shimcha qistirma yog’och mixlanadi.
Agar pog’onali tagliklarni tushirish yo’li bilan dastgohning bo’yini pasaytirish iloji bo’lsa, bunday hollarda o’quvchining oyog’i ostiga taglik taxta qo’yib beriladi. Balandligi turlicha bo’lgan dastgohlar o’quv ustaxonalarida o’qituvchining ish o’rnidan boshlab tartib bilan ketma-ket o’rnatiladi.
Dastgohlar joylashtirilgach nomerlanadi, har bir ish o’rniga tegishli individual asbob-uskunalar ham unga moslab nomerlanadi. So’ngra gruppalardagi o’quvchilar bo’y pastiga qarab ish o’rinlariga qa’tiy belgilab qo’yiladi. Bu narsa dastgohlarning asbob-uskunalarning butunligini ta’minlashga, ishdan qirqishning oldini olishga yordam beradi, o’quvchilarning ma’suliyatini oshiradi. O’quvchilarning ish joylarini almashtirib ko’chib yurishlariga, boshqa ish o’rinlaridagi asbob-uskunalardan beruhsat foydalanishlariga chek qo’yiladi va bu bilan ayrim hollarda xavfsizlik texnikasi qoydalari buzilishining oldi olinadi. Durodgarlik dastgohlardan foydalanishda uning qismlarni arralab, o’yib qo’ymasliklari, uning ustida mix to’g’irlamasliklari, bolta kabi asboblar bilan yog’och materiallarga ishlov bermasliklari o’quvchilarga alohida uqtiriladi. Mix to’g’irlash, yog’och taxtalarni chopish ishlari kunda ustida bajariladi. Dastgoh qismlarning butunligi, ish taxtasining sifati, tekisligi vaqt-vaqti bilan tekshirib, tuzatib turiladi.
Yog’och materiallardan tayyorlanadigan buyumlarning aniq va yaxshi sifatli chiqishi durodgarlikning ish malakasiga va u bilan birga kontrol-o’lchov hamda rejalash asboblaridan o’rinli, to’g’ri foydalana olishlariga bog’liq bo’ladi.
Durodgarlikda masshtabli lineyka, porsi go’niya, vinti porsi go’niya, xatkash kabi kontorl-o’lchov va rejali asboblardan foydalaniladi. Masshtabli lineyka yordamida yog’och materiallarining, tayyor detal’ va buyumlarning o’lchamlari o’lchanadi va rejalash ishlari bajariladi. Masshtabli lineyka yordamida rejalashda baza yuzasidan boshlab kerakli o’lchamlar belgilanadi. Bu belgilar ustiga lineyka o’rnatilib qalam yoki chizg’ish bilan reja chiziq chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |