Neptun kuni. Unda 2 animator va 5-8 yoshli bolalar ishtirok etadi. Bayram boshlanishida animatorlar va bolalar basseyn yonida to‘planishadi. Animatorlardan biri bolalar bilan salomlashadi (boshqasi ham xuddi shunday rus tilini bilmaydigan bolalar uchun ularga tushunarli boshqa tilda gapiradi). Assalomu alaykum, xo‘sh, nima uchun biz hammamiz bu yerga yig‘ildik? Qani, bir-birimizga qaraylikchi, birorta do‘stimizni unutib qodirmabmizmi? Ha, Roma shu yerda, Bobbi here, Natasha, Vanya ham, e, Sasha va Maykl qani? Whereore Sashaand Michael? va h.k. Salomlashish va “yo‘qlama”dan keyin yetakchi animator deydi: “Bolalar, bilasizmi, bugun qanaqa bayram? Rostdan ham bilmaymizmi? Axir, bugun Neptun kuniku. Kim aytadi, Neptun kim o‘zi? Bu suv osti dunyosi podshosi, u dengizda bo‘ron - dovul qo‘zg‘aydi (yetakchi puflab qo‘llari bilan to‘lqinlar o‘rkachini ko‘rsatadi). Kayfiyati joyida bo‘lganida esa (animator kulib yig‘ilganlarga ko‘z yugurtiradi, va to‘lqinga ishora qiladi) – dengizda sokinlik hukmron bo‘ladi, kemalar istagan tomoniga qarab xotirjam suza oladi. Sizchi, suzishni bilasizmi? Qani, ko‘raylikchi, bizda kim hammadan yaxshi suza olarkan? Sizlardan kim birinchi bo‘lib basseynni suzib o‘tadi. Xohishlariga qarab, bolalar tanlanadi, basseyn yoniga kelib turishadi, yetakchi komanda bergach, bolalar suzishni boshlaydi. Qolgan bolalarga hakamlik qilish yoki musobaqani kuzatish taklif etiladi. Qani, bizda kim birinchi bo‘lib suzib o‘tadi? Bu Vanya. Kelinglar, qarsak chalib uni olqishlaymiz. U bizda eng yaxshi suzuvchi. Barakalla. Kelinglar, endi biroz o‘ynab – kulamiz. Animatorlardan biri parik va suv parisi libosini kiyib, sho‘x-musiqa otida bolalar bilan birga masharabozlik elementlarini qo‘shib raqsli chigal yozish mashqlarini bajaradi. Chigal yozish mashqlaridan keyin libosdagi animator plyaj sari yugurib hammasi shunga jalb qiladi. «Oy qaranglar, qirg‘oqda qanday chiroyli toshchalar. Ularni kuting, hammasi juda qiziqarli. Xo‘sh sizlardan qay biringiz eng kichik toshchani (katta, chiroyli va h.k) topib kelasiz? Bolalar toshchalar terib kelishadi, ularni ko‘zdan kechirishadi, baholashadi va barcha ishtirokchilar birgalikda g‘olibni aniqlashadi.
Quyoshcha kuni «Kosmik kemada yulduzlarga sayohat» o‘yiniga aylanadi. Bunda turli sayyoralarda «to‘xtalib» quyosh sistemasi haqida hikoya qilinadi, osmon mavzusida turli rasmlar tanlovi o‘tkaziladi. Quyoshning botishini tomosha qilish taklif etiladi. Bolalar bizning osmon yoritkichmiz – Quyosh va uning atrofidagi sayyoralar haqida batafsil bilib olishadi. Animator bolalar diqqatini bulutlarga qaratishi va yangi o‘yin topishi ham mumkin. Aytaylik, bulutlar nimaga o‘xshaydi va turli qahramonlar, narsalar tarixi bilan bog‘liq hikoya to‘qiladi.
Robinzonada – ertalab bolalarga ularni kunning ikkinchi yarimida syurpriz – bal – maskarad kutayotgani e’lon qilinadi. Ammo ssaniriyaga ko‘ra, qarashsa liboslar xaltasi bilan yo‘qolib qolibdi va shu zahoti uni topish taklif qilinadi. Musobaqa e’lon qilinadi, ikki jamoadan iborat ishtirokchilar belgilanadi va turli xil tanlovlar, topishmoqlar va labrintlar e’lon qilinadi, bolalar kiyimlar bilan xazina yashirilgan joyni topishadi. Kechqurun hamma tomoshaga yig‘iladi, bu yerda animator yordamida rang-barang bo‘yalgan liboslar kiygan bolalar sahnada oldindan o‘rgangan rollarni o‘ynaydilar.
Shunday qilib, mehmonxonada mini-klub ishi mashaqqatli va ijodiydir. Bolalar animatorining vazifasi - nafaqat bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, balki bilish, jismoniy, psixologik sohada ularni rivojlantirish hamdir. Bunday har kuni bolalar bilan mini-klubda o‘tgan lahzalar butun bir vaqeaga, bayramga aylanishi, ularning dengizda dam olishi yorqin taassurot bo‘lib qolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |