1. Animatsiyaning mohiyati, uning vazifasi va tipologiyasi. Animatsiya shaxsning ijtimoiy faolligi shakli sifatida


Mehmonxona animatsion faoliyatini amalga oshiruvchi kichik xodim tavsifi



Download 364,16 Kb.
bet49/56
Sana21.07.2022
Hajmi364,16 Kb.
#833882
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
Animatorlik xizmatini tashkil qilish majmua

2. Mehmonxona animatsion faoliyatini amalga oshiruvchi kichik xodim tavsifi.
Animatorlar uzluksiz bilim, ko'nikma va malakalarini oshirib borishlari, professionalligini o'sishi uchun ularga imkoniyatlar berish kerak. Bu xodimlar uchun qo'shimcha rag'batlantirish hisoblanadi.
O'tgan o'n yil ichida turizm, sayyohlik va dam olish sanoati sezilarli darajada o’sdi, u endi avtomobil sanoatidan 4 marotaba ustun. Shuning uchun ham turizm sohasi katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Turizm va sayyohlik sanoati juda xilma-xil shakllarda bo‘lib, u turizm, san'at, madaniyat, muzeylar, milliy meros, sport, dam olish, istirohat bog'lari, davlat, xususiy, tijorat sohasini o'z ichiga qamrab oladi.
Dam olish sohasi ijtimoiy odatlar va kishilar dididaga o'zgarishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, axborot texnologiyalari sohasidagi, televidenieda yuz berayotgan o'zgarishlar bilan o’zaro bog’liq.
Ko'p odamlar sog'liqni saqlash va atrof-muhit yaxshilash masalasiga ko'proq e'tibor qaratish zarurligini tan oladi. Bo'sh vaqtni to'g'ri tashkil etish ushbu muammolarni hal qilishda o’z hissasini qo’shib, turmush darajasini yaxshilashga ta'sir qilishi mumkin. Bularning barchasi odamlarning ko'proq dam olish faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etishiga olib keldi. Tashkilotchilarning malakasiga qarab, xodimlar turli klassifikatsiyada bo'lishlari mumkin (1-rasm):
- animatsiya xizmatidagi kichik xodim;
- animatsiya dasturlari va faoliyati tashkilotchilari: xoreograflar, o'qituvchilar, murabbiylar va boshqalar;
- mutaxassis menejer;

Animatsion tadbirlar ishtirokchilari, animatsion dasturlar mijozlari

1. animatsiya xizmatidagi kichik xodim

2. animatsiya dasturlari va faoliyati tashkilotchilari: xoreograflar, o'qituvchilar, murabbiylar va boshqalar.

3. mutaxassis menejer


11.1-rasm. Professionallik darajalari
Eng yuqori daraja bu animatsiya bo’yicha mutaxassis menejerlardir.
Turizm sanoatida yangi, eng tez rivojlanayotgan soha – dam olish faoliyatidir. Unga yaxshi bilimli, tajribali menejerlar kerak.
Animatorga qo’yiladigan talablar
Mehmonxona xodimi va turistlar o‘rtasidagi o‘zaro harakat jarayonida mehmonlarda otelga, unda o‘rnatilgan tartibga, servisga, o‘zlari uchun maxsus yaratilgan barcha sharoitlarga munosabat shakllanadi. Demak ularda dam olishga ishtiyoq uyg‘onadi. Mehmonlarni qabul qiluvchi mehmonxona barcha xodimlarining kasbiy mahoarti va xushmuomilaliliga ko‘p narsa bog‘liq: shunga qarab turist bu mehmonxonaga yana bir bor kelish – kelmasligini belgilaydi. Ushbu mehmonxonada qisqa muddatli dam olishni turist uzoq vaqt eslab yurish-yurmasligi ko‘p jihatdan mutaxassis – animatorlar kvalifikatsiyasiga bog’liq bo‘ladi.
Animator – artist, uning butun faoliyati doimiy ravishda – har kuni, har daqiqa, o‘n-o‘n besh soat davomida bor kuch va mahoratini ishga solishni talab qiladi. Bunday qizg‘in va jo‘shqin faollikni har kim ham ko‘taraolmaydi. Shuning uchun ham animatorlar ishini yaxshi tashkil etish juda muhim.
Mehmonxonalarda animatsiya menejmenti tarkibi quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:

Otel bosh menejeri

Animator-menejer

Metodist-animator

Tashkilotchi - animator

Ijrochi - animatorlar



Download 364,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish