2. Mehmonxona animatsion faoliyatini amalga oshiruvchi kichik xodim tavsifi.
Animatorlar uzluksiz bilim, ko'nikma va malakalarini oshirib borishlari, professionalligini o'sishi uchun ularga imkoniyatlar berish kerak. Bu xodimlar uchun qo'shimcha rag'batlantirish hisoblanadi.
O'tgan o'n yil ichida turizm, sayyohlik va dam olish sanoati sezilarli darajada o’sdi, u endi avtomobil sanoatidan 4 marotaba ustun. Shuning uchun ham turizm sohasi katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Turizm va sayyohlik sanoati juda xilma-xil shakllarda bo‘lib, u turizm, san'at, madaniyat, muzeylar, milliy meros, sport, dam olish, istirohat bog'lari, davlat, xususiy, tijorat sohasini o'z ichiga qamrab oladi.
Dam olish sohasi ijtimoiy odatlar va kishilar dididaga o'zgarishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, axborot texnologiyalari sohasidagi, televidenieda yuz berayotgan o'zgarishlar bilan o’zaro bog’liq.
Ko'p odamlar sog'liqni saqlash va atrof-muhit yaxshilash masalasiga ko'proq e'tibor qaratish zarurligini tan oladi. Bo'sh vaqtni to'g'ri tashkil etish ushbu muammolarni hal qilishda o’z hissasini qo’shib, turmush darajasini yaxshilashga ta'sir qilishi mumkin. Bularning barchasi odamlarning ko'proq dam olish faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etishiga olib keldi. Tashkilotchilarning malakasiga qarab, xodimlar turli klassifikatsiyada bo'lishlari mumkin (1-rasm):
- animatsiya xizmatidagi kichik xodim;
- animatsiya dasturlari va faoliyati tashkilotchilari: xoreograflar, o'qituvchilar, murabbiylar va boshqalar;
- mutaxassis menejer;
Animatsion tadbirlar ishtirokchilari, animatsion dasturlar mijozlari
1. animatsiya xizmatidagi kichik xodim
2. animatsiya dasturlari va faoliyati tashkilotchilari: xoreograflar, o'qituvchilar, murabbiylar va boshqalar.
3. mutaxassis menejer
11.1-rasm. Professionallik darajalari
Eng yuqori daraja bu animatsiya bo’yicha mutaxassis menejerlardir.
Turizm sanoatida yangi, eng tez rivojlanayotgan soha – dam olish faoliyatidir. Unga yaxshi bilimli, tajribali menejerlar kerak.
Animatorga qo’yiladigan talablar
Mehmonxona xodimi va turistlar o‘rtasidagi o‘zaro harakat jarayonida mehmonlarda otelga, unda o‘rnatilgan tartibga, servisga, o‘zlari uchun maxsus yaratilgan barcha sharoitlarga munosabat shakllanadi. Demak ularda dam olishga ishtiyoq uyg‘onadi. Mehmonlarni qabul qiluvchi mehmonxona barcha xodimlarining kasbiy mahoarti va xushmuomilaliliga ko‘p narsa bog‘liq: shunga qarab turist bu mehmonxonaga yana bir bor kelish – kelmasligini belgilaydi. Ushbu mehmonxonada qisqa muddatli dam olishni turist uzoq vaqt eslab yurish-yurmasligi ko‘p jihatdan mutaxassis – animatorlar kvalifikatsiyasiga bog’liq bo‘ladi.
Animator – artist, uning butun faoliyati doimiy ravishda – har kuni, har daqiqa, o‘n-o‘n besh soat davomida bor kuch va mahoratini ishga solishni talab qiladi. Bunday qizg‘in va jo‘shqin faollikni har kim ham ko‘taraolmaydi. Shuning uchun ham animatorlar ishini yaxshi tashkil etish juda muhim.
Mehmonxonalarda animatsiya menejmenti tarkibi quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
Otel bosh menejeri
Animator-menejer
Metodist-animator
Tashkilotchi - animator
Ijrochi - animatorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |