1. Animatsiyaning mohiyati, uning vazifasi va tipologiyasi. Animatsiya shaxsning ijtimoiy faolligi shakli sifatida



Download 364,16 Kb.
bet46/56
Sana21.07.2022
Hajmi364,16 Kb.
#833882
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Bog'liq
Animatorlik xizmatini tashkil qilish majmua

Huzur - halovat ishqibozlari. Ushbu guruh vakillari dam olish sifatiga juda yuksak talablar qo‘yishadi. Ular uchun sayohat – bu o‘zligini namoyon qilish usuli. Dam olishdan ular huzur olishni istashadi, o‘zlarini ayrim bo‘shashishlariga yo‘l qo‘yishadi yoki sportga zo‘r berishadi.
Tendensiyali turistlar. Ushbu guruhga kiruvchi turistlar uchun dam olish – bu o‘zini shaxs sifatida namoyon etish va bunga imkon topish hisoblanadi. Bular yuksak talablar bilan dam oluvchilar, ammo «Hayotdan lazzatlanuvchilar» dan farqli ravishda ularga lyuks klass sharoitlari kerak emas. Ular tabiat bag‘rida, sokinlik bilan yolg‘iz qolishni yoqtirishadi va ruxiy yengillik olish imkonini qidirishadi. Ular o‘z atrof-muhit muammolarini anglashadi, tashrif buyurishni mo‘ljallagan regionning madaniyati va siyosati bilan qiziqishadi.
Oilaviy turistlar. Ushbu guruhga mutlaqo oilalar bolalari bilan kirishadi. Oilaviy turistlar o‘z ta’tillarini oila, do‘stlar, qarindoshlar davrasida o‘tkazishni yaxshi ko‘rishadi. ular qulay xizmatlarni xotirjam sotib olishadi, o‘zlariga halaqit beruvchilarni yoqtirishmaydi. Ko‘pincha o‘zlariga o‘zlari xizmat ko‘rsatishadi.
Hamma bilan birgalikda dam oluvchilar. Ushbu tip turistlar uchun muhim shart - dam olish imkoniyati hisoblanadi. Ushbu guruhga nisbatan passiv turistlar kiradi. Qaysikim o‘z ta’tillarini ana’anaviy usullar bilan o‘tkazishadi: jim-jitlik bilan qanoatlanadi, uzoq uxlashadi, lazzatli va mo‘l tanovul qilishni yoqtirishadi, qisqa sayr yoki yaqin atrofga safarni amalga oshirishadi.


4. Turli kategoriyadagi turistlar bilan ishlashning o'ziga xos tomonlari.
Farzandining xursand bo’lganinin ko’rgan ota-onalar o’z-o’zidan baxtiyorlik hissini tuyishadi, shuning uchun ham turistik majmualarda bolalarga katta e'tibor berilishi kerak. Bolalar uchun animatsiya faoliyatini tashkil etishda ham xuddi kattalarniki singari maxsus tuzilmalar, asbob-uskuna va anjomlar hamda boshqa moddiy texnik vositalardan foydalaniladi.
Mini-klublar animatorlarining maqsadi: ota-onalar farzandining hafvsizligiga qayg’urmasdan dam olishi hamda bolalarning eng qiziqarli animatsion dasturlar bilan band bo’lishini ta’minlash hisoblanadi.
Mehmonxonalar hududlarida maxsus bolalar – (3-12 yoshli) mini klublari, 12-15 yoshlilar uchun o‘smirlar mini klublari ishlaydi. Ota-onalar diqqatga sazovar joylariga bemalol safar qilishlari, shaharlar bo‘ylab ekskursiyalarga borishlari, yoki yaqindagi plyajlarda xotirjam cho‘milib xordiq yozishlari uchun bolalarini kun bo‘yi xordiq yozishlari uchun ana shu klublarda qoldirishlari mumkin. Ularga pedagogik ma’ulmotga ega tajribali animatorlar ko‘z – quloq bo‘lib turishadi.
Mehmonxonada mini – klub mavjudligi haqida, uning hovlisida o‘rnatilgan chiroyli stenda yozib qo‘yiladi, bosh restoranga kirishida yoki plyajlarda bolalar uchun oldinda turgan tadbirlar, ish grafigi, ota-onalar ularni qoldirishmoqchi bo‘lsa, o‘sha yerga murojaat qilishi kerakligi to‘g‘risida ba’tafsil ma’lumotlar berilgan.
Turistlarning ikki hafta bo‘lishi hisobiga olingan holda mehmonxonada animatsion faoliyat ish rejasi, umumiy reja kabi oldindan tuzib qo‘yiladi.Bolalar kontingenti, shart-sharoitga qarab, zarur bo‘lganda mashg‘ulotlar o‘tkazishga tuzatishlar kiritiladi. Ushbu rejada bolaning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sport va madaniy tadbirlar soni oqilona joylashtirilishi kerak.
Mini-klubda animator bo‘lib ishlash-katta mehnat qilishni talab qiladi. Chunki bu odam turli yoshdagi bolalarning qator fiziolgik va psixologik xususiyatlarni hisobga ola bilishi zarur. U shunday sharoit yartishi kerakki, har qanday bolaga unda qiziqarli bo‘lsin, u o‘z o‘rnini shaxs sifatida har tomonlama namoyon qila olsin.
Bolalar bilan ishlashni samarali uyushtirish uchun yoz oylarida va noqulay ob-havo kunlarida ular turadigan tegishli binolar zarur. Bu joylar rasm chizish, har xil narsalar yasashlari uchun plastilin, harakatlanadigan va rivojlantirgan o‘yinchoqlar, jihozlar va h.k. bilan ta’minlangan bo‘lmog‘i darkor.
Har bir kun albatta, tanishuvdan boshlanadi (bolalar davra olib turishajagi, o‘z ismi shariflarini aytishadi, boshqalarning nomini eslab kelishadi va takrorlashadi) va o‘z mavzusiga ega bo‘lishadi, qaysikim sport va bilish mashg‘ulotlarida, musobaqalarda, qo‘yilgan kichik spektakllarda, konsert va bayramlarda ochib berishadi. Keyin bir necha shunday bayramlarni uyushtirish misollari keltiriladi (ushbu ilovalar faqat nemis, ingliz va ruscha variantda beriladi).Ammo xalqaro bolalar kontingenti bilan ishlanganda barcha luqmalar, harakatlar, animatorlar topshirig‘i tabiiyki, xorijiy tilida tarjima qilib beriladi.

Download 364,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish