Turistik animatsion servis nisbatan kurort zonalarida ancha taraqqiy etgan
bo‘lib, bu yerda u turistik sayohatlar va dam olish sifatini faol oshirishga imkon
beradi. Jahondagi barcha kurort zonalarida dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil
etishda alohida o‘rin (rol) aynan animatsion servisga daxldor ekanligi chuqur anglab
yetilmoqda: faol musobaqalar, o‘yin tadbirlari, turli shoular va bayramlar va h.k.
G‘arbda animatsion sektorning asosiy faoliyati – kattalar va bolalar uchun bepul
xizmatlarni o‘z ichiga olgan kundalik ko‘ngil ochish dasturlari hisoblanadi.
Shunga qaramay har bir mehmonxonaning animatsion bazasi o‘z
xususiyatlariga ega bo‘lib, animatsion tipdagi barcha
xizmatlarni quyidagi tarzda
strukturalash mumkin (4.2-jadval).
4.2-jadval
Xorijiy kurortlarda animatsion tipdagi xizmatlar
Standartli
Qo‘shimcha
Eksklyuzivli
Bolalar shaharchasi, o‘yin
avtomatlari
Velosipedlar, roliklar,
skuterlar prokati
Skaladrom
Bolalar xonasi
Tennis kortlar
Peyntbol-klub
Basseyn, suvli shou va
o‘yinlar
Komondon va
arboletdan o‘q otish
Rollerdrom
Voleybol maydonchasi
Basketbol
maydonchasi
Batut
Plyaj
Park
Kompyuter
klubi
Diskozon/tansa maydoni
Dayv-markaz
(snorkling)
Avtodrom
Grimxona va di-jey joyi
Pnevmatik tir
Armrestling klubi
Sportkompleks
Qo‘shiq-grin klubi
Mini akvapark
Har bir turistik joylashtirish ob’ekti (mehmonxonalar, turistik komplekslar,
turbazalar va boshq) o‘zining kundalik ko‘ngilochar dasturiga ega, qaysikim u dam
oluvchilar kontingenti va soni, ob’ekt joylashgan o‘rni,
xodimlar, ovqatlanish
grafigi, ekskursiyalar va boshqalarga bog‘liqdir. Turistik sohada muvaffaqiyatli
rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘ngil ochish
industriyasi sifatli dasturlar, qimmat turadigan
va yuqori sifatli uskunalar,
boshqaruvda yangicha yondoshuv, yuqori malakali xodimlarni talab qiladi.
Turistlar uchun maroqli dam olishning asosiy (bosh) xususiyati dam olish
davomida ularning ruhiy holati, kayfiyati hisoblanadi. Dam oluvchilarga xizmat
ko‘rsatishni tashkil qilishda
shuni yodda tutish muhimki, turistik joylashtirish
ob’ektining yuqori sifatli holati o‘z-o‘zidan turist uchun to‘la qonli qulaylikni
ta’minlab qolmaydi. Mehmonxona, turistik komplekslar devorlarini jonlantirish
kerak, dam oluvchilarni ularni joylashtirganlarni g‘oyalariga singib ketish imkonini
berish lozim – mana qabul qiluvchi tomonning bosh vazifasi. Turistik joylashtirish
ob’ekti shtat tarkibini ishlab chiqishda va xodimlarni dam oluvchilar ruhiy holatiga
ta’sirini tahlil etishda shuni e’tiborga olish kerakki, mehmonxonada xo‘jaligida u
yoki bu ruhiy muhitni yaratishda animatsion servis xodimlari – animatorlar asosiy
rol o‘ynaydilar.
Pirovard natijada aynan ularning shaxsiy sifatlari
va turistlarda shinamlik,
qulaylikni his etish to‘yg‘usini uyg‘otish mahorati mehmonxona va turistik
komplekslar mehmonlari to‘la qonli dam olishini ta’minlaydi.
Animator – turistik bozorda turist – sport mahsulotlarini shakllantirish va
ilgari surish bo‘yicha mutaxassis va turistlarni sport-sog‘lomlashtirish faoliyatini
tashkil etuvchidir. Animatsion sektor professional komandasi o‘yinlar, konkurslar
va sport musobaqalari tashkil etadi va o‘tkazadi. Tomoshaga teatrli va raqs shou,
myuziklar, komediyalar, klassik musiqa ishtirokchilarini
taklif qiladi, kinofilmlar
namoyish qiladi, plyajda kechalar o‘tkazadi va h.k. Mehmonxonalar animatsion
sektorlari faoliyati servisdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etib, mehmonxonani
daromad olishini ko‘paytiradi.
Bo‘sh vaqtni o‘tkazishning har qanday usuli u psixologik jihatdan o‘zini
oqlagandagina yaxshi. Ishi doimiy zo‘riqishni talab qiladigan odamlar uchun dam
olish –
xordiq chiqarish, charchoq va zo‘riqishni bartaraf etish foydalidir. Ayrim
odamlar esa aksincha o‘z kuchini faollashtirshiga zarurat sezadi. Bundan tashqari,
animatsion faoliyatni majburiy tarzda dam oluvchilar kontingenti jins, yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish talab qilinadi. Shu nuqati nazardan
ushbu joyda joylashgan madaniy-bo‘sh vaqt muassasalarini birgalikda amalga
oshiriladigan maqsadli dasturlarini ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi.
Dam olish dasturi qancha xilma-xil bo‘lsa, u shunchalik qiziqarli bo‘ladi. Bu
ayniqsa bolalar uchun animatsion dasturlar ishlab chiqishda g‘oyat dolzarbdir.
Animatsion servis bir necha asosiy konponentlardan mujassamlashadi. Qulay,
tashqi sharoit hisobga olingan holda animatsion loyihani amalga oshirish shakli
quyidagi ko‘rinishni hosil qiladi (4.3-rasm).
Kadrlar
(xodimlar)
Do'stlaringiz bilan baham: