bilan yolg‘iz qolishni yoqtirishadi va ruxiy yengillik olish imkonini qidirishadi. Ular
o‘z atrof-muhit muammolarini anglashadi, tashrif buyurishni mo‘ljallagan
regionning madaniyati va siyosati bilan qiziqishadi.
Oilaviy turistlar.
Ushbu guruhga mutlaqo oilalar bolalari bilan kirishadi.
Oilaviy turistlar o‘z ta’tillarini oila, do‘stlar, qarindoshlar davrasida o‘tkazishni
yaxshi ko‘rishadi. ular qulay xizmatlarni xotirjam sotib olishadi, o‘zlariga halaqit
beruvchilarni yoqtirishmaydi. Ko‘pincha o‘zlariga o‘zlari xizmat ko‘rsatishadi.
Hamma bilan birgalikda dam oluvchilar.
Ushbu tip turistlar uchun muhim
shart - dam olish imkoniyati hisoblanadi. Ushbu guruhga
nisbatan passiv turistlar
kiradi. Qaysikim o‘z ta’tillarini ana’anaviy usullar bilan o‘tkazishadi: jim-jitlik bilan
qanoatlanadi, uzoq uxlashadi, lazzatli va mo‘l tanovul qilishni yoqtirishadi, qisqa
sayr yoki yaqin atrofga safarni amalga oshirishadi.
4. Mehmonxonalarda bolalar uchun animatsiya
Farzandining xursand bo’lganinin ko’rgan ota-onalar o’z-o’zidan baxtiyorlik
hissini tuyishadi, shuning uchun ham turistik majmualarda bolalarga katta e'tibor
berilishi kerak. Bolalar uchun animatsiya faoliyatini tashkil etishda ham xuddi
kattalarniki singari maxsus tuzilmalar, asbob-uskuna
va anjomlar hamda boshqa
moddiy texnik vositalardan foydalaniladi.
Mini-klublar animatorlarining maqsadi: ota-onalar farzandining hafvsizligiga
qayg’urmasdan dam olishi hamda bolalarning eng qiziqarli animatsion dasturlar
bilan band bo’lishini ta’minlash hisoblanadi.
Mehmonxonalar hududlarida maxsus bolalar – (3-12 yoshli) mini klublari, 12-
15 yoshlilar uchun o‘smirlar mini klublari ishlaydi. Ota-onalar diqqatga sazovar
joylariga bemalol safar qilishlari, shaharlar bo‘ylab ekskursiyalarga
borishlari, yoki
yaqindagi plyajlarda xotirjam cho‘milib xordiq yozishlari uchun bolalarini kun bo‘yi
xordiq yozishlari uchun ana shu klublarda qoldirishlari mumkin. Ularga pedagogik
ma’ulmotga ega tajribali animatorlar ko‘z – quloq bo‘lib turishadi.
Mehmonxonada mini – klub mavjudligi haqida, uning hovlisida o‘rnatilgan
chiroyli stenda yozib qo‘yiladi, bosh restoranga kirishida yoki plyajlarda bolalar
uchun oldinda turgan tadbirlar, ish grafigi, ota-onalar ularni qoldirishmoqchi bo‘lsa,
o‘sha yerga murojaat qilishi kerakligi to‘g‘risida ba’tafsil ma’lumotlar berilgan.
Turistlarning ikki hafta bo‘lishi hisobiga olingan holda mehmonxonada
animatsion faoliyat ish rejasi, umumiy reja kabi oldindan tuzib qo‘yiladi.Bolalar
kontingenti,
shart-sharoitga qarab, zarur bo‘lganda mashg‘ulotlar o‘tkazishga
tuzatishlar kiritiladi. Ushbu rejada bolaning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sport
va madaniy tadbirlar soni oqilona joylashtirilishi kerak.
Mini-klubda animator bo‘lib ishlash-katta mehnat qilishni talab qiladi. Chunki
bu odam turli yoshdagi bolalarning qator fiziolgik va psixologik xususiyatlarni
hisobga ola bilishi zarur. U shunday sharoit yartishi kerakki, har qanday bolaga unda
qiziqarli bo‘lsin, u o‘z o‘rnini shaxs sifatida har tomonlama namoyon qila olsin.
Bolalar bilan ishlashni samarali uyushtirish uchun yoz oylarida va noqulay
ob-havo kunlarida ular turadigan tegishli binolar zarur. Bu joylar rasm chizish, har
xil narsalar yasashlari uchun plastilin, harakatlanadigan
va rivojlantirgan
o‘yinchoqlar, jihozlar va h.k. bilan ta’minlangan bo‘lmog‘i darkor.
Har bir kun albatta, tanishuvdan boshlanadi (bolalar davra olib turishajagi, o‘z
ismi shariflarini aytishadi, boshqalarning nomini eslab kelishadi va takrorlashadi) va
o‘z mavzusiga ega bo‘lishadi, qaysikim sport va bilish mashg‘ulotlarida,
musobaqalarda, qo‘yilgan kichik spektakllarda, konsert va bayramlarda ochib
berishadi. Keyin bir necha shunday bayramlarni uyushtirish misollari keltiriladi
(ushbu
ilovalar faqat nemis, ingliz va ruscha variantda beriladi).Ammo xalqaro
bolalar kontingenti bilan ishlanganda barcha luqmalar, harakatlar,
animatorlar
topshirig‘i tabiiyki, xorijiy tilida tarjima qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: