reklamaning o‘ziga xos va o‘ta ta’sirchan shakli bo‘lib,
mijozlar va ularning
tanishlarini ushbu mahsulotning mehmonxona xizmatlari bozoridagi harakatini
amalga oshirishga qayta jalb qiladi bu esa, o‘z navbatida korxona samaradorligi,
daromadliligi hamda rentabelligini oshiradi. Mehmonxona
raqobatbordoshligini
oshirishning shak-sho‘bhasiz omilidan biri, u yoki bu dam olish joyining tanlovini
aniqlovchi, yangi paydo bo‘layotgan yo‘nalish - “mehmonxona animatsiyasi”
tushunchasi bo‘lishi mumkin.
4.1 – chizmada ko‘rsatilgan bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish bo‘yicha
animatsion faoliyatni tashkillashtirishning aniq shakllarini tanlash mehmonxona
moddiy – texnik bazasi imkoniyatlari, uning joylashuvi hamda infratuzilmasining
mavjudligi, dam oluvchilarning kontingenti(soni) hamda ushbu soha xodimlarining
kasbiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishning
ana’anviy shakllari bo‘lib, sport – ommaviy ishlar, ekskursiya, kinofilmlar namoyishi
hamda dam olish kechalarini o‘tkazish hisoblanadi.
Sport – ommaviy ishlar mehmonxona xodimlari bilan bir qatorda chetdan jalb
qilingan o‘z kasbining ustalari yordamidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ekskursiya mehmonxonaning o‘zining
kuchiga ishongan holda yoki
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar – turfirmalar va ekskursion byurolar jalb etish orqali
amalga oshirilishi mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, hammasini o‘z
kuchidan foydalangan holda tashkillashtirgandan ko‘ra, ixtisoslashtirilgan turistik –
ekskursion tashkilotlar xizmatlaridan foydalangan manfaatliroqdir.
Kinofilmlar namoyishi yangi texnologiyalar hamda yo‘ldoshli televideniyaning
paydo bo‘lishi bilan ikkinchi darajaga o‘tib qoldi. Faqatgina zamonaviy texnika bilan
jihozlangan zaldagi kam sonli auditoriyalar uchungina ko‘rsatiladigan kinofilmlar
bundan mustasnodir. Dam olish kechalari dam olishni maroqli o‘tkazishning
mashhur shakllaridan biri hisoblanib, u ko‘p usullar bilan o‘tkazilish xususiyatiga
ega. Bular uchrashuv kechalari, raqs tadbirlari va diskoteka, jonli musiqa kechalari,
bayram kechalari, konkurslar va x.k.lar bo‘lishi mumkin. Odatda bu tadbirlar
mehmonxonaning o‘z kuchi va ko‘p hollarda mutaxassislarni
jalb etish bilan
o‘tkaziladi.
Kutubxona xizmatlari dam oluvchilarning dam olishini maroqli o‘tkazishining
eng eski shakllaridan hisoblanadi. Kutubxona ishi odatda uch yo‘nalishda amalga
oshiriladi: kitoblarni tarqatish hamda bo‘sh vaqtda o‘qish uchun uzoq muddatga
berish; turli xil tematik tadbirlarni o‘tkazish; sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish.
Kurortlarda bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishda o‘inlarni tashkil etish shakli ham
muhim hisoblanadi. Dam oluvchilarga passiv o‘yinlar(qo‘shimcha xodimni jalb
etmagan holda – shashka, shaxmat, bilyard) bilan bir qatorda faol o‘yinlar(animator
va maxsus xodimni jalb etgan holda) ham taqdim qilinadi.
Eng yirik va mahur mehmonxonalar muhim tadbirlar o‘tkaza
olish
imkoniyatiga ega bo‘lib, bunda birinchi darajali estrada yulduzlarining konsertlarini,
teatr va kino artistlarining ijodiy kechalari hamda benefislarini, turli festivallarni,
modalar namoyishlari, ko‘rgazmalar hamda umumhalq ahamiyatga ega yarmakalar,
anjumanlar va simpoziumlar tashkil etadilar. Masalan, bunday tadbirlarni
o‘tkazishning ma’lum
markazlari Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshka ayrim
yirik turistik destinatsiyalarda tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Hordiq oluvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi yangi yo‘nalish
sifatida animatsion servisni o‘rganishga o‘tarkanmiz, ta’kidlash zarurki,
animatsion-madaniy faoliyat G‘arbda anchayin to‘la ma’noda namoyon etilgan.
Xorijda aholining bo‘sh vaqt hajmi asta-sekin ko‘payib bormoqda, binobarig, dam
olish dasturlari va xizmatlarning sifatiy ko‘payish jarayoni ham bormoqda.
Ko‘ngilochar tadbirlar industriyasi u yoqda yarim asr avvalroq rivojlana boshlab,
natijasi hordiqni tashkil etishning rivojlangang tizimi bo‘ldi. Bu jabhada katta
yutuqlarga AQSH, Kanada, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Fransiya,
Daniya, Belgiya,
Niderlandiya, Finlyandiyalar) erishishdi. Turistik animatsion
servis kurortli hududlarda juda yaxshi turistik sayohatlar attaraktivligi hamda dam
olish sifatining oshishishga zamin yaratadi. Butun jahon kurortli hududlarida dam
oluvchilar bo‘sh vaqtini tashkil qilishning yetiladi: o‘yinli tadbirlar, faol
musobaqalar, har xil shou va bayramlar kabilarga. G‘arbda animatsion sektorning
asosiy faoliyati kattalar va bolalar uchun bepul animatsiya xizmatlari majmuasini
o‘z ichiga olgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: