joylashgan o‘rni va infratuzilmalari mavjudligi, dam oluvchilar soni, bo‘sh vaqt
sohasi xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bo‘sh vaqtni
tashkil etishning nisbatan an’anaviy shakli
bu ommaviy sport ishlari, ekskursion
ishlar, kinofilmlar ko‘rsatish, dam olish kechalarini o‘tkazish kabilar hisoblanadi.
Ommaviy sport ishlari ham mehmonxonaning o‘z xodimlari, ham tashqaridan
jalb etilgan kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar kuchlari bilan
o‘tkaziladi. Ekskursion ishlar ham mehmonxonaning o‘z kuchi bilan, ham
ixtisolashgan turfirma tashkilotlari va ekskursion byurolarni jalb etish orqali amlaga
oshirilishi mumkin. Tajribalar ko‘rsatadiki, ixtisoslashgan
turistik ekskursion
tashkilotlar xizmatidan foydalanish o‘z kuchi bilan tashkil etishdan ko‘ra
maqbulroq.
So‘ng yillarda kurort mehmonxonalari xo‘jaligida dam oluvchilar uchun
kinofilmlar ko‘rsatish yangi texnologiyalar va yo‘ldosh televediniye paydo bo‘lishi
bilan ikkinchi darajaga tushib qoldi. Eng keyingi texnika vositalari bilan jihozlangan
zallarda kichikroq auditoriyalar uchun kinofilmlar translyatsiyasi bundan mustasno.
Dam olish kechalari-bo‘sh vaqtni o‘tkazishning eng ommaviy shakllaridan
hisoblanadi va ularni o‘tkazishning juda ko‘p variantlari bilan harakterlanadi. Bular
uchrashuv kechalari, tansa (o‘yin)
tadbirlari, jonli musiqa oqshomlari, bayram
kechalari, konkurslar va h.k. bo‘lishi mumkin. Bu tadbirlar ko‘pincha
mehmonxonalarning o‘z kuchlari bilan o‘tkaziladi, kamdan-kam hollarda esa
professional mutaxassislar jalb etiladi.
Kutubxona xizmati-dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini o‘tkazishning
ancha
eski shakllaridan hisoblanadi. Kutubxona ishi ko‘pincha uch yo‘nalishda amalga
oshiriladi: bo‘sh vaqtda o‘qish uchun davriy jurnallar, kitoblar va gazetalarni tavsiya
etish; turli tematik tadbirlar o‘tkazish; sog‘lom tarmush atrzini targ‘ib qilish va
boshqalar.
Bo‘sh vaqt faoliyatini tashkil etishning o‘yin shakllari ham kurortlarda juda
ommalashgan. Dam oluvchilarga ham passiv (qo‘shimcha xodim jalb etmasdan
shaxmat-shashka, bilyard), ham faol ko‘ngil ochar o‘yinlar (maxsus
xodim va
animatorlarni jalb etgan holda) taqdim etiladi.
Nisbatan yirik va mashhur mehmonxonalar yanada ahamiyatliroq tadbirlar
o‘tkazishadi. Bunda taniqli estrada yulduzlarining konsertlari tashkil etiladi. Kino
va teatr artistlari benifislari va ijodiy kechalari o‘tkaziladi. Turli festivallar, modalar
namoyishi,
ko‘rgazma va yarmarkalar, umummamlakat ahamiyatidagi
konferensiyalar, simpiozumlar uyushtiriladi. Ana shunday tadbirlarni o‘tkazuvchi
mashhur markazlar va boshqa ayrim kurort shaharlari hisoblanadi.
Dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishda
Do'stlaringiz bilan baham: