18. Muskul sistemasi. Muskullarning dinamik va statik ishi.
19. Muskullaming rivojlanishi.
20. Turli yosh davrda muskullar kuchi, tezligi, chaqqonligi, chidamligi.
21. Charchash uning fiziologik mexanizmi.
22. Qaddi-qomat va uning kamchiliklari.
23. Skolioz, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish.
24. Yassioyoqlik, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish.
Tayanch so’z va iboralar.
Analizatorlar, ko’rish analizatori, ko‘z
akkomodatsiyasi, yaqindan ko’rish, uzoqdan ko‘rish, ranglarni sezish, shapko’rlik,
konyunktivit, govmijja, eshitish analizatori, tovush tebranishi, quloq og‘irligi, ta’m
bilish, hid bilish, muvozanat apparati, neyroendokrin, o‘z-o‘zini idora etish,
gomeostaz, regulyatsiya, endokrin bezlar, ichki sekretsiya bezlari, tashqi sekretsiya
bezlari, gormon, ginofiz bezi, qolqonsimon bez, me’daosti bezi, gumoral
boshqaruv, gumoral omillar, gormonlar va stress, adaptasiya sindromni, jinsiy
yetilish, mensturatsiya, pollyusiya.
Odam skeleti, tog`aylar va boylamlar, naysimon suyaklar, yassi suyaklar,
suyak tuzilishi, suyaklarning birikishi, umurtqa pog’onasi, ko‘krak qafasi skeleti,
bosh skeleti. qo’l skeleti, oyoq skeleti, muskul sistemasi, muskullarning ishi, muskul
kuchi, chaqqonlik, chidamlik, charchash, qad-qomat, kifotik qad-qomat, lordotik
qad qomat, skoliotik qad-qomat, yassioyoqlik.
Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati.
Axborotni qabul qilish va qayta ishlash analizatorlar, ya’ni sezgi organlari
orqali amalga oshiriladi. Tashqi olamdagi ta’sir nerv signallari holida bosh miyadagi
nerv markazlariga yetkaziladi. Bu signallar bosh miyaning turli bo’limlarida qayta
ishlanib, uning oliy bo’limida sezish tasavvur qilish, anglash bilan yakunlanadi.
I.P. Pavlov har bir analizator bir-biriga bog‘liq bo’lgan uchta periferik,
o‘tkazuvchi va markaziy qismdan iborat ekanini birinchi bo’lib isbotlagan.
Retseptorlar analizatorning periferik qismi hisoblanadi, bular ma’lum ta’sirga javob
beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi. Retseptorlar tuzilishi joylashishi, funksiyasiga
ko‘ra turli xil bo’ladi. Ko‘zg‘alishni retseptordan bosh miya katta yarim sharlariga
o’tkazuvchi markazga intiluvchi neyronlar analizatorning o’tkazuvchi qismini
tashkil etadi. Bosh miya katta yarim sharlarining ma’lum retseptorlardan ta’sirni
qabul qiluvchi qismlari analizatorning markaziy qismini tashkil etadi.
Analizatorning barcha qismlari bir butun holda ishlaydi. Qandaydir analizatorning
bir qismi shikastlansa, uning funksiyasi buziladi.
Odamning mehnat faoliyatida analizatorlarning roli juda muhim. Agar
bolaning turli organlaridan, turli sezgi organlaridan ta’sir kam borsa, bosh miya
rivojlanishdan orqada qoladi. Tashqi olamdagi turli xil ta’sir avval retseptorlarda,
so‘ngra bosh miya bo’limlarida analiz qilinadi. Ta’sirning har tomonlama nozik
analizi bosh miya katta yarimsharlarida amalga oshadi.
Sezgi organlariga tananing barcha sohasida joylashgan retseptorlar va
muskullar,
qon
tomirlar
devoridagi
retseptorlar
va
boshqalar
kiradi.
Analizatorlarning miya po‘stlog‘idagi qismi shikastlansa yoki olib tashlansa, ta’sir
murakkab analiz va sintez qilinmaydi. Masalan, miya po‘stlogidagi eshitish
analizatorlari joylashgan chakka qismi olib tashlansa, ta’sirning nozik tabaqalanishi
yo‘qoladi.
Nerv sistemasining faoliyati uchun ta’sir doimo butun organizmga ta’sir qilib
turishi kerak. Ko‘pgina sezgi organlarining shikastlanishi natijasida ta’sirning ular
orqali bosh miyaga yetarli kelmasligi tufayli odam faol faoliyatini yo‘qotadi, doimo
uxlaydi, bunday odamni saqlanib qolgan sezgi organlariga ta’sir etish bilangina
uyg‘otish mumkin. Tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, sensor ta’sirotning
yo‘qolishi diqqatni to‘plash, mantiqiy fikrlash, aqliy mehnat qilish xususiyatlariga
salbiy ta’sir etadi. Sezgi organlari orqali ta’sirni tashqi muhitdan, ichki organlardan
retseptorlar bo‘ylab qabul qilinishi tufayli organizmning tashqi va ichki muhiti
haqidagi ma’lumotlar bosh miyaga yetib boradi.
Axborotning retseptorlardan bosh miyaga borishi natijasida organizm o‘z-
o‘zini boshqaradi. Masalan, qonning tarkibi o'zgarsa, shunga yarasha qon tomirlar
devorida Ko‘zg‘alish, tormozlanish vujudga keladi.
Organizmning sensor sistemalari yoki analizatorlariga ko‘rish, eshitish,
vestibulyar, ta’m bilish, hidlash, teri organlari va ichki organlarda sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarni qabul qiladigan interoretseptorlar yoki vistseral sensor sistemalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |