1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati. Analizatorlarning turlari



Download 382,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana19.03.2022
Hajmi382,42 Kb.
#501402
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
2-MA’RUZA Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi. (1)

Gormonlar va jinsiy yetilish.
Jinsiy yetilish davri davomida odam organizmida biologik jihatdan voyaga 
yetish amalga oshadi. Bolalar rivojlangan jinsiy instinkt bilan dunyoga kelmaydi. 
Uning uyg’onishi jinsiy yetilish yillarida yuz beradi.
Jinsiy yetilishning boshlanish muddati va uning jadalligi turlicha hamda juda 
ko’plab omillarga bog’liq: sog’liqni holati, oziqlanish xarakteri, iqlim, maishiy va 
ijtimoiy –iqtisodiy sharoitlar, irsiy xususiyatlar ham muhim rol o’ynaydi.
Noqulay maishiy sharoitlar, to’la qimmatli bo’lmagan oziqa, unda 
vitaminlarni yetishmasligi og’ir yoki infeksion kasalliklarni qaytalanishi, jinsiy 
yetilishni kechikishiga sabab bo’ladi. Katta shaharlarda o’smirlarning jinsiy yetilishi 
odatda qishloqdagidan ko’ra erta boshlanadi.
O’tish davrida butun organizmni chuqur qayta qurilishi yuz beradi, ya’ni 
buning bajarilishida bosh rolni asab tizimi o’ynaydi. Bu davrda ichki sekretsiya 
bezlarining faoliyati jadallashadi. Gipofizning gormonlari ta’sirida tana uzunligiga 
o’sadi. Bundan tashqari gipofiz qolqonsimon bez faoliyatini stimullaydi, ayniqsa qiz 
bolalarning jinsiy yetilish davrida qalqonsimon bez sezilarli darajada kattalashadi. 
Gipofizning faolligini ortishi buyrakusti bezlarining faoliyatini tezlashishiga olib 
keladi, jinsiy bezlarning jadal faoliyati boshlanadi, jinsiy gormonlar ishlab chiqiladi. 
Vegetativ asab tizimining qo’zg’aluvchanligi ortadi.


Jinsiy va boshqa endokrin bezlar gormonlari ta’siri ostida jinsiy organlarning 
va jinsiy bezlarning to’lig’icha shakllanishi yuz beradi, Ikkilamchi jinsiy 
belgilarning rivojlanishi boshlanadi va shu belgilar bilan bir jins ikkinchisidan farq 
qiladi (jinsiy bezlar birlamchi jinsiy belgilarga kiradi).
Qiz bolalarda tana konturlari aylana shaklini oladi, teriosti kletchatkasida 
yog’larning o’tirishi tezlashadi, ko’krak bezlari kattalashadi va rivojlanadi, tana 
suyaklari eniga kengayadi.
O’g’il bolalarda yuz va tananing boshqa qismlarida junlar o’sa boshlaydi, 
tovush buziladi, urug’don suyuqligining yig’ilishi va kechalari uning xohishiga 
bog’liq bo’lmagan holda o’z-o’zidan qo’yilishi (kollyusiya) boshlanadi. Ikkilamchi 
jinsiy belgilarning to’liq rivojlanishi jinsiy yetilish davrigacha borib qadaladi.
Qiz bolalarda jinsiy yetilish o’g’il bolalardan oldin boshlanadi. 7-8 yoshdan 
keyin ularda yog’ kletchatkasi ayollar tipiga xos holda rivojlanadi: yog’lar sut 
bezlarida, sonda, qo’ymichlarda o’tiradi, shundan tana shakli ayniqsa son va gavda 
so’ngra yelka oblasti va qo’l aylana ko’rinishni oladi.
Qizlarda 13-15 yoshdan boshlab qovuq ustida va qo’ltiqosti chuqurchalarida 
junlar chiqadi va tana uzunligiga juda tez o’sadi.
Jinsiy organlarda o’ziga xos o’zgarishlar uchraydi: bachadonning o’lchami 
kattalashadi, tuxumdonlarda follikulalar yetiladi, menstruasiya boshlanadi. 16-17 
yoshda ayollar tipidagi skeletning shakllanishi asosan tugaydi. 19-20 yoshli qizlar 
uchun menstrual funksiyaning tiklanishining oxirgi muddatidir va butun 
organizmning anatomik va fiziologik yetilishining boshlanishidir.
O’g’il bolalarda jinsiy yetilish 10-11 yoshdan boshlanadi, bu vaqtgacha jinsiy 
a’zoning va moyaklarning o’sishi tezlashadi. 12-13 yoshlarda halqumni shakli 
o’zgaradi va tovush dag’allashadi. 13-14 yoshda skelet erkaklar tipiga o’xshab 
shakllanadi: 15-16 yoshdan boshlab qo’ltiq tagida va qovuq ustida junlar o’sadi, ular 
yana yuzda ham (soqol, mo’ylov) ko’rinadi, moyaklar kattalashadi, o’z-o’zidan 
spermaning chiqarilishi boshlanadi. Antropologlarning oxirgi ma’lumotlariga ko’ra 
erkaklarda to’lik suyaklanish 24 –yoshga kelib tugallanadi – bu esa ularning 
jismoniy jihatdan yetilganlik tamoyilidir.
Yosh bolalar organizmida kechayotgan o’tish davrining murakkab 
jarayonlarini faqat jinsiy organlarda yuz beradigan o’zgarishlar bilan tushuntirib 
bo’lmaydi. Butun organizm qayta tashkil bo’ladi, u juda tez rivojlanadi, ichki 
organlar kuchli ishlay boshlaydi, o’smirning ruhiy holati o’zgaradi.
Jinsiy yetilish davri bola organizmining sifati jihatdan rivojlanadigan, 
nisbatan uzoq muddat davom etuvchi davridir. Bu rivojlanish bir tekis kechmaydi. 
Bu davrda bir jarayon ikkinchisidan oldin-keyin kelishi kuzatilib, bolani tashqi 
ko’rinishidagi garmoniyalar vaqtincha buziladi, uning kayfiyati, xulqi va ichki 
organlar faoliyatida ham o’zgarishlar yuz beradi. Qo’l va oyoqlarning o’sishi 
gavdani o’sishidan yuqori bo’ladi, harakatlar burchaksimon o’quvsiz bo’lib qoladi. 
Bu ko’rinishlar markaziy asab tizimining harakatlarni koordinasiyalovchi 
funksiyasida yuz beradigan o’zgarishlar hisobiga kelib chiqadi. O’smir o’zining 
o’quvsizligini tushunib diqqatini shunga qaratishi tufayli, o’zini yanada noqulay 
ahvolda sezadi. Shu bilan bir qatorda muskullarning kuchi ortadi, ayniqsa bu holat 
bolani jinsiy yetilish davrining oxirida yaqqol ko’zga tashlanadi: bola tug’ilganidan 


8 yoshgacha muskullarning kuchi boryo’g’i 4 % ga ortsa, 15 dan 18 yoshgacha 
muskullarning massasi 12 % ga ortadi.
O’g’il bolalarda muskullar kuchining ortishi tufayli uni mashqlar bajarishga 
majbur etadi. Bu energiyani foydali ishga yo’naltirish foydadan xoli bo’lmaydi.
Skelet suyaklari va mushaklar tizimining o’sish jadalligi ortidan o’smirlarning 
ichki organlari –yurak, o’pka, me’da-ichaklar tizimi doimo ham o’sib ulgura 
olmaydi.
Tomirlarni o’sishidan yurakni o’sishi ilgarilab ketadi, natijada qon bosim 
ko’tariladi va eng avvalo yurakni o’zini ishini og’irlashtiradi. Bundan tashqari jinsiy 
yetilish davridagi butun organizmning jo’shqin qayta qurilishi, yurakni yuqori 
darajada ishlashga majbur etadi. Yurakni yetarli darajada ishlamasligi (o’smirlar 
yuragi) ko’pchilik holatlarda bosh aylanishiga, qo’l va oyoqlarning ko’karishi va 
sovushiga olib keladi. Ana shundan o’g’il va qiz bolalarda bosh og’rig’i, juda tez 
charchash, va vaqti – vaqti bilan holsizlanish davrlari kuzatiladi, nihoyat miya qon 
tomirlarini spazmasi tufayli hushdan ketish holatlari ham ko’zga tashlanadi. Jinsiy 
yetilish davri tugashi bilan bunday buzilishlar odatda izsiz yo’qoladi.
Jadal o’sish, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin tezlashishi 
organizmdagi strukturaviy va fiziologik o’zgarishlar markaziy asab tizimining 
qo’zg’aluvchanligi juda kuchli ortadi.
O’smirlarning his-hayajoni, harakatchan, o’zgaruvchan, qarama-qarshidir, 
yuqori darajadagi sezuvchanlik, qaysarlik, qo’rslik bilan birga kechish hollari ham 
kuzatiladi, uyaluvchanlik esa o’ta o’zbilarmonchilik bilan gapga quloq solmaslik va 
ota-ona yordamini inkor etish, bo’ysunmaslik sifatida namoyon bo’ladi.
Bu davrda ayrim hollarda ish qobiliyatini pasayishi, nevrotik reaksiyalar, juda 
tez achchiqlanish, yig’loqilik (ayniqsa qizlarda mensturatsiya davrida) kabi holatlar 
kuzatiladi.
Jinslar orasidagi munosabatlarning yangi-yangi mezonlari yuzaga keladi. Qiz 
bolalarda o’zining tashqi ko’rinishiga qiziqish uyg’onadi. O’g’il bolalar esa o’z 
kuchlarini qiz bolalar oldida ko’rsatishga harakat qiladi. Dastlabki «muhabbat 
iztiroblari» ayrim vaqtlarda o’smirlarni tinch hayotini buzib qo’yishi mumkin, ular 
odamlarga aralashmay, darslarni o’zlashtirmay qo’yadi.
O’tish davrida bolalarga ota-onalar va pedagoglar tomonidan ayniqsa sezilarli 
e’tibor bo’lishi zarur. O’smirlarni organizmida yuz berayotgan bunday murakkab 
o’zgarishlarni deb ularni diqqatini atayin tortmaslik kerak, lekin bu o’zgarishlar 
biologik qonuniyatlar asosida yuz berayotganligini tushuntirish zarur.
Ota-onalar, pedagoglarni o’smirlar o’zlarini-do’stlari holida ko’rishlari va 
ularga yuz berayotgan o’zgarishlar haqida so’rab surishtirish imkoniga ega 
bo’lishlari kerak. Bunday holatlarda tarbiyachining san’ati yoki tajribasi bolalarni 
seksualli iztiroblarga bo’lgan ishtiyoqini so’ndirish uchun turli-tuman shakldagi 
faoliyat turlarini o’ylab topishga qaratilishi kerak. Bularning hammasi asosan 
o’qishga, mehnatga va talabaning xulqiga qaratilishi kerak.
Shu bilan birga voyaga yetgan odamlarning fikri o’smirlarning harakatlariga 
va faoliyatiga nisbatan hurmat va qo’llab-quvvatlash ruhida bo’lib, ularni to’g’ri 
axloqiy yo’lga solishdan iborat bo’lishi kerak. Chunki o’zining qobiliyatini va 


o’zbilarmonligini doimiy ravishda yuqori darajada baholash o’smirlarga xos 
xususiyatdir. Bu ham o’tish davrining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Jinsiy yetilish davrida yosh bola organizmining jismoniy jihatdan mo’tadil 
rivojlangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun turli-tuman, katta 
miqdorda dormon dorilar saqlovchi oziq-ovqatlar zarur, hamda uzoq muddatli sayr, 
sport bilan shug’ullanish talab etiladi.

Download 382,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish