qilinadi. Mensturatsiya paytida qizlar o’zlarini ehtiyot qilishlari, ayniqsa oyoqlarini
va qorin bo’shlig’ining pastki qismini sovuqqa qotishdan ehtiyot qilish kerak.
Buning uchun qish oylarida uzun issiq reytuzalar yozda esa qalin to’qilgan triko
kiyib yurish zarur. Sovuq tosh va boshqa sovutilgan predmetlarga o’tirish mumkin
emas.
Oziqlanish rasionidan sirka, achchiqliklar,
qalampir, xren kabi kuchli
qo’zg’atuvchi moddalarni chiqarish kerak bo’ladi. Pivo, vino va boshqa alkogolli
ichimliklar ichish qat’iyan man etiladi, chunki qon oqimini oqish tezligi oshishi
tufayli menstrualli qon ketishiga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa ichaklarni va siydik pufagini o’z vaqtida bo’shatib turishga e’tibor
berish zarur, aks holda ularning to’lishi bachadonning joyini o’zgarishiga olib keladi
va og’riqlarni va ajraladigan suyuqliklarni ushlanib qolishiga sabab bo’ladi.
Qizlar mensturasiya paytida o’zlarining tanasini tozaligiga e’tibor berishlari
kerak, chunki bu paytda bachadonning ichki yuzasidan qon chiqib turadi va u o’z
navbatida o’ziga xos jarohat yuzasi bo’lib qoladi,
hamda turli mikroblarni
rivojlanishi va ko’payishi uchun qulay to’yimli muhit bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Pollyusiya
. (lot.polliasia – maraniye, bulg’anish) Jinsiy yetilish davrining
boshlanishi bilan yuzaga keluvchi o’z-o’zidan spermaning to’kilishi. Bunday
spermaning o’z-o’zidan oqib ketishi doimiy ravishda uyqu paytida yuz beradi.
Birinchi pollyusiyaning ko’rinishi o’g’il bolalarda spermatazoidlarni ishlab
chiqara boshlangani haqida ma’lumot beradi. Moyaklar
pufakchalari va prostota
bezlari ishlab chiqaruvchi suyuqliklar bilan aralashib urug’ shaklida jinsiy yo’llarda
yig’iladi va tabiiy yo’l bilan jinsiy a’zoning taranglashishi natijasida tungi
o’zo’zidan chiqib ketuvchi suyuqlik shaklida chiqariladi.
Birinchi pollyusiya 15-16 yoshlarga yaqin yuz beradi. Shu vaqtdan boshlab
pollyusiya, hattoki voyaga yetgan odamlarda ham uzoq muddat jinsiy aloqada
bo’lmagan paytlarda yuz berishi mumkin.
Urug’ning tungi ajralishi to’lig’icha mo’tadil hodisa, fiziologik holatdir. U har
bir jinsiy aloqa qilmayotgan yigit va erkaklarda kuzatiladi. Shu sababli,
pollyusiyadan qo’rqmaslik va uyalmaslik kerak,
pollyusiyada hech qanday
buzilishlar yuz bermaydi.
Pollyusiya odatda har oyda 1-3 marta yuzaga keladi. Ular kamroq ham ya’ni
1,5-2 oyda bir marta bo’lishi mumkin. Pollyusiya o’rtacha har 10 kundan 60-
kungacha bo’lgan muddatda yuz berishi mumkin. Agar pollyusiya har kecha bir yoki
bir necha marta yuz beradigan bo’lsa bunday holatlarda albatta shifokorga murojaat
qilish zarur.
Pollyusiyaning kuzatilishi o’smir to’liq jinsiy yetilgan, haqiqiy erkak bo’ldi
degani emas. O’smirning moyaklari suyukliklarida ayollar tuxum hujayrasini
urug’lantirish qobiliyatiga ega bo’lgan yetilgan spermatazoidlar mavjud bo’lsada bu
o’smirning organizmini jinsiy hayotga tayyorligini ko’rsatuvchi ko’rsatkich emas.
Pollyusiya ishtirokida organizm moyak suyuqliklaridan va jinsiy ehtiyojni
kuchlanishidan ozod bo’ladi. Bu esa organizmni tabiiy va maqsadga muvofiq
reaksiyasi bo’lib, jinsiy hayotni biroz ushlab turish uchun fiziologik sharoit yaratadi.
Pollyusiya tez-tez takrorlanib turmasligi uchun o’smirlar kechasi o’tkir
ovqatlar yemasligi, ko’p
suyuqlik ichmasligi, issiq odeyal bilan burkanib
uxlamasligi yoki tor trusi kiymasligi kerak bo’ladi. To’shalgan ko’rpalar juda ham
yumshoq bo’lmasligi zarur. Bundan tashqari, tanani doimiy ravishda ozoda tutish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: