1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati. Analizatorlarning turlari


Organizmdagi fiziologik jarayonlarning neyroendokrin sistema orqali



Download 382,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana19.03.2022
Hajmi382,42 Kb.
#501402
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
2-MA’RUZA Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi. (1)

Organizmdagi fiziologik jarayonlarning neyroendokrin sistema orqali 
boshqarilishi.
 
Organizmning hayot-faoliyati davomida hayot uchun muhim funksiyalar 
yuzaga chiqib, o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga moslashib borishni ta’minlovchi 
ko‘pdan ko‘p fiziologik jarayonlar bir yo’la bo’lib turadi. Bu protsesslar juda ham 
uyg‘unlashgan, bu hol organizm holatining nisbatan doimiy bo’lishini, organlari 
bilan sistemalarining faohyati maqsadga muvofiq ravishda o‘tib turishini va uning 
yashash muhitiga moslashib olishini ta’minlab beradi. Barcha funksiyalarning bu 
qadar bekamu-ko‘st uyg’unlashishiga sabab shuki, tirik organizm o‘z-o‘zini idora 
etib boradigan sistemadir. O‘z-o‘zini idora etish harakatning biologik shakli, ya’ni 
hayotning mohiyatini tashkil etadi. O‘z-o‘zini idora etuvchi sistemada funksiyalarni 
boshqarib boradigan maxsus mexanizmlar bo’ladi. Qanday bo‘lmasin, biror 
funksiya (qon aylanishi, nafas, ayiruv va boshqalar)ning sifat va miqdor 
ko‘rsatgichlarining o‘zgarishi bilan ular o‘sha zahoti o‘z-o‘zidan, teskari aloqa yo’li 
bilan asliga kelib qoladi. Masalan, arterial bosimning qandaydir biror sababga ko'ra 
(ishlash, hayajonlanish va boshqalar tufayli) ko’tarilib ketishi tomirlardagi ma’lum 
nerv retseptorlarining ta’sirlanishiga olib keladi; mana shu retseptorlardan 
chiqadigan nerv signallari markaziy nerv sistemasiga borib tomirlarni 
harakatlantiruvchi markazlarni qo‘zg‘atadi. Bu yerdan ipulslar periferiyaga keladi 
va tomirlar kengayib, yurak qisqarishlari susayishiga sabab bo’ladi. Mana shu 
protsesslar natijasida arterial bosim yana normal darajaga kelib qoladi. Muhit 
haroratining o‘zgarishi tana haroratini normal darajada saqlab turishga xizmat 
qiladigan fiziologik mexanizmlami darhol ishga tushiradi. O‘z-o‘zini idora etish 
protsessi tirik sistemalarning barcha doiralarida: molekulyar, hujayra, organ, sistema 
doirasida va umuman butun organizm doirasida sodir bo'ladi. Chunonchi, 
avtomatizm xususiyatiga ega ba’zi organlar (yurak, me’da, ichak)ning o‘z-o‘zini 
idora etadigan faqat o‘ziga mansub bo‘lgan mahalliy sistemasi bor.
Organizm ichki sistemaning nisbatan doimiy bo‘lishi qon, limfa va to‘qima 
suyuqligining kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarining o‘z-o‘zidan idora 
etilib borishiga bog'liq. Hujayralar, to‘qimalar va organlarning normal hayot 
faoliyati uchun ichki muhitning asosiy ko'rsatkichlari doimo ma’lum bir darajada 
o‘zgarmasdan turishi zarur. Bu jarayonga 
gomeostaz
deyiladi.
O‘z-o‘zini idora etadigan har qanday sistemada organizm uchun foydali 
bo‘lgan moslovchi sistema markaziy o‘rinda turadi. P.K. Anoxin tomonidan 
tasvirlangan funksional sistema o‘z-o‘zini boshqarish apparatidir. 
Organizmda funksiyalar ikkita asosiy mexanizmlar: 
gumoral va nerv
mexanizmlari bilan idora etiladi (
regulyatsiya
qilinadi).
Idora etishning gumoral (humor-suyuqlik) mexanizmi filogenetik jihatdan 
ancha qadimgi hisoblanadi va yuqori darajali mavjudotlarda ham katta ahamiyatga 
ega bo‘lsada, lekin unchalik mukammal emas. Gumoral regulyatsiya organizm 
suyuqliklari qon, limfa va to ‘qima suyuqliklarida aylanib yuradigan kimyoviy 


moddalar ishtirokida yuzaga chiqadi. Organizmga ovqat bilan birga kiradigan ba’zi 
birikmalar (vitaminlar va boshqalar), moddalar almashinuvi protsessida 
hujayralarda hosil bo‘ladigan kimyoviy mahsulotlar (masalan, nafas markaziga 
qo'zgatuvchi ta’sir ko‘rsatadigan korbonat angidrid), to‘qimalarda bo‘ladigan 
fiziologik faol moddalar va o‘ziga xos, ya’ni spetsifik moddalar ichki sekretsiya 
gormonlari ham kimyoviy regulyatorlar bo‘hshi mumkin. Mana shu kimyoviy 
moddalar to‘qima suyuqligiga, keyin qonga o‘tadi va qon bilan organizmga tarqalib 
qaysi hujayralarda yuzaga kelgan bo'lsa, o‘sha hujayralardan olisdagi hujayralar
to‘qimalar va organlarga ta’sir ko‘rsatadi. Kimyoviy regulyatorlar qonga o‘tganda 
organizmdagi barcha hujayralargacha yetib borsada, biroq turli hujayralar o‘ziga 
nisbatan tanlab sezuvchan bo‘lishi tufayli ular faqat ma’lum organlar faoliyatiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar eng muhim regulyatorlardir. Ular ba’zi organlami ishga 
tushirishi, funksiyalarini kuchaytirishi yoki susaytirib qo‘yishi va organizmning 
rivojlanishi va o‘sishiga ta ’sir ko‘rsatishi mumkin. Kimyoviy regulyatorlarning 
to‘qimalar va organlarga ta’sir ko‘rsatish tezligi katta emas. Chunki ularning o‘zi 
hosil bo’lgan joydan to idora etadigan organlarga qon bilan yetib borishiga ma’lum 
vaqt zarur bo’ladi.
Regulyatsiyaning nerv mexanizmi evolyutsiya nuqtai nazaridan bir muncha 
yosh va ancha mukammaldir. Barcha hujayralar, to'qimalar va organlarni nerv 
sistemasi idora etib turadi (regulyatsiya qiladi). Idora etuvchi ta’sirlar nerv yoilari 
bo‘ylab organizmning barcha qismlariga juda tez yetib boradi. Gumoral signallardan 
farq qilib, nerv signallari qat’iy belgilangan organlarga yetib keladi. Nerv sistemasi 
barcha hujayralar, to‘qimalar, organlar va sistemalar faoliyatini idora etib, ular 
faoliyatini birlashtiradi va o'zgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitiga 
moslashtiradi. Boshqarishning ikkala mexanizmi bir-biri bilan bog’langan. 
Organizmda hosil bo’ladigan bir qancha kimyoviy moddalar (masalan, gormonlar) 
nerv hujayralari faoliyatiga ta’sir ko'rsatib, ularning holatini o'zgartirib turadi. Shu 
bilan birga nerv sistemasi gumoral boshqaruvga ta’sir ko'rsatadi. Masalan, ko'pchihk 
gormonlar va fiziologik jihatdan faol ba’zi moddalar nerv sistemasi qo'zg'alganida 
ishlab chiqariladi. 

Download 382,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish