1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati. Analizatorlarning turlari


Ta’m bilish va hid bilish analizatori



Download 382,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana19.03.2022
Hajmi382,42 Kb.
#501402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
2-MA’RUZA Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi. (1)

Ta’m bilish va hid bilish analizatori. 
Ta’m bilish analizatori. 
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining epiteliysida 
yumaloq yoki oval shakldagi ta’m bilish piyozchalari jojdashgan. Har bir 
piyozchada 2-6 ta ta’m bilish hujayralari bo‘ladi. Katta odamda piyozchalarning 
umumiy soni 9 mingtagacha yetadi. Ular tilning shilliq qavatidagi so‘rg‘ichlarda 
joylashgan. Tilning uchida 150-200 ta zamburug‘simón ta’m bilish piyozchalari, 
asosida esa bargsimon piyozchalar bor. Bundan tashqari, ta’m bilish piyozchalari 
yumshoq tanglay yuzasida, yutqinning orqa devorida va hiqildoq ustida juda siyrak 
joylashgan. Har bir ta’m bilish piyozchalaridagi 2-3 ta nerv tolalaridan markazga 
intiluvchi impulslar o‘tadi. 
 
Tilda shirin, achchiq, nordon va sho‘rni sezuvchi ta’m bilish retseptorlari 
joylashgan. Shiringa tilning uchi, achiqqa asosi, nordonga ikki yon qismi, sho'rga 
esa tilning uchi va asosi sezgir bo’ladi. Moddalarning ta’mi ular suvda yoki so’lakda 
erigan holda qabul qilinganda yaxshi seziladi. Nordon reflektor ravishda yurak 
qisqarishini tezlatadi, qon tomirlar devorini toraytiradi, teri haroratini pasaytiradi. 
Shirinlik tomirlarni reflektor ravishda kengaytiradi, oyoq qon tomirlarining qonga 
to’lishini yaxshilaydi, miyaning ichki bosimini kamaytiradi va tana haroratini 
oshiradi. Yangi tug’ilgan bola hayotining birinchi soati va birinchi kunidagi nordon, 
achchiq, sho‘r va shirin ta’sirga javob reaksiyasi ta’sirlovchining tabiatiga mos 
kelmaydi. 8-10 kundan boshlab shirinlikka adekvat reaksiya paydo bo’la boshlaydi.
Bir yoshdan to olti yoshgacha ta’m bilish retseptorlarining sezuvchanligi ortib 
boradi. Maktab yoshidagi bolalarning ta’m bilishi katta odamlarning ta’m bilishidan 
uncha farq qilmaydi. Keksalarda ta’m bilish sezgisi kamayadi.
Hid bilish analizatori.
Odam turli moddalarning hidini burni yuqori 
chig‘anoqlarining o‘rta qismi va burun to‘sig‘ining shilliq pardasidagi maxsus 
retseptorlar orqali sezadi. Hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardaning yuzasi 
5 sm
2
keladi. Hid bilish hujayralarining o‘siqlari hidlash nervini hosil qiladi. 


Moddaning zarrachalari hidlash sohasining shilliq pardasiga tushib, hid bilish 
hujayralariga ta’sir etishi natijasida hid sezgisi vujudga keladi.
Hid bilish tufayli odam va hayvonlar turli gazlarni va ovqatning hidini sezadi. 
Hid sezgisi nihoyatda o‘tkir va nozik. Modda havoda juda oz tarqalgan bo’lsa ham 
odam uning hidini sezadi. 1 litr havoda 1:1000000 g nisbatda efir bo’lganda ham 
odam uning hidini biladi. Hidlash organi ayniqsa vodorod sulfid gazi hidiga 
nihoyatda sezgir bo’ladi. Ba’zi bir hayvonlarda hid bilish sezgisi juda ham nozik 
bo’lib, ba’zi iskovich itlar nihoyatda kuchsiz hidni ham sezadi.
Yangi tug’ilgan bola binafsha, valeriana, lion, anis va boshqa noxush hidlarga 
nisbatan yuz mimikasini o‘zgartirish, nafas olish va puls o'zgarishi bilan javob 
beradi. Kuchh hid ta’sir ettirilganda u chuqur va tez-tez nafas oladi, hamda tomir 
urishi o'zgaradi. Bola 4 oylik bo’lganidan boshlab turli hidlarni to’liqroq ajratadi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarda hidlash retseptori rivojlanishda davom etadi.

Download 382,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish