I smoilova Dilshoda Ismoilovna
Denov tuman 3-son kasb-hunar maktabi
Guruh raxbari 83-guruh tinglovchisi
Modul: Konfliktologiya
1-amaliy topshiriq savollariga javoblar
1-savol: Konfliktga ta’rif bering va konflikt kanday ma’noni anglatadi?
Konflikt so‘zi - lotincha “Conflictus” – so‘zidan olingan bo‘lib, «to‘qnashish» degan ma’noni bildiradi.
Konflikt – bu shaxslar va guruhlarning ahamiyatli maqsad, manfaat va qadriyatlar yuzasidan vujudga kelgan qarama – qarshi munosabatlarni kelishmasligining amaliy faoliyatidir.
Konflikt nima? Bu ayrim alohida olingan shaxs ongida yoki shaxslararo muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo o‘zaro muloqot va ta’sir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir – biriga to‘g‘ri kelmaydigan, qarama – qarshi fikr, qarash va pozitsiyalarning to‘qnashuvi oqibatida paydo bo‘lgan salbiy xissiyotlarga to‘la munosabatlar maromini bildiruvchi ijtimoiy psixologik xodisadir.
Konflikt - boshqacha aytganda, keng ma’noda insonning shaxsiy va ijtimoiy qatlamlarda o‘zaro qarashlari va fikrlarini farqlanishi,manfaatlarini to‘qnashishi, tomonlarning o‘z maqsadlariga qarama-qarshi kurashining ijtimoiy aloqalarda ob’ektiv yuz berishidir.
2-savol: O‘qituvchi–o‘quvchi o‘rtasidagi konfliktlarni sanab bering?
Pedagogik jarayonda quyidagi sabablar oqibatida o‘qituvchi-o‘quvchi o‘rtasida konfliktlar kelib chiqishi mumkin:
O‘qituvchi sabab bo‘ladigan konfklitlar:
O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olmay, ularga kichik yoshli bolalar bilan muomala qilgandek, muomala qiladi.
O‘quvchilarning shaxsini hurmat qilmaydi, qo‘pol ohangda gapiradi.
Agar o‘quvchilarning sirini bilib qolsa, uni hammaga aytadi.
O‘quvchilar biror mushkul holatga tushib qolganda, qiyinchiliklarda, qiynalganda ularni tushunmaydi, yordam bermaydi.
Jahli tez, jizzaki, serzarda, uyida noxushlik bo‘lgan bo‘lsa, uning kayfiyatini maktabgacha olib kelib, o‘quvchilardan o‘chini oladiganlar.
O‘qituvchi doimo baqiradi, o‘zining yoki atrofdagilarning gaplarini oxirigacha eshitmaydi.
Alohida o‘quvchilarni ajratib, o‘zining “suyukli”lariga aylantirgan, ularga ayricha yaxshi munosabatda bo‘ladigan o‘qituvchining xulqidan qolgan o‘quvchilarning norizoligi paydo bo‘lgani sababli, ular nizoga moyil bo‘lib qoladilar.
Mayda gap, o‘quvchilarni arzimagan narsa uchun ham jazolayveradigan pedagog o‘z kasbdoshlari hamda o‘quvchilar o‘rtasida nizokash bo‘lib qolishi mumkin.
Dars va darsdan tashqari jarayonlarda ham o‘quvchilarga mustaqillik bermaydigan, hamma narsa u aytganidek bo‘lishini talab qiladigan o‘qituvchi nizo talab bo‘lib qoladi.
“Gunohkor”larning aybini hammaning oldida aytib, tengdoshlari oldida uning obro‘yini tushradigan, pedagogik taktika tamoyillarini buzishga moyil pedagog.
Do'stlaringiz bilan baham: |