4-bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati
18-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
19-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlari
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlaridir:
etalonlar;
o‘lchash vositalari;
sinov vositalari;
standart namunalar;
axborot-o‘lchash tizimlari;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari;
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa ob’ektlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |