3-Ma’ruza. Mahsulotlar sifati va ularning metrologik ta’minoti sohasida
davlat tekshiruvi va nazorati/
Reja:
1.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’yektlari.
2.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar.
3.
Davlat metrologiya tekshiruvi.
4.
Davlat metrologiya nazorati
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati
organlari tomonidan metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etilishi ustidan tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
1.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’yektlari
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’yektlaridir:
etalonlar;
o‘lchash vositalari;
sinov vositalari;
standart namunalar;
axborot-o‘lchash tizimlari;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari;
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish
chog‘idagi miqdori;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa ob’yektlar.
2.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati quyidagi sohalarda bajariladigan
o‘lchashlarga nisbatan qo‘llaniladi:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikasiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash,
tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizasiya qilish va
ushbu sohada xizmatlar ko‘rsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan
himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv ob’yektlarida insonlarning
xavfsizligini ta’minlash;
sanoat xavfsizligini ta’minlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash
va metrologik attestasiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning
boshqa sohalariga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.
3.
Davlat metrologiya tekshiruvi
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’yektlarining metrologik, texnik
tavsiflarini aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya tekshiruvi
amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi:
o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik
attestasiyadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash;
sinov vositalarini attestasiyadan o‘tkazish.
4.
Davlat metrologiya nazorati
Davlat metrologiya nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlarning, shuningdek boshqa qonun hujjatlarining metrologiyaga oid
talablarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar, axborot-
o‘lchash tizimlari) ishlab chiqarilishi, ta’mirlanishi, prokatga berilishi,
realizasiya qilinishi, ularning holati va qo‘llanilishi;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek
akkreditasiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari
faoliyati;
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish
chog‘idagi miqdori ustidan amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Nazorat savollari:
1. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’yektlari nimalardan iborat?
2. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar
deganda
nimani tuushunasiz?
3. Davlat metrologiya tekshiruvi
nima maqsadlarda amalga oshiriladi
?
Do'stlaringiz bilan baham: |