▲ ▲ ▲
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: C = 100 + 0,8Y;
investitsilar funktsiyasiI = 200 – 400r;
soliq stavkasi t = 0,2;
davlat xarajatlari G = 200;
pulga talab funktsiyasi M = (0,8Y– 1600r)P;
pul taklifi M = 800;
narx darajasi P = 1;
sof eksport funktsiyasi Xn= 100 – 0,04Y – 400r;
IS va LM egri chiziqlari tenglamalari, shuningdek, Y daromad va r foiz stavkasining muvozanat qiymatini aniqlang. Agar davlat xarajatlari 100 ga ko‘tarilsa, IS egri chizig’i va daromad hamda foiz stavkasining muvozanat qiymati qanday o‘zgaradi?
▲ ▲ ▲
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 100 + 0,8Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 - 400R, soliq stavkasi t = 0,2, davlat xarajatlari G = 200, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,8Y – 1600R)P, pul taklifi M = 800, narxlar darajasi P = 1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,04Y – 400R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar davlat xarajatlari 100ga oshsa, IS egri chizig’ining qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Yopiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 80 + 0,8Yd, investitsiya
funktsiyasi I = 100 - 800R, soliq stavkasi t = 0,25, davlat xarajatlari G = 60, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 1000R)P, pul taklifi M = 200, narxlar darajasi P = 2. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar pul taklifi M 100ga oshsa, LM egri chizig’ining qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Yopiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 170 + 0,6Yd, investitsiya funktsiyasi I = 100 – 400R, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 350, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,75Y – 600R)P, pul taklifi M = 735, narxlar darajasi P = 1. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar soliqlar T 50 oshsa, IS egri chizig’i qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,8Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 – 1500R, soliqlar stavkasi t = 0,2, davlat xarajatlari G = 200, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 2000R)P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P = 1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,04Y – 500R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar narxlar darajasi P = 2 bo‘lsa, LM egri chizig’i qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
Mustahkamlash uchun savollar
1. IS-LM modeli qanday maqsadga xizmat qiladi va unga ehtiyojni qanday asoslab berish mumkin?
2. IS-LM modelining asosi bo’lgan tenglamalarni sanab bering va ularga tavsif bering.
3. IS egri chizig’ining mohiyati nimada va qanday keltirib chiqariladi?
4. LM egri chizig’ining asosiy o’zgaruvchilari nimalardan iborat va u qanday keltirib chiqariladi?
5. IS egri chizig’i tenglamasidagi qaysi parametr fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy samaradorligini belgilaydi va nima sababli?
6. Modelda makroiqtisodiy siyosat yuzaga kelishining shartlari qaday? siyosatga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Internet saytlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |